Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
Download 23.39 Kb.
|
sugurta
Aim.Uz Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari Sug‘urta bozori mavjud bo‘lishining asosiy sharti, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning mavjud bo‘lishi va sug‘urtalovchilar bu talabni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan xarakterlanadi. Sug‘urta bozori sub’ektlarning mustaqil bo‘lishini, ularning o‘zaro teng imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta xizmatlarini sotib olish gorizontal hamda vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi. Ilgari xamma korxonalar davlatning ixtiyorida bulganligi tufayli, ularni xar xil noxush xodisalardan sug‘urta kilishga extiyoj bulmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug‘urta xodisalari natijasida zarar etkazilsa, bu zararlar davlat mablaglari xisobidan bemalol koplanaverar edi. Ammo, mol-mulklarni davlat ixtiyotidan chikarish va xususiylashtirish natijasida sektorida un minglab korxonalarni paydo bulishi, uz-uzidan sug‘urta xizmatlariga bulgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farkli ravishda nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali xodisalar tufayli zarar kurganda, bu zararlar davlat byudjeti mablaglari xisobidan koplanmaydi. Amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxotlar sug‘urta tizimini tubdan uzgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga rakobatbardosh xususiy sektorda mustakil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubxasiz, ular teng faoliyatini tartibga soladigan maxsus konun kabul kilinishi talab etdi. 1995 yilning 6 mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (xozirgi Oliy Majlis) «Sug‘urta tugrisida» konun kabul kildi. 2002 yil yangi qonun “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risdagi” qonun.qabul qilinda. Ushbu konunlar sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning xukukiy asoslarini, respublikani ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavkei va urnini belgilab beradi, fukarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bulgan talablari tularok kondirilishini kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarning manfaatlari ximoya kilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. SHunisi dikkatga sazovorki, mazkur konunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barxam berildi. Boshkacha aytganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi. Ma’lumki, xar kanday bozorda sotuvchi va xaridor buladi xamda ular urtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta bozorida xam sotuvchi (sug‘urtalovchi) va xaridor (potensial sug‘urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potensial sug‘urtalanuvchini tugridan-tugri sug‘urtalanuvchi, deb atasam kata xatoga yul kuygan bulaman. Negaki amaldagi konunlarga muvofik sug‘urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fukarolik saloxiyatga ega bulgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug‘urta «maxsulotini» sotib olishga extiyoji bor, ammo xali sug‘urtalanuvchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi. Sug‘urtalovchi- bu mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xukuki berilgan xamda sug‘urtalash uzi uchun asosiy faoliyat turi xisoblangan yuridik shaxslardir.Kurinib turibdiki, sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bulishi va sug‘urtaga boglik bulmagan operatsiyalar bilan shugullanmasligi zarur. Sug‘urtalovchilar bozorga uzlarini ishlab chikargan uziga xos maxsulotisug‘urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug‘urta kompaniyalar tomonidan sotilishi mumkin. Uz-uzidan, bu xolat sug‘urta bozorida potensial mijozlarni jalb etish uchun sug‘urta kompaniyalari urtasida rakobatning kuchayishiga olib keladi va «maxsulot»ning sifatiga ijobiy ta’sir kursatadi. Eng asosiysi, potensial sug‘urtalanuvchi xar tomonlama uzining talabini kondiradigan «maxsulot»ga ega buladi.Sug‘urta bozorining moxiyatini chukurrok anglab olish uchun kundalik xayotimizdan misol keltirsak maksadga muvofikdir.Uzimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, anikrogi, kuylak sotib olmokchimiz. Bozorda kuylakning xar xili mavjud, baxolari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifatli yaxshisini va baxosi arzonini sotib olamiz. Sug‘urta bozorida xam aynan shu jarayon yuz beradi. Sug‘urta kompaniyasi uz maxsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga kata mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. CHunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni kabul kilib oladi va sug‘urta xodisasi ruy berganda zimmasidagi sug‘urta koplamasini tulashi shart. SHu urinda, men sug‘urta kompaniyasiga murojaat kilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga extiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chikishlarini maslaxat berardim. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, boshka tovarlar va xizmatlar kabi, sug‘urta xizmatining xam baxosi talab va taklif asosida paydo buladi xamda bu baxo uzining pastki va yukori chegaralariga ega. Sug‘urta tushumlarining mikdori sug‘urta tulovlari va sug‘urta tashkilotlari xarajatlari mikdoriga teng bulishi sug‘urta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug‘urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Kup xollarda sug‘urta bozoridagi keskin rakobat, sug‘urta tashkilotlarining potensial mijozlarni jalb etish maksadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. CHet mamlakatlarda, sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatdan zarar kurganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad xisobidan koplanadi.Sug‘urta xizmati baxosining yukori chegarasi talab xajmi va bank foizining mikdori bilan aniklanadi. Sug‘urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bulganda, sug‘urta tashkiloti mazkur xizmat baxosini yukori darajada saklab turishi mumkin. Lekin, vakt utishi bilan bozorda sug‘urta xizmati ko‘rsatish turlarining kupayishi bilan, uz-uzidan tarif stavkalari kamayadi. Download 23.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling