Tayanch so‘zlar va iboralar


Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni ta’minlash


Download 23.55 Kb.
bet2/6
Sana25.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1719737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni boshqarish

Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni ta’minlash. Mashinasozlikda ishlov berish aniqligiga erishish uchun texnolog bir qancha vazifalarni muvaffaqiyatli yechishi lozim:

detalni tayyorlash va mashinani yig‘ishda konstruktor tomonidan belgilangan aniqlikni, yuqori unumdorlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ta’minlashga erishish lozim;

ishlov berish va yig‘ish jarayonlarini zaruriy o‘lchash va nazorat asboblari bilan ta’minlash;

operatsiyalar oralig‘i o‘lchamlari qo‘yimini belgilash va texnologik jarayon davomida ularga rioya qilishni ta’minlash. Bundan tashqari texnolog belgilangan texnologik jarayonning amaldagi aniqligini tadqiq qilishi va kelib chiqadigan xatoliklarning sabablarini o‘rganishi kerak.



Detal aniqligi deb, uning chizma talablarini qondirish darajasi tushiniladi. Bu talablar detalning o‘lchamlari, geometrik shakli, yuzalarining o‘zaro joylashishi parametrlari, yuza g‘adir-budurligi va shuningdek materialning fizik va mexanik xususiyatlarini baholash parametrlariga qo‘yiladi.
Ishlov berish aniqligini olishning ikki xil usuli mavjuddir: - belgilab yurib ko‘rish va o‘lchash usuli; - sozlangan stanoklarda (dastgohlarda) o‘lchamni avtomatik olish.
Belgilab yurib ko‘rish usulining asosini, stanokga ishlov berilayotgan detal o‘rnatilib, uning ishlov berilishi lozim bo‘lgan yuzaga qirqish asbobi olib borilib yuzaning bir qismidan metal qoplamasi qirqib olish yotadi. Bundan keyin stanok to‘xtatiladi va ishlov berilgan yuzaning o‘lchami aniqlanib, uning detal ish chizmasidagi o‘lchamdan qancha farqlanishi hisoblanadi va qirqish asbobining holati shu farqga mos ravishda tegishli yo‘nalishda siljitiladi. Bundan so‘ng belgilab yurish amalga oshiriladi va olingan o‘lcham tekshirib ko‘riladi, agar o‘lcham talab jarajasidan farqlansa, yuqorida ko‘rib chiqilgan ishlar takrorlanadi va hakozo. Bu ishlar o‘lcham talab darajasidagi qiymat va aniqlikga yetganiga qadar qayta-qayta bajariloveradi. Talab qilingan o‘lcham olingach, shu sozlanish bo‘yicha detalning butun yuzasiga ishlov beriladi. Keyingi zagotovkaga ishlov berishda, qirqish asbobini sozlash ishlari to‘lig‘icha qayta bajariladi.
Bu usulning afzalligi sifatida aniqligi past dastgohda ham yuqori aniqlikda ishlov berish, qirqish asbobi yeyilishidan kelib chiqadigan xatolikni yo‘qotish, detallarga ishlov berish uchun murakkab moslamalardan foydalanish zaruriyatini yo‘qotish imkoniyatini beradi.
Shuning bilan bir qatorda, bu usuldan foydalanilganida detalning aniqlik darajasi ishchining saviyasiga bog‘liq bo‘lishi, ishlab chiqarish suratining pastligi, ish unumdorligi past bo‘lganligi sababli mahsulot tannarxining yuqori bo‘lishi kabi kamchiliklar mavjud bo‘ladi. Bu kamchiliklarning mavjudligi sababli, bu usul donalab yoki kam seriyalab ishlab chiqarishdagina qo‘llanilishi mumkin.

Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling