Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi Reja: Reja: Kirish 2. Turizm sohasida transport vositalari va xizmat turlari 3. O‘zbekiston Respublikasida turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish. Xulosa Kirish Kirish Mavzuning dolzarbligi: Turizm sohasini tashkil etuvchi asosiy infratuzilmalar boʻlib joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish xizmati va transport xizmati hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, turizm sohasini rivojlantirishda transport xizmatlari asosiy oʻrin egallaydi. Turizm sohasini rivojlantirishda turizm infratuzilmasi holati ahamiyatli hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning kun sayin oshib borayotganligi, sohaning rivojlanishiga davlat miqyosida e’tibor qaratilib, vizasiz tashriflarning joriy etilishi aynan transport xizmatlarini takomillashtirishni talab etadi. Transport xizmatlarining rivojlanishi va takomillashib borishi sayyohlar uchun qulayliklar yaratib, ularning sayohatlarini yengillashtiradi. Bu orqali turizmning mamlakatda taraqqiy etishiga erishish mumkin. Magistirlik dissertatsiyasi turizmning mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi sifatida taraqqiy etishida dolzarb hisoblanib, Oʻzbekistonda, xususan Buxoro viloyatida transport xizmatlarini takomillashtirish orqali turizmni rivojlantirishga bagʻishlangan. 1.Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish xususiyatlari 1.Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish xususiyatlari Hozirgi vaqtga kelib turizm halq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri (neft sanoati va avtomobilsozlikdan keyin) bo‘lib qoldi. Ba’zi davlatlar byudjetining asosiy (50% dan yuqori) qismini turizmdan keladigan daromad tashkil qilib, davlat iqtisodiyotini yuqori pog‘onaga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda 1999-yil 15-aprelda «O‘zbekistonda 2005 yilgacha bo‘lgan davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturi» qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |