Tadbir ssenariysi


Download 27.17 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi27.17 Kb.
#145771
Bog'liq
навруз


Assalom Navro’zi olam” nomli

                               TADBIR SSENARIYSI 



Jarchi chaqirig’i:

1-jarchi:                       Odamlar-u odamlar,

                                       Bog’da bitgan bodomlar,

                                        Eshitmadim demanglar,

                                        Navro’zni olqishlanglar,

                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!

2-jarchi:                     Bozorlar bo’lsin to’kin,

                                        Xalqimiz eksin ekin,

                                        Hunarmand-u kosiblar,

                                        Chevar-u holvagarlar,

                                        Barcha-barchangiz bu kun,

                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!

       (Doirachilar to’garagining “ZARB” guruhi chiqishi)

1-boshlovchi:      Bugun shodiyona Navro’zi olam,

                                       Orziqib kutilgan navbahor to’yi!

                                       Assalom yangi yil! Assalom bayram!

                                       Senga atalgusi yuraklar kuyi.



2-boshlovchi:  Yuraklarga solib hayajon,

                                  Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

                                  Yelkasida bayram libosi,

                                  Qo’llarida ochil dasturxon.

                                  Dala dashtga bag’ishlab chiroy,

                                  Yurtga keldi yana ko’klamoy.



3-boshlovchi: Assalomu  alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!

4-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.

1-boshlovchi: Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir.

2-boshlovchi: “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:

                 Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,

                 Tun-kun ekan zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.

3-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.

4-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internat direktori, hurmatli ustozimiz Ilyos Ortiqovich Qo-dirovga beramiz.

 

 



 

1-boshlovchi: Bugun Navro’z bayrami,

                             Zo’r tantana, hamma shod.

                             Ona yurtda quvnaymiz,

                             Baxtiyormiz umrbod.



2-boshlovchi: Navro’z keldi yurtimga,

                             Dalalarga shoshaylik.

                             Keling, do’stlar, barchamiz,

                             Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.



3-boshlovchi: - Har bir xalqning o’ziga xos qadriyat, an’analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg’ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo’lagi bo’lgan Navro’z ham har yili yangilanib borayotgan ulug’ va navqiron bayramdir.

4-boshlovchi:  - Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro’z bayrami, u bilan bog’liq urf-odatlar haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro’z haqida fikr yuritadi. Alisher Navoiy Navro’z haqida gapirar ekan, “Har tuning qadr o’lubon, har kuning o’lsun Navro’z” deydi.

 1-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktab-internatimizning 9-sinf bitiruvchi o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun ko’klam haqidagi qo’shiqni e’tiboringizga havola etamiz.

   (9-“A” sinf o’quvchisi O.G’aniyev tomonidan “Fasli navbahor o’ldi” qo’shig’i ijro etiladi).



2-boshlovchi: Yurtim!  Ilhomimga sarchashma o’zing,

                              Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.

                              Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,

                              Vatanim,  muborak bo’lsin Naro’zing.



3-boshlovchi:     Boshingda hurriyat quyoshing bordir,

                              O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.

                             Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,

                             Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.  



4-boshlovchi:-Navro’z –yangi kun, yangi fasl,yangi yil demakdir.Xalqimiz uni yilboshi deb ham  ataydi. Navro’z biz uchun millatning  ulug’ kuni , yosharish, yangilanish, yuksalish bayrami bo’lib qolaveradi.

1-boshlovchi: -Navro’z shunchaki bir bayram emas. U  millatning tarixi,  falsafasi, madaniyati va san’ati, tafakkur tarzini o’zida mujassam etgan ayyomdir.

 2-boshlovchi: -Darhaqiqat, mustaqillik sharofati tufayli bu ulug’ bayramning tiklanishi xalqimiz uchun unutilmas voqea bo’ldi. Navro’z bayramida odamlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, yor-u birodarlar,  qarindoshlar diydor ko’rishadi. Mehribonlik uylarida sahovatpesha yurtdoshlarimiz ko’magida turli xayriya tadbirlari o’tkaziladi.  



3-boshlovchi: Navro’z bayramida tabiat uyg’onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo’lmish Navro’zbek hamda dehqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.

                  (Dehqon bobo va Navro’z chiqishadi)      

Navro’z:   Assalomu alaykum aziz o’quvchilar, zahmatkash ustozlar, jonajon vatandoshlar! Sizlarni bayram bilan qutlash uchun uzoq yurtlardan tashrif buyurdim. Bilaman, sizlar meni intiqib kutgansizlar. Shuning uchun ham sizlar bilan diydorlashish, sizlarga quvonch ulashish uchun shoshilib keldim. Lekin men yolg’iz kelmadim o’zim bilan bahor oylari: mart, aprel, maylarni ham olib keldim. Bugungi bayram tantanangiz orqali sizlarni xushnud etishni maqsad qilgan ekanman, go’zallik va nafosat bayrami barchangizning dilingizga xush va a’lo kayfiyat olib kirsin. Men esa sizlarga hamisha ko’tarinki kayfiyat va sog’lik tilayman. Shunday qilib, keyingi bahor bayramida uchrashguncha xayr, aziz birodarlar.

Dehqon bobo:    Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim, mehribon ustozlar, qadrli o’quvchilar! Ona vatanimizga Navro’z bayrami tashrif buyurmoqda. Navro’z kelishi bilan tabiat uyg’onadi. O’z-o’zidan bobo dehqonga, ya’ni menga ish ko’payadi. Chunki erta bahorda qilingan ish doimo o’z samarasini beradi. Mehnat qilganlar esa kam bo’lmaydi. Bugungi bayram tantanasi xalqimizni mehnat qilishga, halol rizq topishga undashi shubhasiz. Hayot charag’on bo’lishi uchun astoydil harakat qilish bevosita mehnatga bog’liq. Men bahoriy bayramda barchaning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilayman.                     



4-boshlovchi: Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar, afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Ahuramazda  bahor va yozda, yomonlik  xudosi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunida yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’olib chiqqan. Muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana Navro’z bayrami deb tan olingan emish.

1-boshlovchi:  Qadimiy afsonalarga ko’ra, Odam  Ato va Momo Havo  uchrashgan kun Navro’z bayrami deb tan olingan emish. Firdavsiyning “Shohnoma “sida esa yangi yil, ya’ni Navrozning vujudga kelishi shoh Jamshid  nomi bilan bog’lanadi. Vaqt o’tib ,bu bayram rivojlangan. U “Yil boshi “ vazifasini o’tay boshlagan. Ana shundan boshlab Navzo’z bayrami nishonlanadi.

2-boshlovchi: Navro’z o’lkamiz bo’ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahor nafasi, doshqozonlar osilgan, ko’k somsalar yopilgan butun xalqimiz bayramona kayfiyatda. Doshqozonda sumalaklar qaynamoqda.

3-boshlovchi: Darvoqe, do’stim, yaxshi eslatdingiz. Sumalak navro’ziy taom hisoblanadi.  Sumalak haqida ko’plab qo’shiqlar yaratilgan. Hozirgi navbatni sumalakka bag’ishlangan qo’shiqqa bersak.

(9-“A” sinf o’quvchisi A.Abdullayev “Sumalak” qo’shig’ini ijro etadi)



4-boshlovchi:        Bobomning bayti bor yaproqlaringda

                                  Momomning tafti bor chorbog’laringda.

Onamni eslatar rayhoning,  yurtim

Dadamning hidi bor tuproqlaringda.



1boshlovchi:       Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim,

Billur shabnamlarda cho’milib yotdim

Dunyoni unutdim,  o’zni yo’qotdim

Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda.



2-boshlovchi: Navbatni Navro’z, bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat, tinglab dam oling.

(9-“A” sinf o’quvchilarining she’rlari)  



3boshlovchi: Navro’z bayramida azaldan sayllar o’tkazilgan Sayllarda turli xalq qo’shiqlari ijro etilgan.

4-boshlovchi: Biz ham hozirgi navbatni xalq qo’shiqlariga bersak, marhamat.

(9-“B” sinf o’quvchilari tomonidan xalq qo’shiqlari ijro etiladi)

 1boshlovchi: Bugungi tadbirimizga qatnashchilarimiz turli xalqlar raqslarini ham tayyorlab kelganlar. Hozirgi navbatni ana shunday raqsga beramiz.



Guruh: Tayyorlov
Tarbiyachi: Ergasheva M.

Toshkent.

Navoiyxonlik kechasi”
Assalomu alaykum aziz mehmonlar biz sizlar bilan bu yerga yig`ilishimizdan sabab buyuk siymolarni yod etishdir.

Mustaqil O`zbekistonimizda bobokalonimiz A.Navoiyning 571 yilligi nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bolalari “Navoiyxonlik kechasi” ni tayyorlab kelishgan. Marhamat tomosha qiling.

Mumtoz kuy ostida Husayn Boyqaro va vazir janoblari kirib keladi.

Vazir: Bir qoshiq qonimdan keching, ne bo`ldi shoxim, nechun g`amginsiz?

Husayn Boyqaro: Ko`nglim nenidir istaydur, lekin bilmaydurmen.

Vazir: Menda bir fikr bor. Agar ruxsat bersangiz saroy ahlini chaqirtirsak.

Bolalar musiqa ostida kirib kelishadi.

Vazir: Sizlarni yig`ishimdan maqsad shoximizning ko`ngli nimadir istamoqda, lekin ko`ngillariga yo`l topa olmayapmiz. Kimda kim shoximizni xushnud qila olsalar shohimiz ul kishini taqdirlaydilar.
Vazir: Vazir janoblari menda bir she`r bor.
Vazir: Qani eshitaylik.
Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyo

Hammasiga yer osti guvoh

Lekin do`stlar she`r ahli aro

Jahongiri kam bo`lar rosti

Besh asrki nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir she`r

Temur tig`i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher

Dunyo bo`ldi chamanim manim

O`zbekiston Vatanim manim.


Vazir: Vaziri olam menda bir taklif bor.

Vazir: Qani –qani qanaqa taklif ekan?

Vazir: Hozir bir daqiqa. Men shoximizga dunyodagi eng chiroyli gullarni keltirdim.
Shox yuzini o`girib oladi.

Vazir: Sovg`angiz shoximizga yoqmadi.


Shu payt vazirlar, saroy a`yonlari bir-birlari bilan shivirlashib maslahatlashadilar.
Vazir: Shoxim do`stingiz Mir Alisher tashrif buyurdilar.

Keling-keling Mir Alisher. Men shoximizga xushbo`y nonlardan keltirdim.


Shoh: Barakallo, ofarin, oh-oh!
Shoh o`rnidan turib: Non isidek xushbo`y hid bu dunyoda yo`qdir. Bu ne`matdan keeling, sizlar ham tatib ko`ringlar.
Bosh: Shunday qilib Mir Alisherning sovg`asi shohimizga manzur bo`ldi. Bolajonlar, shunday qilib mehmonlarimizga Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha ma`lumot berib o`tsak.
Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, shoir, olim, davlat arbobi bo`lgan, u 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan. Otasi G`iyosiddin Kichkina, onasi esa Amirzodaning qizi bo`lgan.

Yosh Alisher 9 yoshidanoq she`rlar yoza boshlagan, Farididdin Attorning “Qush tili” asarini yod olgan Navoiy o`z asarlariad insonlarni yaxshilikka, halol mehnat qilishga, Vatanni sevishga chaqiradi.


Alisher Navoiy 60 yil umr ko`rdi. Ammo nihoyatda ko`p kitoblar yozishga ulgurdi. Uning eng yirik asarlaridan biri “Xamsa” dostonidir.
“Xamsa” dostoni 5 asarni o`z ichiga oladi.


  1. “Hayrat-ul abror”

  2. “Farhod va Shirin”

  3. “Layli va Majnun”

  4. “Sabbai sayyor”

  5. “Saddi Iskandariy”

Bosh: Aziz bolajonlar Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha bo`lsada ma`lumot berib o`tdingiz. Ana endi Navoiy bobomiz haqidagi she`rlardan eshitamiz.




Hirot tuprog`ida voyaga yetgan

Qush tili so`zlarin munavvar etgan

Yillar to`zonidan sog`-omon o`tgan

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.




“Xamsa” si ko`ngilni shamdek yoritgan

Tilimizni ko`rkam boy etgan.

Mag`ribu mashriq ham iftixor etgan

Alisher bobomlar buyuk odamlar.



Mir Alisher otam zabondir

Umri boqiy omon-omondir

G`azallari fidoyi jondir.

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
Raqs: Qizlar ijrosida
Bosh: Alisherning onasi bilan muloqoti.


Bilmam qanday ayol bo`lgan

Alisherning onasi

Balki uning aqliga ham

Lol qolgan zamonasi

Balki uning ko`zlarida

Bo`lgan og`ir bir hayol

Balki g`amgin bir zotdir u

Balki sho`xchan bir ayol.



Balki buyuk farzandiga

Terib kelgan chechaklar

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar

Mayliga u kim bo`lmasin

Yolg`iz bir so`z ma`nosi

Alisherning onasi u

Navoiyning onasi.


Alisherning onasi: Mir Alisher o`g`lim qo`lingdagi qanday kitob?

Alisher: Payg`ambarimizning hadis kitoblari onajon! Hadislardan yod olgan edim, o`qib beraymi?

Alisherning onasi: Qani o`g`lim eshitaylik.

Alisher: “Oralaringizda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo`lsin. Salomdan oldin gap boshlamanglar. Mo`minning afzali xulqi yaxshirog`idir” – degan ekanlar.

Alisherning onasi: Barakallo Mir Alisher Payg`ambarimizhadislarin doim yodda tutgin.

Ikkalasi chiqib ketishadi.
Bosh: Endi Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan eshitamiz.


Odam borki odamlarning naqshidir

Odam borki hayvon undan yaxshidir.




Olamdan g`amsiz o`tay desang

Ilmu hunar o`rgan.




Odami ersang demagil odami

Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.




Hunarni asrabon netgumdir axir

Olib tuproqqami ketgumdir axir.



Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila

Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Turk nazmida chu men tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.


Bosh: Ana endi navbatni sahna ko`rinishiga beramiz.
Vazir: Choy iching, shoxim.
Shoh: Rahmat
Vazir: Mirshablar davraga raqqoslarni taklif qiling shohimiz bir oz hordiq chiqarsinlar.

Raqs: “Arabcha”


Shoh: Bo`ldi bas, yetar ko`nglim kimnidir istayapti.
Vazir: Do`stingiz Mir Alisherni huzuringizga chorlay-mi shohim?
Shoh: O`zlari qayerdalar?
Vazir: Navoiy do`stingiz bog`dalar.
Shoh: Qani Vazir janoblari do`stim Alisherni huzurimga chorlang.
Vazir chiqib ketadi.
Shoh choy ichib kitob varaqlab o`qib turadi.
Davraga Alisher va Vazir kirib keladi.
Alisher: Assalomu alalkum shohim.
Shoh: Keling, keling vaalaykum assalom, xush ko`rdik.

Nechun do`stim shoirlar majlisida ko`rinmay qoldingiz desam bog`bonlik qilayotirsizmi?


Alisher: -“Ko`klam kelsa ko`chat ek” – degan ekan mashoyixlar. Bog`imizdagi qurigan olma daraxtlari o`rniga yangi yong`oq ko`chatlarini ekadurmen.
Shoh: -Ey do`stim, sizga bog` qilishning ne hojati bor? Axir bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon yeysiz. Keksalik gashtini shu bog`dagi soya-salqinda g`azal bitib o`tirsangiz bo`lmaydirmu?
Alisher: “Yaxshidan bog` qoladi” degan naqlni eshitmaganmisiz do`stim? Men bu ko`chatlarni o`zim uchun emas, bizdan keyingi avlodlar ham mevasidan bahramand bo`lishini istaydurmen. Bu bog` Alisherdan qolgan desalar qanday yaxshi.
Shoh: Ofarin! Do`stim saxovatingizga qoyil qoldim. Mana buni olib qo`ying.

(Sandiqchadan olib beradi)


Alisher: Ana ko`rdingizmi, ekayotgan ko`chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
Shoh: Hozirjavobligingizga qoyilman, ofarin yuring do`stim bog`ingizga.

(Chiqib ketadi)


Bosh: Navbat endi Navoiy bobomiz g`azallari va ruboiylariga.


Jondin seni ko`p sevarman ey umri aziz

Sondin seni ko`p sevarman ey umri aziz

Har neni sevmoq sendin ortiq bo`lmas

Ondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz.




Ham so`z ila elga o`limdan najot

Ham so`z ila topib o`likdan hayot

Ganch berib bo`lmas ekan tutsa ko`z

Ulga qilur vaqtida bir yaxshi so`z.




G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish

Oltin qafas ichra qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshyon bo`lmas emish




Boshni fido ayla ato qoshig`a

Jismni qil sadqa ano boshig`a

Ikki jahoningga qilarsan fazo

Hosil et ushbu ikkisin rizo.




Tunu-kuning aylagin nurafshon

Birisin oy angla birisin quyosh

So`zlaridan qo`yma qadam tashqari

Hadlaridan qo`yma qadam tashqari




Turk nazmida gulin tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.






Mana shu bilan “Navoiyxonlik kecha”miz ham o`z nihoyasiga etdi.E`tiboringiz uchun rahmat.
Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling