Tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari
Download 24.83 Kb.
|
tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash
Tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari: Bemorlarning tanasiga tig’ tekkizib, ya’ni operatsiya qilish yo’li bilan davolash to’g’risidagi fandir. Jarrohlik klinikasida bemorlar davolanadi, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, talabalar o’qitiladi va ular tibbiy malakani egallaydilar. Kasalxonada bemorlarni yotqizib davolash ishlari olib boriladigan qismi statsionar deyiladi. Hozirgi zamon vrachidan nafaqat malakali mutaxassis bo’lish balki tibbiy, madaniy, ma’naviy bilimlarni targ’ibotchisi, tashkilotchisi bo’lish talab etiladi. Insoniylik, xushfe’llik, vrachning muhim sifatlaridan biridir. Vrach har qanday holatda ham bemorga mehribon, shirinso’z, xushfe’l, ochiq chehrali bo’lishi kerak. Vrach umuman olganda o’zini psixiologiyasini to’liq tushunib etishi lozim, ya’ni sezgir, kuzatuvchi, bosik, vazmin, yaxshi sirdosh, mehribon do’st, bo’lgan vrachgina bemorning dardiga malham bo’la oladi. Man - manlik, o’ziga ortiqcha baho berish tufayli paydo bo’lgan "yuqori" bahona faqat o’ziga, balki bemorga ham katta zarar keltirishi mumkin. Vrachga qo’yiladigan talablardan yana biri u bemorning oldida o’zini yo’qotib qo’ymasligi, ikkilanayotganligini, gumonsirayotganligini aslo sezdirmasligi kerak, bu hol yuzaga kelsa vrachga bo’lgan hurmat, unga bo’lgan ishonch yo’qoladi. Vrachga qo’yiladigan yana bir talablardan biri shuki, u bemor shaxsiyatini hurmat qilishi kerak. Bemorga "sen" yoki "kasal" degan so’zlar bilan murojat qilishi ma’n etiladi. Bemorning ismi sharifini aytib murojaat qilish lozim. Bemorga aytilgan har - bir so’zni nazorat qilish kerak. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar tozalash o’tkaziladi. Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi: - to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan yuvintirish, kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni yo’qotish, ya’ni dezinfeksiya va dezinseksiya qilish); - qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq kiyim, ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish. Download 24.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling