ТOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“Тemir yo’l muhandisligi”
Kafedrasi
KURS ISHI
Mavzu: Yer polotnosi
Bajardi: IF-66guruh talabasi
Ilyosov S.I.
Tekshirdi: Mehmonov M.H.
Тоshkent -2022
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………….2
1. Baland qayirli ko'tarmani loyihalash……………………………………..………...3
1.1. Ko'tarma tanasini zichlanishning qoldiq deformatsiyalariga yo'l qo'ymaslik hisobi……………………………………………………………………………..…...3
1.1.1. Ko'tarmaning ko'ndalang profilini loyihalash…………………….…….…3
1.1.2. Berilgan lokomotivdan tushadigan vaqtinchalik va yo'lning yuqori qurilmasi
og'irligidan yer polotnosiga tushadigan doimiy yuklamani aniqlash…………………4
1.1.3. Polosali yuklamada zo'riqishlar hisobini tashkil qiladigan sxemalari………….7
1.1.4. Poyezddan tushadigan muvaqqat yuklamalar hamda doimiy yo’l yuqori qurilmasi ta’siri hamda ko’tarma gruntining o’zidan tushadigan yer polotnosi “tanasi”dagi zo’riqishlarni aniqlash…………………………………………………. 8
1.1.5. Ko'tarma tanasini zichlashga hisoblash………………………………………...10
1.2. Qayirli baland ko'tarma kesigi turg'unligining grafoanalitik hisobi………….....13
1.2.1. Boshlang'ich ma’lumotlar yig'ish va hisobiy sxemani tuzish……………….14
1.2.2. Ko'tarma kesigi barqarorlik koeffitsiyentini ikki berilgan nuqta orqali o'tgan o'pirilish egri chizig'i uchun aniqlash………………………………………..………..18
1.2.3. Ko'tarma kesiklari turg'unligi to'g'risidagi xulosa va uni oshirishga doir tavsiyalar…………………………………………..…………………………………..20
2. Murakkab gidrogeologik va topografik sharoitlarda o'yiqni loyihalashtirish…….....................................................................................................20
2.1. O'ymani ko'ndalang profilini loyihalash …………………………………….21
2.2. Tepa (tog') usti zovurini loyihalash va hisoblash……………………………….21
2.3. Transheya tipidagi gorizontal trubkasimon drenajni loyihalash va gidravlik
hisoblari…………………………………………………………………………..….25
Adabiyotlar…………………………………………………….…………………….36
Kirish
Temir yo'l transporti temir yo'l izining yuqori darajadagi ishonchliligi; uning ko'tarib turadigan asosi - dispers anizotrop gruntlardan tiklangan murakkab texnik inshoot bo'lgan yer polotnosining ekspluatatsiya turg'unligi ta’minlangan holdagina zimmasidagi vazifalarini bajarishi mumkin bo'ladi.
Yer polotnosi temir yo'l izining eng mas’uliyatli elementlari, uni ko'tarib turadigan konstruksiyasi bo'lib hisoblanadi. Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo'qotishlarni kamaytirish, yo'llarning poyezd o'tkazish va tashish imkoniyatlarini yaxshilash ko'p jihatdan yer polotnosi holatiga bog'liq.
To'g'ri loyihalangan, sinchiklab qurilgan va normal foydalanilgan yer polotnosi eng og'ir sharoitlarda ham uning turg'unligini ishonchli ta’minlab berishi mumkin.
Yer polotnosi uzoq muddatli inshoot sifatida MDH temir yo'llari tarmog'i ekspluatatsiya uzunligining taxminan 90% qismida qoniqarli darajada ishlab, umuman tashish jarayoni talablarini qondirib keladi. Temir yo'llardan foydalanish tajribasi ko'rsatishicha, loyli gruntlardan ko'tarilgan baland kesiklarning oqib tushishi va yemirilishi ayniqsa og'ir oqibatlar keltirib chiqarar ekan.
Asosiy maydoncha holati ko'p jihatdan poyezdlar harakatlanishi uchun yer polotnosi turg'unligi va temir yo'l ishonchliligini belgilab beradi.
Muzlash va erish, namlanish va qurish, shishish va boshqa shu kabi mavsumiy jarayonlar yer polotnosi gruntlarining holati va mustahkamlik tavsiflarini o'zgartiradilar.
Qish paytida namoyon bo'ladigan notekis ko'tarilishlari rels izlarining gorizontal yuzadagi egilishi, pasayishlar, ko'tarilib-tushishlar ko'rinishidagi yo'l qo'yib bo'lmaydigan nuqsonlari yuzaga kelishiga olib keladi. Bahor payti gruntlar erishida plastik siljishlar deformatsiyalari yuzaga keladi. Ana shunday deformatsiyalar imkoniyatining oldini olish maqsadida shishishga qarshi chora-tadbirlarni oqilona loyihalashtirish talab etiladi.
Mazkur kurs ishining maqsadi yer polotnosini individual loyihalashtirishda o'lchamlar va talablarni asoslash va tanlab olish, ko'tarma gruntlari zarur zichligi, uning barqarorligining hisob-kitoblarini amalga oshirish, yer polotnosi deformatsiyalarini bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlami asoslab berish va loyihalashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |