Startyor elektrodvtgatelining elektromexanik tavsifnomasi ish o`tkazishdan maqsad
Download 84.24 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish o`tkazish uchun zarur bo`ladigan jihozlar va o`lchov asboblari
- Ish o`tkazish uchun tayyorlanish
- Ishning qisqacha mazmuni va bajarilish tartibi.
Laboratoriya ishi № 7 STARTYOR ELEKTRODVTGATELINING ELEKTROMEXANIK TAVSIFNOMASI Ish o`tkazishdan maqsad: 1. Avtomobil startyorlarini tuzilishi va konstruksiyasining o`ziga xos tomonlarini o`rganish. Startyorlarning texnik holatini tekshirish usulini o`rganish va sinov natijalarini tahlil qilish. Ish o`tkazish uchun zarur bo`ladigan jihozlar va o`lchov asboblari 1. Avtomobil elektr jihozlarini tekshirish uchun mo`ljallangan 532-M belgili qurilma. 2. Startyorlarni to`la tormozlanish rejimida tekshirish uchun zarur bo`la-digan maxsus tormozlash moslamasi (dinamometr pishangi bilan). 3. Tekshiruv-o`lchov asboblari: ko`chma taxometr, dinamometr. 4. Har xil turdagi avtomobil startyorlari va ularning alohida qismlari. 5. Avtomobil startyorlarining tuzilishi va ishlashiga oid plakatlar. Ish o`tkazish uchun tayyorlanish Laboratoriya ishini bajarishga tayyorlanish borasida talaba: - avtomobil startyorlarining tuzilishi, texnik tavsifnomasi va ishlash prinsipini puxta o`rganib chiqishi, ularning konstruksiyasining o`ziga xos tomonlarini tahlil qilishi va o`zlashtirishi zarur; - startyorlarning elektromexanik tavsifnomasining mohiyati va undan kelib chiqadigan xulosalar haqida aniq tasavvurga ega bo`lish kerak: - startyorlar texnik holatini aniqlash usulini o`rganishi (ushbu uslubiy ko`rsatma hajmida) va 3.2 ilovada berilgan tekshiruv savollarga javob bera olishi kerak. Ishning qisqacha mazmuni va bajarilish tartibi. Avtomobil startyorlari 532-M belgili sinov qurilmasida ikki rejimda tekshiriladi: - salt ishlash rejimida; - to`la tormozlanish rejimida. Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish Startyorlardagi mexanik nosozliklarni aniqlash uchun ular salt holda ishlaganda tekshiriladi. Sinov davomida startyor yakorining aylanishlar chastotasi va startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o`lchanadi. Sinov natijasida olingan tajribaviy ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsifnomasidagi (3.1 rasm) ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi. Chunonchi: - agar sinov natijalari bilan startyorlarning texnik tavsifnomasidagi ma’lumotlar bir-biriga mos kelsa, demak tekshirilayotgan startyorda mexanik nosozliklar yo`q; - agar startyor iste’mol qilayotgan tok, texnik tavsifnomada ko`rsatilgan-dan katta, yakorni aylanishlar chastotasi esa kichik bo`lsa, bu tekshiralayotgan startyorda mexanik nosozliklar mavjudligining belgisidir. Startyorlarning ta’mirlangandan keyin noto`g’ri yig’ilishi, yakorning qutblarga tegib qolishi - shu nosozliklar jumlasidandir ; - agar startyor iste’mol qilayotgan tok ham, yakorning aylanishlar chastotasi ham texnik tavsifnomada ko`rsatilgandan kam bo`lsa, bu o`tkazgichlar ulangan joylarda kontaktning yaxshimasligi va cho`tkatutqichdagi prujinalarning bosim kuchi kamayganligining belgisidir. 3.1-rasm. Startyorni 532-M qurilma yordamida tekshirish a) qurilmadagi maxsus moslamalar: 1- qisuvchi moslama; 2-kronshteyn; 3-pishang; 4-dinamometr. b) startyor salt ishlagan holda tekshirilgandagi ulanish sxemasi; v) startyor to`la tormozlangan holda tekshirilgandagi ulanish sxemasi. 532-M belgili qurilma yordamida startyorni salt holda ishlagandagi tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi : - startyor prizma yordamida qurilma stoliga o`rnatiladi va qisuvchi moslama 1 yordamida mahkamlanadi (3.1 , a-rasm); - startyor sinov sxemasiga asosan qurilma paneliga ulanadi (3.1.b-rasm); - qurilma almashlab ulagichlari quyidagi holga keltiriladi (1.1-rasm): kuchlanish almashlab ulagichi - "12V" yuklama almashlab ulagichi - "B" (tekshirish) voltmetr almashlab ulagichi - "RN-20 V" - startyorni ishga tushirish tugmachasi bosiladi va startyor yakorining ayla-nishlar chastotasi avj olgandan so`ng(tahminan 30 sekunddan keyin) ampermetr almashlab ulagichini "ST200" holga keltiriladi; - ampermetr yordamida startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o`lchanadi va yozib olinadi; - startyor yakorining aylanishlar chastotasi ko`chma taxometr bilan o`lchanadi; - sinov natijalari hisobotdagi jadvalga yozib qo`yiladi: - sinov davomida o`lchangan ko`rsatkichlar (startyor iste’mol qilgan tok va yakorning aylanishlar chastotasi) tekshirilgan startyorning texnik tavsifnomasida keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi va hisobotga yozib qo`yiladi. Download 84.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling