Sinf VIII 1-dars


Download 0.55 Mb.
bet1/41
Sana02.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1690551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu


Sinf VIII 1-dars
I. Mavzu: Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar.


II. Maqsad: O'quvchilarni IHTA xonasida texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablariga qatiyan rioya qilishga yorgatish.


III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.


VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Kompyutyer xonasi maktabning hisoblash texnikasi bilan jixozlangan o’quv-tarbiya bo’limi hisoblanadi. Hisoblash texnikasi kompyutyer xonasining jixozi 10-15 tagacha shaxsiy kompyutyer (o’quvchi ish joyi) va bitta o’qituvchi uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyutyer (o’qituvchi ish joyi) dan tashkil topadi. Xonaning tarkibiy qismi-orgtexnika va "informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fani bo’yicha nazariy va amaliy darslar, darsdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun xizmat qiladi. Hamma o’quvchilar va o‘qituvchi, to’garak a'zolari va boshqa foydalanuvchilar shaxsiy kompyutyerda ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo’yicha ko’rsatmalar bilan tanishgan va bu jurnalda qayd etilgan bo’lishi kyerak.
Aziz o’quvchilar,quyidagilarning mumkin emasligini esdan chiqarmang!
- sinfga uski kiyimda kirish;
- kompyutyer va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
- kompyutyerni tashqi qurilmalar printyer, disk yuritgich, "Sichqon", joystik va boshqalar bilan ulash;
- o’qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish, gaplashish;
- monitorlarning yorug’lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;
- displey ekranlariga kul va boshqa narsalarni tekkazish hamda qurilmalarning ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish.
Kompyutyer xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
- kompyutyer yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o’tyoqish;
- qurilmalar yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
- xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo’lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalarni olib kirish;
- kompyutyer va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo’yish;
- qurilmalarga ho’l qo’l bilan tegish va ularni ulash;
- qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish;
- tugmalarni bosishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
- bo’r ishlatish;
- umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling