Tayanch so‘zlar va iboralar


Texnologik tizimning qizishi natijasida hosil bo‘ladigan ishlov berish xatoliklari


Download 23.55 Kb.
bet6/6
Sana25.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1719737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish

Texnologik tizimning qizishi natijasida hosil bo‘ladigan ishlov berish xatoliklari stanokning doimiy ishlashi natijasida o‘zgaruvchan tizimli ko‘rinishda hosil bo‘ladi.
Stanokning qizishdan deformatsiyalanish detallarda hosil bo‘ladigan xatoliklarning sabablaridan biridir. Stanoklarning qizishining asosiy sababi, ularning harakatlanuvchi qismlarida sodir bo‘ladigan ishqalanishlardir. Shuning uchun asosiy qizuvchi zonalar podshipnikli tutashmalar mavjud joylardir. Shuningdek elektrodvigatel, gidrouzatkichlar, sovituvchi suyuqliklar va boshqa ko‘p faktorlar ta’sirida ham stanok qizishi va natijada deformatsiyalanishi mumkin.
Shpindel babkasining qizishi ham murakkab tabiatga ega bo‘lgan deformatsiyalanishlarga olib keladi. Babkaning haroratda o‘zgarishi 3-5 soat davomida rivojlanib keyin stabillashadi. Shuning uchun stanok ish boshlashdan oldin 2-3 soat davomida yurg‘azib qo‘yilishi kerak.
Ishlov berish asbobining qizishi ham ishlov berish xatoligi sababi bo‘lishi mumkin. U qiziganida asosan o‘z o‘lchamlarini kattalashtiradi va natijada tegishli ravishda detal ishlov berish xatoligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qizishning kattaligi kesishning tezligiga, uzatish kattaligiga va boshqa bir qator faktorlarga bog‘liqdir.
Zagotovkaning qizish natijasida deformatsiyalanishi ham ishlov berish xatoligi sababi bo‘lishi mumkin. Detal qizishi asosan qirqishda ajralib chiqadigan issiqlik natijasidir. Odatda detal qizishining potensiali, uning qismlari orasida qancha ko‘p bo‘lsa, uning ta’sirida bo‘ladigan deformatsiyalanish ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Vtulkasimon detallarga ishlov berishda ularning isishi katta xatolikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ishlov berish vaqtida sovutish vositalarini qo‘llash qizishdan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi.
Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling