Toshkent kimyo texnalogiya instituti Shahrisabz filiali tja yunalish Mantiqiy dasturlanuvchi kontrollerlar fanidan mustaqil ishi bajardi: Qurbonov. A tekshirdi: Yusupov X


Download 1.95 Mb.
Sana13.01.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1091933
Bog'liq
Elektr dvigatellar.

Toshkent kimyo texnalogiya instituti Shahrisabz filiali TJA yunalishi Avtomatlashtirishning ijrochi qurilmalari fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Elektr dvigatellar. Bajardi:Murodov H. Tekshirdi:Farxodov S.

Reja: 1. Elektr dvigatellarning umumiy tavsiflanishi. 2. Asinxron dvigatellarning tuzilishi va ishlash prinsipi. 3. Sinxron dvigatellar haqida umumiy ma’lumot.

Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok Elektr dvigatellarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini tez tez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok Elektr dvigatel, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketma ket uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi.

Asinxron motorlar (asinxron dvigatel) elektr energiya- sini mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Bu dvigatellar konstruksiyasining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xo'jaligi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qoMlaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi asinxron dvigatel generator rejimida ham ishlashi mumkin. Avvallari asinxron dvigatelning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanar edi. Ammo keyingi yillarda o'tkazilgan ilmiy tad- qiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ish- latilishi qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan uch fazali dvigatellar sifatida ishlatiladi.

Asinxron dvigatel qo‘zg‘almas qism — stator va ayla- nuvchi qism — rotordan tashkil topgan. Statorda ayrim elek- trotexnik po‘lat plastinkalardan yig‘ilgan o‘zak o‘rnatilgan bo‘lib, uning sirtidagi ariqchalarga (pazlaiga) fazoda 120° ga siljigan mis simdan iborat uchta o‘ram joylashtirilgan. Bu o‘ramlar yulduzcha yoki uchburchak usulida ulangan uch fazali elektr tarmog‘iga tutashtirilgan. Stator chulg‘amlari- ning natijaviy magnit maydoni aylanuvchi bo‘lib, rotorning chulg‘amlarini kesib o‘tadi. Asinxron dvigatelning rotori silindr shaklida ishlangan bo‘lib, uning ham o‘zagi ayrim elektrotexnik po‘lat plastin- kalardan yasalgan. Uning ariqchalarida (pazlarida) chul- g‘amlar joylashtirilgan. Asinxron dvigatellar rotor chulg‘ami ishlanishiga ko‘ra ikkiga boiinadi. Rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel, aluminiy steijenlardan tayyorlangan boiib, bunday asinxron dvigatelning rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel deyiladi. (a-rasm). Agar rotor chulg'ami oddiy mis yoki aluminiy simlardan uch fazali qilib ishlansa, bunday asinxron dvigatel faza rotorli asinxron dvigatel deyiladi (b-rasm).

Sinxron mashina — aylanish tezligi oʻzgarmas boʻlib, stator tokining chastotasi nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan toʻk mashinasi sinxron mashina deb ataladi. Stator va rotor sinxron mashinaning asosiy qismlari hisoblanadi. Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotexnik poʻlat yaproqchalardan yigʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvati kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xusuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kV va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kV ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi. Mashina oʻqiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas toʻk oʻlchovi choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi.

E’tiboringiz uchun raxmat.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling