Til –millat ko’zgusi. Rasmiy uslub


Download 18.28 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi18.28 Kb.
#173658
Bog'liq
nutq.mustaqil ish


Til –millat ko’zgusi.

Rasmiy uslub.

Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o’zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilingan ilmiy texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik mohokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritildi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi talab qilinadi. Korxonalar, maassasalar, tashkilotlar va jomoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari va davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Publisistik uslub.

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratganning insonlarga bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o’z ona tilidir.

Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tili ham biz o’zbeklarning eng qimmatli boyligimizdir. Tilimizning go’zalligi, ma’no jilolari Navoiy davridayoq o’z ifodasini topgan, bu tilda ajoyib asarlar bitilgan. Shu tilning sofligini asramoq, uni yanada boyitib avlodlarga yetkazmoq bizning zimmamizdadir.

O’zbek tilining qonuniy muhofazasi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog’liq.

Ma’lumki, 1989-yil 21-oktyabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida Respublikamizda keng nishonlanadi.

Jumladan, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ham joriy yilning 21-oktyabr kuni “Ona tilim-jonu dilim” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o’zbek tili fani o’qituvchisi N.Samandarova, ingliz tili fani O’qituvchilari Sh.Raximovalar tomonidan filialning 142-A guruhi talabalari bilan tayyorlangan dastur milliy tilga bo’lgan hurmatni yana bir bora namoyish etdi.

Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari, monologlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.



Ilmiy uslub.

Til-aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko’rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo’ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo’ladi. Har kim o’z qobiliyati, so’z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.

Tilning umri uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq bo’ladi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o’lchovsiz bo’ladi. Nutq esa aniq hajmli, shakilli bo’ladi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari-so’zlar, so’z birikmalari va gaplar-moddiy shakillar bo’lib, ularda ongning ideal mahsullari-aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’yektiv tarzda o’z aksini topadi. Shunday qilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakillantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi.



Badiiy uslub.

Hifzi lison deb har bir millat o’z ona tili va adabiyotini saqlamagini aytilur. Har bir millatning borlig’in ko’rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. Hayhot! Biz Turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun kundan-kun unutmak va yo’qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo’lg’on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o’z yerinda ishlatmak va so’zlamak lozimdur. Zig’ir yog’I solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur

Ey ona til, aziz qadirdonim,

Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug’dig’im kundan aylading ulfat,

O’lguncha ayirma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o’rgatding,

Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko’targuchisan,

Ey muqaddas karamli sultonim.



So’zlashuv uslubi.

-Bizning tilimiz yer yuzidagi eng boy va qadimiy yozma ana’analariga ega tillardan biridir. Uning ildizlari tarixning ming yilliklari qa’riga borib taqaladi, ana shunday chuqur manbalardan quvvat va qudrat oladi. Bu til bizning hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan bebaho boyligimizdir. –shunday emasmi?



-Ha to’g’ri gapingizga qo’shilaman. Bizning ona tilimiz bebaho. Hattoki bugungi kunda yurtimizning turli millatlara mansub fuqarolari o’zbek tilini davlatimizning muqaddas timsoli sifatida o’rgano’tibdi, bu tilde gaplasho’tibdi, unga baland ehtirom ko’rsato’tibdi. Bu timsol barcha odamlarimizning bir yurt fuqarolari sifatida birlashuviga xizmat qilo’tibdi.

Madaminbek Abbosov
Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling