Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma


Download 165.76 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.76 Kb.
#1530265
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Шараф Кодекси 2 nizomi


Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab
chiqish va tatbiq etish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalarida xodimlar va talabalar uchun “Sharaf kodeksi”ni ishlab chiqish va uni tatbiq etishning dolzarbligi quyidagilarda aks etadi:

  1. Talabalarda milliy qadriyatlarga, oʻzi yashayotgan zaminga nisbatan ijobiy yondashuvni kuchaytirish zarurati.

  2. Talabalarga tarbiya berishda ularning dunyoqarashlari va oʻzaro munosabatlari orqali ularga taʼsir etadigan mexanizm yaratish zarurati.

  3. Ijtimoiy faol va “befarq” talabalarga beriladigan imkoniyatlarning farqi darajasi kamligi.

  4. Talabalar bilan ish olib borishda “Kichik xatolarning katta xatolarni oldini olishi” tamoyili ishlamasligi.

  5. Qator OTMlarda professor-oʻqituvchilar, talabalar va bitiruvchilarni bitta maqsad atrofida birlashtiruvchi gʻoyaning va muhitning mavjud emasligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib taʼkidlash joizki, “Sharaf kodeksi”ni tatbiq etishdan maqsad, talabalarda oʻz kasbiga nisbatan sadoqat, taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtiga nisbatan hurmat va faxr tuygʻusini shakllantirish, bitiruvchilar bilan universitet oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, bitiruvchilarning yutuqlari asosida talabalarga motivatsiya berish va universitet imidjini shakllantirishdan iborat.
“Sharaf kodeksi”ni amalda qoʻllanilishi boʻyicha xorijiy tajriba, xususan Garvard universiteti (AQSH), Boston Universiteti(AQSH), Xalqaro Koinotni tadqiq etish universiteti (Fransiya), Gras texnologiyalar universiteti (Avstriya), M.V.Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya Iqtisodiyot Oliy maktabi, Sankt Peterburg universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari faoliyati chuqur oʻrganildi.
“Sharaf kodeksi”ni amalga oshirish mexanizmlari:

  1. “Sharaf kodeksi” institut Jamoatchilik kengashi tomonidan muhokama qilinib tasdiqlanadi.

  2. Jamoatchilik kengashi tomonidan “Sharaf kodeksi”ni tatbiq etish boʻyicha nozirlar tayinlanadi.

3. Kodeks institut sayti, telegramm kanallari hamda bevosita uchrashuvlar orqali keng targʻib qilinadi.
4. Nozirlar bilan hamkorlikda Maʼnaviyat boʻlimi tomonidan talabalarning kodeksida qayd etilgan talablarga javob berishi, ularning faolligi, yutuqlari hamda kodeks talabalarni buzish holatlari doimiy ravishda quyidagi mezonlar asosida baholanib, qayd etib boriladi.
Sharaf kodeksi” meʼyorlariga muvofiq talabalarni baholash
MEZONLARI




Download 165.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling