Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti tt-12-22 guruh talabasi Qurbonturdiyeva Zuxraning Akademik yozuv fanidan 1- mustaqil ishi Bajardi: Qurbonturdiyeva Zuxra Qabul qildi : Yuldasheva Ra`no


Download 290.6 Kb.
bet1/5
Sana02.04.2023
Hajmi290.6 Kb.
#1320367
  1   2   3   4   5
Bog'liq
hn

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali TT va KT fakulteti PAT-11-22 guruh talabasi O`roqov Murod-Alining Akademik yozuv fanidan 2- mustaqil ishi Bajardi:O`roqv Murod-Ali Qabul qildi : Yuldasheva Ra`no

2-MUSTAQIL ISH MAVZU:Taqriz tayyorlash va unga ijodiy yondashish.

Taqriz tayyorlash va unga ijodiy yondashish. Reja: 1. Taqriz nima? 2. Ilm-fan, yaratuvchanlik va ijodiy yondashuv mamlakatni innovatsion rivojlanish yoʻlidan yetaklashga qodir. 3. Taqriznavislik rivojiga bir nazar.

Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.[1] T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki T.ga beriladi, biroq, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz tadqiqot ishi, darslik va oquv-metodik qollanmalarga beriladigan taqidiy baho bolib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni meyoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qollangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi bolishi va subektivlikka yol qoymasligi kerak.

Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi. Kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikr-tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.


Download 290.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling