Tayanch so‘zlar va iboralar


Yuklanmagan stanokning noaniqligi


Download 23.55 Kb.
bet5/6
Sana25.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1719737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish

Yuklanmagan stanokning noaniqligi standartlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lib asosiy parametrlarga beriladigan qo‘nimlari va ularni aniqlash uchun belgilangan vosita va usullari bilan xarakterlanadi. O‘rta o‘lchamga ega bo‘lgan universal stanoklar uchun ular shpindellarning radial va ko‘ndalang urilishi, shpindel konus teshigi urilishi, yo‘naltiruvchilarning to‘g‘ri chiziqlilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi.
Stanokning geometrik noaniqlik darajasi, ishlov berilayotgan detalga qisman yoki to‘liq sistematik xatoliklar ko‘rinishida o‘tadi.
Shpindel o‘qining noparalelligi silindrik detalning konussimon bo‘lib chiqishiga, vertikal – frezer stanogida bu xatolik ishlov berilgan yuzaning detal o‘rnatish yuzasiga nisbatan noparalelligiga olib keladi.
Kesish asbobining noaniqligi va yemirilishidan kelib chiqadigan xatoliklar. Asboblarning tayyorlanish noaniqligi odatda juda kam bo‘ladi shuning uchun ularning ishlov berilganida topadigan aksi ham juda kam bo‘ladi. Odatda detal noaniqligida ularning yemirilishidan hosil bo‘ladigan noaniqliklar kattadir.
O‘lchamlar avtomatik olinishiga mo‘ljallangan stanoklarda kesish asboblarining yemirilish o‘zgaruvchan sistematik xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Odatda asboblarning yemirilishi ham tabiiy klassik sxema asosida sodir bo‘ladi.
Kesish asbobining tayyorlanish materialini, konstruksiyasi va kesish tartiblarini ratsional tanlash ishlov berilayotgan detal aniqligining oshishiga olib keladi.
Detalni o‘rnatishda hosil bo‘ladigan kuchlanishning ishlov berish noaniqligiga ta’siri, ta’sir qiladigan siqish kuchining kattaligiga bog‘liq bo‘lib, zagotovkalar bir xil bo‘lib ta’sir etuvchi kuchlar kattaligi va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa, detalda hosil bo‘ladigan xatoliklar ham tizimli xarakterga ega bo‘ladi. Ularning kattaligi va o‘zgarishini ma’lum formulalar yordamida hisoblab topish mumkin bo‘ladi.
Vtulka patronda berkitilganda unda elastik deformatsiyalanish sodir bo‘lib, kulachoklar ushlab turgan joylarda A zagatovkaning radiusi kichiklashadi, V nuqtalarda esa bu o‘lcham oshadi (3.2. rasm).

3.2.-rasm. Vtulkani o‘rnatishdan kelib chiqadigan xatolik sxemasi: a-vtulka uch kulachokli patronga o‘rnatilganidagi elastik deformatsiyalanishi; b-ishlov berilgan teshik shakli; v-teshikning detal dastgohdan yechib olinganidan keyingi shakli; A-kuchning ta’sir sxemasi; V-deformatsiyalanish sxemasi.

Vtulkasimon detallarning yuzasida o‘rnatishdan hosil bo‘ladigan xatolik patrondagi kulachoklar soniga ham bog‘liqdir. Kulachoklar soni qancha ko‘p bo‘lsa ularning siqilishidan hosil bo‘ladigan deformatsiya shuncha kam bo‘ladi. Ikkita kulachokda shartli ravishda 100% deb olsak, uchta bo‘lganda 21%, to‘rta kulachokda 8%, oltita kulachokda 2% deformatsiyalanish sodir bo‘ladi.



Shuning bilan bir qatorda ma’lum sharoitlarda ishlov berish xatoligi zagotovkaning og‘irligidan, markazdan qochma kuch ta’sirida, ichki kuchlanishlar natijasida va boshqa ko‘p sabablar natijasida kelib chiqishi ham mumkin.

Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling