Tayanch so‘zlar va iboralar


Download 23.55 Kb.
bet1/6
Sana25.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1719737
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish


Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish. Ishlov berish aniqligini olish usullari. Ishlov berishning tizimli xatoliklari. Ishlov berishning tasodifiy xatoliklari. Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi faktorlar.


Tayanch so‘zlar va iboralar:
Mashinasozlik; aniqlik; xatolik; texnologiya; detalni tayyorlash; zagatovka; aniqlikni olish usullari; o‘lchash; dastgoh; tizimli xatoliklar; tasodifiy xatoliklar.

Mahsulotning sifati ularning elementlarining ishlov berilish aniqligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Aniqlik detallarning va yig‘ma birliklarning geometrik ko‘rsatkichlaridir.



Detalga konstruktor tomonidan belgilab berilgan aniqlik darajasi uning ish qobilyatining shakllanishi uchun zaruriy omillardan biridir. Tayyorlash texnologik jarayonida kelib chiquvchi geometrik ko‘rsatkichlar xatoligini umuman bartaraf qilish mumkin emas, va shu sababdan detallarga ishlov berishda doimo ma’lum miqdorda hosil bo‘luvchi xatolik kuzatiladi.
Shuning uchun detalning tayyorlanish aniqligi deganda uning o‘lcham, shakli, yuzalarining o‘zaro joylashishida bo‘ladigan xatoliklarning konstruktor tomonidan bu ko‘rsatilgan parametrlar uchun belgilab bergan miqdoriga moslik darajasi tushiniladi. Detalga ishlov berilganda har bir o‘lcham bo‘yicha ishlov berish unga berilgan quyim asosida amalga oshirilishi kerak. Ya’ni ishlov berish texnologik usuli, bazalash, ishlov berish tartibi, bularning barchasi detal aniqligiga qo‘yilgan talab asosida belgilanishi kerak.
Detalga ishlov berish aniqligi stanokning sozlanish aniqligiga, ishlov berish asbobining turi, aniqlik darajasi, o‘rnatilish sifati, stanokning harakatlanish turi, ko‘chirish (qator) qurilmalarining holati va boshqa shu singari qator ko‘rsatkichlar ta’sirida shakllanadi.
Yuza g‘adir-budirliklarning ko‘rsatkichlari aniqligi ishlov berish turi va aniqligiga bog‘liq ravishda shakllanadi. Shu sababdan ba’zi paytlarda oxirgi toza ishlov berish operatsiyasi detalning funksional xususiyatlaridan kelib chiqgan holda, uning ish yuza g‘adir-budurligiga bo‘lgan talabni hisobga olib belgilanadi.

Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling