Transkripsiya. Fonetik va fonologik transkripsiya. Transliteratsiya


Download 37.57 Kb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi37.57 Kb.
#1032923
  1   2   3
Bog'liq
transkripsiya. fonetik va fonologik


Aim.Uz



Transkripsiya. Fonetik va fonologik transkripsiya. Transliteratsiya


Til ikki shaklga ega: og'zaki va yozma nutq shakli. Tovush­lar og'zaki nutqda, harflar esa yozma nutqda ishlatiladi. Yozma nutq shakli ma'lum tilning alfaviti, grafika va orfografiyasidagi tartib va qoidalarni o'z ichiga oladi. Og'zaki nutq shakli esa, maxsus belgilar yordamida yozib olinadi. Ma'lum til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini maxsus belgilar yordamida yozib olish transkripsiya deyiladi. Transkripsiya til yoki shevaning talaffuzini ilmiy tadqiq qilishda va chet tillarning talaffuziga o'rgatishda katta ahamiyatga egadir. Transkripsiya ma'lum tamoyil yordamida tuziladi. Shu sababli bir tilda bir necha turli transkripsiya turlari ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida D. Jounz taklif etgan keng shakldagi transkripsiya, uncha ko'p qo'llanilmay­digan tor transkripsiya shakli va boshqa turli transkrip­siya­lar ishlatiladi.
Transkripsiya asosan ikki turli bo'ladi: fonetik va fonologik. Fonetik transkripsiya har bir tovush uchun maxsus belgi qo'yishga asoslanadi. Bunda tovushlarning ma'lum holatda artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o'zgartirishi hisobga olinadi va fonemalarning har bir varianti uchun alohida belgi qo'yiladi. Fonetik transkripsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko'rsatiladi. Masalan, [p, t, k] fonemalarining unlilardan oldin talaf­fuz qilinuvchi aspiratsiyali variantlari [ph, th, kh] belgi­lari bilan beriladi. Fonetik transkripsiya belgilari haqiqatda talaffuz qilinuvchi tovushlarning barcha xususiyatlarini ko'rsata oladi.
Fonologik yoki fonematik transkripsiya so'z, so'z shakllari va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo'yishga asoslangan. Bunda fonemaning variantlari, ya'ni tovushlarning talaf­fuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgi­lari vertikal chiziqdagi qavs ichida /p/, /t/, /k/ kabi beri­ladi.
Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya taklif etgan transkripsiya sistemasi lotin alfavitidagi harflarni qis­man o'zgartirish asosi­da tuzilgan. Ba'zi tillarda yozuv alfavitidagi harflarni qisman o'zgartirishlar kiritish yordamida tuzilgan transkripsiya belgilari ham qo'llanadi. Bunday transkripsiya sistemasi o'zbek, rus va boshqa tillarda ham ishlatiladi. Yozuvdagi harflarni ba'zi tuzatishlar va o'zgartishlar asosida tuzil­gan belgilar
Download 37.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling