Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov


Download 1.35 Mb.
bet1/8
Sana29.08.2020
Hajmi1.35 Mb.
#128106
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)


UZBEKISTON RESPUBLIKASI

MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT MADANIYAT INSTITUTI




VAHOBJON RUSTAMOV


OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI VA SAHNALASHTIRISH ASOSLARI
(Uzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,

rejissyor Baxtiyor Sayfullayev ijodi misolida)

Toshkent – 2007


Tavsiya etilayotgan ushbu qullanma ommaviy bayramlar rejissurasining uziga xos xususiyatlari, bayram va tomoshalarni tashkil etish va sahnalashtirish uslublari, ommaviy bayramlarda stsenariychilik mahorati, badiiy bezak, musiqa, raqs, teatrlashtirish, badiiy fon va fon guruhlari bilan ishlash, libos bilan ta’minlash hamda boshqa ijodiy va tashkiliy jarayonlar rejissyor Baxtiyor Sayfullayev ijodi misolida yoritilgan.

Uquv qullanma madaniyat va san’at institutlari va kollejlari talabalari hamda madaniyat va san’at ixlosmandlariga muljallangan.
V dannom uchebnom posobiye raskrыt osobennosti rejissurы massovыx prazdnikov, organizatsiya i metodы postanovki massovыx predstavleniy i prazdnikov, a takje tvorcheskiye i organizatsionnыe aspektы stsenarnoye masterstvo, xudojestvennoye oformleniye, muzыka, tanets, teatralizatsiya, xudojestvennыy fon i kostyumirovaniye v primere rejissyora Baxtiyara Sayfullayeva

Posobiye prednaznacheno dlya studentov institutov Kulturы i Iskusstva i kolledjey, a takje tem, kto interesuyetsya kulturoy i iskusstvom.
In given scholastic allowance reveal; open particularitiyes of the direction mass holiday, organization and methods of the stating the mass presentations and holiday, as well as creative and organizing aspects scenario skill, artistic registration, music, dance, theatre, artistic background and suit in example stage manager by associate professor Bahtiyar Sayfullayev.

The textbook is intended for students of the institute of culture and art and colleges, as well as one, is interested by culture and art.
Mas’ul muharrir:

Nozim QOSIMOV,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar:

Farhod AHMEDOV,

pedagogika fanlari nomzodi;
Marina YuSUPOVA,

san’atshunoslik fanlari nomzodi,dotsent

Ushbu tuplam Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining Ilmiy Kengashida muhokama etilib, nashrga tavsiya etilgan.



KIRISH

Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini uzida qamrab olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir.

Bayramlar uz-uzidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada utkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bush vaqtini tug‘ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kutarish va boshqa ijobiy hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, uz mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga uzgartirishiga olib keladi.

Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga qaratilgan.

Nazariya bilan amaliy ish birlashganda uning uslubiyoti vujudga keladi. Masalan, K.S.Stanislavskiyning olamshumul sistemasi ham aktyorlik va rejissyorlik, teatr san’ati faoliyatidagi amaliy-ijodiy va nazariy jarayonlar sharoitida bunyodga kelgan uziga xos uslubiyotdir. Bayramlarni tashkil etish asoslari ham yuqorida qayd etganimizdek, nazariya hamda amaliy tajribalarning birlashishi natijasida vujudga kelib, ish shakllarini tashkil qilishda foydalaniladigan yul yuriqlar va usullarni uz ichiga oladi.

Shunday ekan, bayram va tomoshalarni tashkil etishni shu sohaning yetuk mutaxassislari ijodiy faoliyatlari misolida yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar – ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari, bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar, texnik ta’minotchilar bayramni tayyorlash va utkazishdek sermashaqqat ishni amalga oshiradilar.1

Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini tuldirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir.

Aynan ana shu sohada tinmay samarali mehnat qilib kelayotgan rejissyorlardan biri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi Baxtiyor Sayfullayevdir.

Baxtiyor Sayfullayevning ijodiy faoliyatiga nazar soladigan bulsak, uning hisobidagi 200 dan ortiq utkazilgan tadbirlari bunga misol bula oladi.

Yuqorida ta’kidlab utganimizdek, har qanday bayramni tug‘ri tashkil etish rejissyorning nuqtai nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bog‘liq. Baxtiyor Sayfullayevning bayramlarga ilmiylik nuqtai nazardan yondashishi uning muvaffaqiyatlarining shartidir. Toshkentning 2000 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasida Leningrad Madaniyat instituti professori, taniqli rejissyor D.M.Genkin sahnalashtirish jarayonlaridan birida u: «Baxtiyor Sayfullayevdagi ilmiylik va milliylikka e’tibor bizni ishimizni osonlashtiradi», – deb tan olgan edi. Darhaqiqat, ushbu fazilat har bir rejissyorning asosiy quroli bulmog‘i lozim. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev Uzbekistonga birinchilardan bulib bayramlar nazariyasi va ularni tashkil etishning ilmiy asoslarini olib kirgan ilk mutaxassislardan hisoblanadi. Uning barcha sahnalashtirgan bayram va tomoshalaridan aniqlik, masshtablilik, milliylik, eng asosiysi ilmiylik ufurib turadi.



«Eortologiya» – (grekcha «eorto» bayram va «logos» urganish) bayramlar tug‘risidagi fandir.2 Ushbu sohani urganish buyicha Rossiyada I.Snegiryov, I.Saxarov, F.Buslayev, A.Afanasev, YE.Anichkov kabi olimlar tarix, filologiya va falsafa, K.A.Mardjanov, D.M.Genkin, I.M.Tumanov va boshqalar mutaxassislik nuqtai nazardan izlanganlar.

Sharq mutafakkirlari Firdavsiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Behbudiy, Fitrat kabi olimu-ulamolar ham bayramlar va uning tashkil etilishi tug‘risida, bayramlarning ijtimoiy hayotdagi urni va roli haqida turli nuqtai nazar bilan qaraganlar va uz fikr va mulohazalarini meros qilib qoldirganlar.

Hozirgi kunda Uzbekistonda bayramlar tarixiga zamonaviy, ilmiy nuqtai nazardan yondashayotgan olimlarimizdan M.Qodirov, S.Yuldosheva, U.Qoraboyev, B.Shodiyev va boshqalarni bilamiz. Baxtiyor Sayfullayev ham ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qushayotgan olimlarimiz qatoriga kiradi.

B.Sayfullayev uzining bir necha yillik pedagogik faoliyatini talabalarga rejissura, aktyorlik mahorati sirlari va bayramlar tarixini urgatishga bag‘ishlagan. Uning shogirdlarini barcha viloyatlarda uchratish mumkin. Rushana Sultonova, Tuyg‘un Sa’dullayev, Farruh Zokirov, Ra’no Zokirova, Larisa Moskalyova, Anvar Salimov, Farhod Ahmedov kabi mashhur va mashhur bulmagan shogirdlari turli ijod sarhadlarida faoliyat kursatib kelmoqdalar.

Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta rejissyorning uzi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Tashkilotchi – rejissyorning asosiy vazifasi shundan iboratki, u uz atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, uz sohasini yaxshi biladigan, uz ishiga ma’suliyat bilan qaraydigan, rejissyorning fikri, g‘oyasi, oliy maqsadi, nuqtai nazarini bir qarashda ilg‘ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig‘ib olishi kerak.

Xonandani zur ovozi bulgani bilan uning yonida musiqachilari kungildagidek yaxshi chalib bermasalar, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Rejissyorlik faoliyatda ham xuddi shunday ahvol ruy berishi mumkin.

«Ommaviy bayramlar rejissurasi va sahnalashtirish asoslari» uquv qullanmasi ham rejissyor B.Sayfullayevning ijodini chuqur urganish, bayram va tomoshalarni tashkil etishdagi nazariy, amaliy va uslubiy yullanmalari, uning tajribalarini ijodiy umumlashtirish asosida vujudga keldi. Shunday ekan biz «bayram», «tomosha», «tadbir» tushunchalarini bir-biridan ajratib olishimiz zarur.

Bayram deganda, hayotdagi muhim voqea, sanani kutarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi, ya’ni «bayram» turkcha suzdan olingan bulib tuy, marosim, xursandchilik degan ma’noni anglatadi.

Tomosha – tomoshabin kuz oldida namoyish etilgan, yuqori saviyada badiiy jihatdan bezatilgan, effektli ijro uslublaridan mohirona foydalanilgan, tomoshabin kurib estetik zavq oladigan va bevosita shu tadbirda ishtirokchiga aylanadigan madaniy tadbirdir.

Tadbir esa ana shu bayram va tomoshalarning u yoki bu darajada tashkil etilishidir. U ma’lum sanaga, ma’lum bir mavzuga va boshqa jihatlarga bag‘ishlangan bulishi ham mumkin. Lekin bu uchta tushunchani bir-biridan alohida-alohida ajratmaslik ham mumkin, chunki bular hamisha bir-birlarini tuldirib turadilar.

Bayramshunos olim Boltaboy Shodiyev uz risolalarida mustaqil Uzbekiston bayramlarini «Xalqaro qutlug‘ kunlar», «Asosiy (tub) umumxalq bayramlari», «Soha, kasb va boshqa qutlug‘ kunlar» kabi turlarga ajratadi.

«Xalqaro qutlug‘ kunlar»ga quyidagi bayramlarni kiritadi:


  • 22 mart – Suv va meteorologiya kuni;

  • 7 aprel – Salomatlik kuni;

  • 12 aprel – Kosmonavtika kuni;

  • 23 aprel – Kitob va mualliflik xuquqini himoya qilish kuni;

  • 3 may – Matbuot erkinligi kuni;

  • 15 may – Oila kuni;

  • 17 may – Telekommunikatsiya kuni;

  • 18 may – Muzeylar kuni;

  • 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni;

  • 5 iyun – Atrof-muhitni himoya qilish kuni;

  • 26 iyun – Giyohvandlikka qarshi kurash kuni;

  • 12 avgust – Yoshlar kuni;

  • 8 sentyabr – Savodxonlik kuni;

  • Sentyabr oyining uchinchi seshanbasi – Tinchlik kuni;

  • 24 oktyabr – BMT kuni;

  • 3 noyabr – Nogironlar kuni;

  • 16 noyabr – Bag‘rikenglik kuni;

  • 1 dekabr – OITSga qarshi kurash kuni;

  • 10 dekabr – Inson huquqlari kuni

Asosiy (tub) umumxalq bayramlari:



  • 1 yanvar – Yangi yil;

  • 8 mart – Xotin-qizlar kuni;

  • 21 mart – Navruz bayrami;

  • 9 may – Xotira va qadrlash kuni;

  • 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;

  • 1 oktyabr – Uqituvchi va murabbiylar kuni;

  • 8 dekabr – Konstitutsiya kuni;

  • Diniy bayram – Ruza hayitining birinchi kuni;

  • Diniy bayram – Qurbon hayitining birinchi kuni;

  • 24 sentyabr – Mehrjon bayrami (qonunlashmagan).

Soha, kasb va boshqa qutlug‘ kunlar:



  • 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni;

  • 9 fevral – Alisher Navoiy tug‘ilgan kun;

  • 2 mart – Uzbekiston BMTga a’zo bulgan kun;

  • 27 mart – Teatr kuni;

  • 9 aprel – Amir Temur tug‘ilgan kun;

  • May oyining uchinchi yakshanbasi – Konchilar va metallurglar kuni;

  • 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni;

  • Iyun oyining turtinchi yakshanbasi – Savdo, matbuot va aholiga xizmat kursatish xodimlari kuni;

  • Avgust oyining uchinchi yakshanbasi – Harbiy havo floti kuni;

  • 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni;

  • 18 oktyabr – Samarqand kuni;

  • 21 oktyabr – Uzbek tili kuni;

  • 25 oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni;

  • Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni.1

Yuqorida qayd etilgan muborak sanalar buyuk Uzbekiston davlatining bayramlar mamlakati ekanligidan dalolat berib turibdi. Birgina mustaqillik davrida nishonlangan yubiley tantanalarining uzi suzimizning yorqin isbotidir. Ular quyidagilardir:

Xalqaro yubileylar:



  • 1994 – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;

  • 1996 – Amir Temur tavalludining 600 yilligi;

  • 1997 – Buxoro shahrining 2500 yilligi;

  • 1997 – Xiva shahrining 2500 yilligi;

  • 1998 – Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy sana 1225 yilligi;

  • 1998 – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining

1200 yilligi;

  • 1999 «Alpomish» dostonining 1000 yilligi;

  • 2000 – Kamoliddin Behzod tavalludining

545 yilligi;

  • 2001 – «Avesto» kitobining 2700 yilligi;

  • 2002 – Termiz shahrining 2500 yilligi;

  • 2002 – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi;

  • 2003 – Abduholiq Ғijduvoniy tavalludining

900 yilligi;

  • 2006 – Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi;

  • 2006 – Qarshi shahrining 2700 yilligi.

Respublika doirasidagi yubileylar:



  • 1991 – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

  • 1993 – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;

  • 1993 – Bahovuddin Naqshband tavalludining

675 yilligi;

  • 1995 – Mahammad Rahimxon – Feruz tavalludining 150 yilligi;

  • 1995 – Az-Zamahshariy tavalludining 920 yilligi;

  • 1995 – Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;

  • 1995 – Mahmudxuja Behbudiy tavalludining

120 yilligi;

  • 1999 – Jaloliddin Manguberdi tavalludining

800 yilligi;

  • 1999 – Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining

190 yilligi;

  • 2000 – Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;

  • Burxoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining hijriy 910 yilligi;

  • 2001 – Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi;

  • 2002 – Ғafur Ғulom tavalludining 100 yilligi;

  • 2004 – Xuja Ahror valiy tavalludining 600 yilligi;

  • 2005 – Oybek tavalludining 100 yilligi;

  • 2005 – Abu Ali ibn Sino tavalludining

1025 yilligi;

  • 2007 – Samarqand shahrining 2750 yilligi;

  • 2007 – Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi va boshqalar.

Ushbu tantanalarning xalqaro va Respublika miqiyosida keng nishonlanishi hukumatimizning bayramlar va ularni tashkil etishga bulgan katta e’tibori mahsulidir. Bu e’tibor esa uz urnida har qanday rejissyor zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Rejissyor B.Sayfullayevning ijodidagi yutuqlarining yana biri shundaki, u atrofiga uz sohalariga jiddiy e’tibor bilan qaraydigan, faol, zamon bilan hamnafas bulgan ijodkorlar guruhini tuplab olgan.

Ushbu qullanmada bayramlar va tomoshalarni tashkil etishda ijodiy guruhlarning ahamiyati va roli, vakillari, bir suz bilan aytganda bayramlarni tashkil qilish ijodiyoti rejissyor B.Sayfullayev misolida yoritilgan.

Tomoshabin biror bayramga borish uchun chiroyli kiyimlarini kiyadi, oilasini bayramga tayyorlaydi va bayramning eng zur daqiqalarini oilasi, dustlari bilan baham kurishni istaydi va bunga uzini, uzi bilan boradiganlarni tayyorlab boradi. Shunday ekan, biz bayram va tomoshadan ularning faqat «falon ovqat yedik» kabi taassurotlar bilan qaytishini emas, balki bayramni tashkiliy, ijodiy saviyasiga e’tibor qaratishiga, ma’naviy ozuqa olishiga erishmog‘imiz lozim.

Demak, biz bayram yoki tomoshani tug‘ri tashkil qilish uchun qaysi sohalarga e’tibor berishimiz kerak?

Birinchidan, bayram va tomoshaning dramatik asosi bulgan stsenariy, uning yozilishi jarayonlari, stsenaristlar haqida;

Ikkinchidan, tomoshabinning nazari darrov bayram yoki tomosha utkaziladigan joyning bezagiga tushadi. Demak, bunda biz ommaviy bayramlarning badiiy bezagi, tasviriy san’at, rassomlar ijodi, dekoratsiyalar yaratilishi haqida;

Uchinchidan, kuy, qushiqlar va musiqa barchamizning hayotimizga shunday singib ketganki, bayramlarni san’atning bu turisiz tasavvur qilish mumkin emas. Demak musiqa, uning ommaviy bayram va tomoshalarda tutgan urni va roli, bastakorlik ijodi haqida:

Turtinchidan, hech bir bayram va tomoshani raqslarsiz amalga oshirish mumkin emas, demak, xoreografiya san’ati, baletmeysterlar, ularning ijodiy faoliyatlari, raqslarning bayram va tomoshalarda tutgan urni haqida;

Beshinchidan, ommaviy bayram va tomoshalarda badiiy fon va fon guruhlarining ahamiyati, ularni tashkil qilish va boshqarish tug‘risida;

Oltinchidan, hozirgi kunda har qanday bayram va tomoshalarda, kontsertlarda teatrlashtirish usullaridan foydalanish va qullash an’anaga aylangan. Demak, teatrlashtirish usullari va shu sohada faoliyat kursatayotgan ijodkorlar tug‘risida;

Ettinchidan, bayram qatnashchilarini kiyintirish, mavzuga mos ravishda libos tanlash jarayoni ham bayram yoki tomoshada tomoshaviylikka erishishining muhim shartidir. Demak, liboslar va ulardan foydalanish tug‘risida fikr yuritamiz.

Mana shu yettita faoliyat (soha) ommaviy bayramlar rejissurasi va uni tug‘ri tashkil etishning asosiy mezonidir.




SENARIY MAHORATI
Har qanday bayram va tomoshani tashkil etish uchun avvalo uning dramatik asosi stsenariy yoziladi. Stsenariy bu tadbirni amalga oshirishdagi ilk qadamdir.

«Senariy» so‘zi, U.Qoraboyevning «Badiiy-ommaviy tadbirlar» kitobida «Senariy – italyancha suzdan olingan bulib, asarning plani, sxemasidir», deb ta’riflangan.1 Lug‘atlarda esa stsenariy:



  1. kinostsenariy;

2) teatrda quyiladigan dramatik asarning rejasi, syujet chizig‘i, operadagi dramatik harakatning tasviri, baletda – syujetning barcha raqs va mimikalarini uz ichiga olgan mukammal bayoni; 3) pesada ishtirok etuvchilarning sahnaga chiqish payti va tartibi kursatilgan yul-yuriqdir, deb izoh etilgan.

Ommaviy bayram va tomoshalarda esa stsenariy – utkaziladigan bayram yoki tomoshalarning tuliq yozma bayonidir, deb ta’riflash maqsadga muvofiqdir. Stsenariy yozilishida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:



  • bayram yoki tomosha utkaziladigan joy urganiladi;

  • mahalliy sharoitdan, mavzu, tadbir g‘oyasidan kelib chiqqan holda manbalar izlanadi;

  • hujjatli materiallar badiiylashtiriladi;

  • sahnaviy usullardan, foydalanish yullari izlanadi;

  • ta’sirchan vositalar tanlanadi.

Stsenariychilik mahorati asosan uchta tamoyilga tayanadi, ya’ni ijodiy kuzatishning shakllanishi (stsenariychi uchun juda ham kerak bulgan hayotiy materiallarni topib, ajrata olish), dramatik fikr qilishni rivojlantirish – (stsenariy ustida ishlashda zarur bulgan dramaning umumiy nazariyasiga rioya qilgan holda syujetlar ketma-ketligi va tadbirning kompozitsion tuzilishini tug‘ri belgilash), ijodiy tasavvur va obrazli hal etish.

Bayramlarni tashkil etish muhim ijodiy jarayonlardan hisoblanadi. Stsenariyning yaratilishi va uni ma’lum kompozitsiya shakliga keltirish va sahnalashtirish, rejissyor va stsenaristning shu tadbir yoki tomoshani tashkil etishdagi qarashlari va mehnatlarining natijasi sifatida qaralmog‘i lozim.



Birinchidan, bu ikki ijodning mohiyatini bir-biridan ajratish mumkin emas. Alohida yozilgan tayyor stsenariylar uchun ham sahnalashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin, lekin rejissyor bilan stsenaristning birga yaratgan ijod mahsuli samaraliroqdir. Chunki rejissyor bayram, teatr, tomoshaning g‘oyasini, uning ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy ahamiyatini, oliy maqsadini uqtirsa, stsenarist esa badiiy estetik matnning jozibali, ifodaviy qarashlari orqali rejissyor fikrini boyitib tuldiradi, natijada tulaqonli mukammal dramatik asos yaratiladi.

Ikkinchidan, ommaviy bayram va tomoshalarning uziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bayram yoki tomosha tayyor jihozlangan binoda emas, balki ochiq havoda, maydonlarda, bog‘(park)larda, xullas, bir suz bilan aytganda noan’anaviy sahnaviy sharoitlarda utkazilishini hisobga olish zarur. Sahnaviy imkoniyatlarning yuqligi (sahna, jihozlar, aktyorlar, chiroq, dekoratsiya va h.k.) rejissyor va stsenaristdan ishni «nol»dan boshlashiga tug‘ri keladi. Undan tashqari, doimiy repititsiyalar utkazish imkoniyati kamligi, tadbirning bir martagina utishini, xatolarni tug‘rilashni deyarli imkoni yuqligini hisobga olib rejissyor va stsenarist har bir chiqishlarida xatoga yul quymasliklarini hisobga olgan holda yondashishlari zarur.

Uchinchidan, stsenariy yaratilishida, rejissyor uzining obrazli – sahnalashtirish yechimini belgilovchi rejissyorlik g‘oyalari, bulajak tadbirni yunalishi, ya’ni yetakchi xatti-harakat, tadbir shakli, muhit va stilni aniqlab olishi lozim. Bunday rejissyorlik g‘oyalarining vujudga kelishiga – utkaziladigan tadbirning aniq berilgan shart-sharoiti, ya’ni uning mavzusi, g‘oyasi va oliy maqsadi, utkaziladigan joy, ijodiy guruhlarning mavjudligi, tashkil etishdagi moddiy jihatlar, xujjatlar, afsonalar va boshqalar asos bula oladi.

Turtinchidan, stsenariy yaratilishida hujjatli, mahalliy materiallarga tayanish – tadbirning effektli, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. Bunda minoralar, toshlar, daraxtlar, devor va boshqalar majoziy ma’noda badiiy obraz shaklida namoyon bulishi mumkin. Real dalillar, raqamlar, buyumlar, fotorasmlar, xujjatli kinofilmlardan foydalanish, shu tadbirga aloqador qahramonlarning uzlarining bevosita ishtiroklari va boshqa original topilmalar tadbirni yanada ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Beshinchidan, urf-odat, an’ana, marosim va qadriyatlarni tadbir utkazilayotgan hudud muhitiga moslashtirish, ulardan unumli va tug‘ri foydalanish va buni tadbir g‘oyasiga singdirish orqali yoshlarni qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash ruhida tarbiyalash stsenariy yaratishdagi eng e’tibor qaratish zarur bulgan qismlardan biridir.

Oltinchidan, bayram va tomoshalar faqat suz, she’r, matndan iborat bulib qolsa u juda zerikarli tadbirlardan hisoblanadi. Shuning uchun rejissyor va stsenarist suzning urniga uning tomoshaviy ekvivalentini1 (masalan, musiqali, plastik va h.k.), plastik obraz yaratish orqali, bir suz bilan aytganda, «suz» urniga «harakat» bilan ifodalash vositasini topsa kuzlagan natijalarga erishishi mumkin. Masalan, statistik ma’lumotlarni deklomatsiya sifatida namoyish etgandan kura, uni plastik yechim, ya’ni harakat orqali namoyon etilsa, tomoshabin uchun qiziqarli buladi.

Ettinchidan, stsenariy yaratish jarayonida bir epizodni ikkinchi epizodga bog‘lashda «g‘oyaviy kuprik»ni tug‘ri tanlash muhimdir. Ba’zan bu vazifani «boshlovchilar» amalga oshiradilar. Lekin bu oddiy, sodda variantdir. Nomerlarni, epizodlarni bir-biriga sahna ortidan e’lon qilish, boshlovchilar, masxarabozlar, qug‘irchoqlar, turli asarlar qahramonlari va boshqa obraz va vositalar orqali ham bog‘lash mumkin.

Keyingi paytlarda keng miqiyosda nishonlanayotgan bayramlarda fonogrammalarni montaj qilish asosida bir-biriga bog‘lashga harakat qilinyapti. Nomerlar yoki epizodlarni bog‘lash vositasi bulmish «g‘oyaviy kuprik»ni tug‘ri belgilash – tadbirdagi ortiqcha pauzalarni oldini oladi, urnini tuldiradi, shuning bilan birga, sahna jihozlarini almashtirish yoki keyingi nomerga tayyorlanib olish imkoniyatini beradi, eng asosiysi tomoshabinni tadbir g‘oyasidan fikrini «uzilib» qolishidan saqlaydi.

Baxtiyor Sayfullayev uzi boshchilik qilgan barcha bayram va tomoshalarning stsenariy yozilishi jarayonida bevosita qatnashgan. Shuning uchun ham u «Yaxshi, puxta yozilgan stsenariy – tadbir yoki tomoshaning yarim muvaffaqiyatidan dalolat beradi», – deb ta’kidlaydi. Rejissyor B.Sayfullayev uz ijodiy faoliyati davomida Uzbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Uzbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi, «Shuhrat» medali sovrindori Jumaniyoz Jabborov bilan hamkorlik qilgan.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling