Tarbiyaviy ishlar


Download 36.31 Kb.
bet1/5
Sana14.02.2023
Hajmi36.31 Kb.
#1195999
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Davronova Muhlisa


TASVIRIY SAN’AT XONASIDA OLIB BORILADIGAN TA’LIMIY VA
TARBIYAVIY ISHLAR
REJA:
Kirish.
1.Tasviriy san’atning ta’limiy- tarbiyaviy ahamiyati.
2.Tasviriy san’atni o’qitishda maxsus xonani bo’lishligining zarurligi.
3.Tasviriy san’at xonasini jihozlash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Tasviriy san'at – bu go`zalliklar dunyosi. Uni tushunish va qabul qilishni qanday o`rganish mumkin? Buning uchun eng avvalo tasviriy san'atning ifodaviy tilini o`zlashtirish, uning turlari va janrlari haqida tushunchaga ega bo`lish va rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo`lish lozim.
Tasviriy san'at o'quv predmetining maqsadi o'quvchilarda ma'naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.
Mazkur yo'nalishlar bo'yicha tasviriy san'at o'quv predmetini o'qitishda har bir o'qituvchi asosiy e'tiborni nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo'ladi. Tasviriy san'atni o'qitishda o'qituvchining e'tibor berishi lozim bo'lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:
- borliqdagi va san'atdagi go'zallikni ko'ra bilish, idrok etish va qadrlashga o'rgatish;
- badiiy- ijodiy qobiliyatni o'stirish;
- tasviriy san'at qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o'rgatish;
- tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;
- estetik va badiiy didni o'stirish;
- bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
- bolalarga tasviriy, amaliy va me'morlik san'ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish (san'atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v.b.);
- san'atga qiziqishni o'stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;
- tasviriy, amaliy san'at asarlarini badiiy idrok etishni va undan estetik zavqlanish hissini tarbiyalash;
- bolalarda badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Shuning uchun ham tasviriy san'at o`qituvchisi o`z ish faoliyatida o`quvchilarga faqat san'atning nazariy asoslari va uning ifodaviy tilinigina o`rgatib qolmasdan, balki tasviriy san'at materiallari va asbob-uskunalari haqidagi ma'lumotlarni ham yetkazishlari juda muhim.
Borliqni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman ranglardan iborat ekanligini ko`rib hayratga tushamiz. «Bu ranglarda qanchalik ma`no yotadi?» - deb o`yga tolasan. Ajdodlarimiz tabiatning shu sirli olamiga hayratga tushib, asrlar davomida uni o`rganib kelishgan. Har bir rang bir olam ma`noni anglatadi. «Nima uchun tabiat yashil rangda yaratilgan? Buning sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo`lsa, qanday ma`noni anglatgan bo`lar edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko`taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta`sir ko’rsatadi? Inson yoki hayvonlarning ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo’ladimi?». Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiy tadqiqot ishlarini, tajribalarni o’tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba`zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Bu o’rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta`kidlash mumkin. Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma`noda «so’zlashish», ranglar vositasida insonlarni davolash, tarbiyalash, ranglar jilg`asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlarning ichki dunyosini anglash, shuningdek, ranglarning qishloq xo`jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ma`lumki, ta`lim tizimida rangshunos fani o’rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o’quv-qo’llanma, elektron versiya va boshqalar yetarli emas. Rangshunoslik fanining o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan. Ajdodlarimizni amaliy san`at turlaridan qoldirgan ma`naviy merosiga murojaat qilsak, qanday buyum yoki bezak bo’lmasin, ular shakl, rang va hajmga ega. Masalan, o’sha bezakning rangi inson psixikasiga turlicha ta`sir etadi, bu ranglar o’ziga xos ramziy ma`noga hamda shifobaxsh xosiyatga ega bo’ladi. Shunday ekan amaliy san`atning bo’lajak usta - muallimi rangshunoslik fanini chuqur va atroflicha bilishi zarur.
Shuni qayd etish lozimki Tasviriy san’at sohasida yurtimizda ayni damda katta o’zgarishlar olib borilyapti. Yurtboshimiz ham bu sohaga qator farmon va farmoyishlar kirityaptilar.
Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy badiiy an’analarning o‘ziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi san’at mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan.
Bugungi kunda zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atiga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani, turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon san’at maydonida munosib o‘rin egallashga intilish tendensiyalari ko‘zga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim.
O‘zbek tasviriy va amaliy san’ati hamda dizayn yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis san’atlarga bo‘lgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxasislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga shart-sharoit yaratish, badiiy salohiyatini oshirish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini keng yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida yurtimizda bir qator ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda bu sohaning rivojlanishi, ravnaq topishi uchun Yurtboshimiz tomonidan yoshlarning ilim olishi, o’z ustilarida ishlashlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, shaxsiy va ijodiy ko‘rgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda:
-jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilg‘or tajribalar almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda;
-xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Badiiy ijodkorlar uyushmasi deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirilmoqda;
-tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishidagi ijodkorlarni, milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va bolalar san’atini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda;
-O‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yo‘lida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirilmoqda;
Kurs ishining maqsadi: Mеn o’z kurs ishimda Tasviriy san'at darslari maxsus xonalarda o’tkazilishi, xonalarda yetarli jihozlarning bo’lishi dars sifatiga qanchalik ta’sir ko’rsatishini, tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik va ularni tayyorlash usullarini o’zlashtirishni, o’z oldimga maqasad qilib qo’ydim.
Kurs ishining vazifasi: Tasviriy san’at darslarida maxsus xonaning bo’lishi va xona jihozlarining ahamiyati.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, uchta reja, xulosa, fodalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bo’lib jami 25 betdan iborat.


Download 36.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling