Tizimidagi hamid olimjon va zulfiya nomidagi ijod maktabi


Download 65.56 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi65.56 Kb.
#1230799
  1   2   3   4
Bog'liq
O`zbegim Zulfiyasi tanlovining axborot xati va nizomi


IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
TIZIMIDAGI HAMID OLIMJON VA ZULFIYA NOMIDAGI
IJOD MAKTABI

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.




Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:


1-yo‘nalish:
nazm (Zulfiya ijod namunalariga nazira bog‘lash);


2-yo‘nalish:
maqola (Zulfiya shaxsi va uning ijodiyotini yoritish);


3-yo‘nalish:
videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).


4-yo‘nalish:
Dars ishlanma. O‘qituvchilar uchun (Zulfiya hayoti va ijodini ochib beruvchi dars ishlanmasini tayyorlash)

Tanlovda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 nafar ishtirokchining ijodiy ishi tanlab olinadi va tanlov tashkilotchilariga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali (@MamurovAkbar)ga taqdim etiladi. Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.


Tashkilotchilar bilan aloqa uchun: (+99894 629 1171, +99899 550 0444, +99894 348 9865)

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlar aniqlanadi.


Tanlovda jami 12 nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ijodiy ishlar 27-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar


2022-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.

Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining



Download 65.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling