Takrorlash. Abdulatifning ilk isyoni” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi


Download 1 Mb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi1 Mb.
#1062830
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi



Buxoro Davlat Universiteti Filologiya fakulteti
filologiya va tillarni o'qitish: o‘zbek tili ta'lim yo'nalishi 6-6UZB-19 guruh talabasi Shokirova Shohinaning
Takrorlash. Abdulatifning ilk isyoni”
mavzusida tayyorlagan bir soatlik
dars ishlanmasi

Ushbu dars ishlanmasi umumta'lim maktablarining "Adabiyot” darslariga tayyorlangan bo’lib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tishga yo’naltirilgan.

Uning asosiy maqsadi: “Adabiyot" darslarida yangi pedtexnologiyalar vositasida o’quvchilarni hurfikrli, sog’lom dunyoqarashli, vatanparvar, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi komil insonlar qilib tarbiyalash




Mavzu: “Takrorlash. Abdulatifning ilk isyoni ”

Darsning maqsadlari:

а)ta’limiy maqsad: Z.M.Bobur, A.Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek kabi buyuk bobokalonlarimizning hayoti va ijodi, faoliyatlari, yurti uchun, eli uchun ko’rsatgan mehnatlari bilan tanishtirish. Asalaridan olingan parchalar ma’nosini tushuntirish she’riy misralarni yod olish va ifodali ijro etish.

b)tarbiyaviy maqsad: Buyuk siymolarga, allomalarga, ularning asarlariga va hayotiga nisbatan qiziqish uyg’otish, ular bilan faxrlanish hissini tarbiyalash. Yod olingan asarlardan odob-axloq, komillik , o’zlikni anglash, vatanparvarlik haqida tushunchalarga ega bo’liish. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur ,Alisher Navoiy ijodlari va hayotlariga, faoliyatlariga nisbatan qiziqishni oshirish.

d)rivojlantiruvchi maqsad : Buyuk siymolarning hayotida bo’lib o’tgan qiyinchiliklar bilan tanishtirish. Do’stlik va xiyonat, ko’rolmaslik va baxillik orqali kishilarga zarar keltirish mumkinligi haqida va yaxshilik, ezgulik, aql-idrok doim g’olib bo‘lishi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.

Darsning turlari; noanoanaviy, mustahkamlovchi va nazorat qiluvchi.

Darsda foydalaniladigan metodlar; “Tegishlisini toping”,”Aqliy hujum”,”Zakovat”,”Test”,savol-javob


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling