Tayanch so‘zlar va iboralar
Ishlov berishning tizimli xatoliklari
Download 23.55 Kb.
|
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlov berishning tasodifiy xatoliklari
- Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi faktorlar.
Ishlov berishning tizimli xatoliklari.
Ishlov berishning tizimli xatoliklari barcha ishlov berilayotgan detallar uchun doimiy yoki ishlov berilayotgan detallarning har biridan ikkinchisiga o‘tishda ma’lum qonuniyat asosida o‘zgarib boradi. Birinchi turdagi xatoliklar doimiy tizimli xatoliklar deyiladi ( ) va ikkinchi turdagi xatoliklar o‘zgaruvchi tizimli (funksional) xatoliklar deb ataladi ( ). Bu xatoliklar asbob, moslama va dastgohning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanishidan, zagotovkaning xatoliklaridan, harorat ta’siridan va boshqa faktorlar ta’siri natijasida shakllanadi. Stanokning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanish natijasida kelib chiqadigan nuqsonlarga shpindelning radial urilishi, ko‘ndalang yuza urilishi (o‘q bo‘yicha) va boshqa shu singari tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladigan xatoliklar kiradi. Qirqish asbobining noaniqligiga va yeyilishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar (ayniqsa freza, razvyortka, zenker kabi me’yorlangan asboblarning) ko‘pchilik hollarda bevosita ishlov berilayotgan detalga o‘tadi. Odatda qirqish asbobining noaniqligi juda kichik bo‘ladi va ishlov berishga asosan uning yeyilishidan kelib chiqadigan xatoligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlov berishning tasodifiy xatoliklari – ko‘rilayotgan to‘plam detallarining har biri uchun alohida qiymatga ega bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi hech qanday ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysinmaydi. Bu singari xatoliklar ko‘p sonli boshqarilmaydigan faktorlarning ishlov berish aniqligiga ko‘rsatadigan umumlashgan ta’siri natijasida shakllanadi va ularni o‘rganish uchun matematik statistikaning ma’lum uslublaridan foydalaniladi. Bu xatoliklarni keltirib chiqaruvchi faktorlarni umumlashtirib, ishlov berish turiga, detalni o‘rnatishga, uni tayanchlashga, berkitishga, dastgohni sozlashga, moslamaga bog‘liq bo‘lgan tashkil etuvchilarga bo‘lish mumkin. Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi faktorlar. Tabiatiga qarab tizimli va tasodifiy xatoliklarni keltirib chiqarish mumkin. Tizimli xatoliklar ishlov berilayotgan hamma zagotovkalarga bir xilda yoki biror-bir qonuniyat asosida o‘zgarib ta’sir qiladi. Tizimli va o‘zgaruvchi sistematik xatoliklarning kelib chiqish sabablari stanok qismlarining yemirilishi, noaniqligi, deformatsiyalanishi, moslama va asboblarning ham shu singari xatoliklari, hamda texnologik tizimda sodir bo‘ladigan harorat o‘zgarishlari, zagotovkada bo‘lgan konstruktiv xatoliklar bo‘lishi mumkin. Download 23.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling