Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet1/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YAKUNIY


Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Umumiy tilshunoslik” kafedrasi

  • 1.O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligi.

O‘rta asrlar V asrdan (476- yildan) boshlab, XV asrgacha (1492- yilgacha) bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg‘unlik davri deb e’tirof qilinadi. Aniqrog‘i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to‘plashda, na mukammal nazariyalar, g‘oyalar yaratishda – tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning asosiy sababi shundaki, G‘arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaksion tazyiqi ilm-fanning o‘sishiga, rivojiga jiddiy to‘sqinlik qildi. Shunga qaramasdan, o‘rta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega bo‘lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv – yozuv sistemasi paydo bo‘ldi.
O‘rta asr Yevropasining yagona, asosiy o‘rganiladigan, tadqiq qilinadigan tili lotin tili hisoblandi. Lotin tilida davlat hujjatlari tuzilar, ilmiy va badiiy asrlar yozilar, katolik cherkovidagi diniy jarayonlar amalga oshirilar edi. Bu til bilim olishning ham kaliti hisoblanardi. Lotin tili mantiqiy fikrlash maktabi deb ham tushunilardi. Lotin tili grammatikasining qoidalari va tushunchalari barcha tillar uchun umumiy hisoblanib, yangi tillar grammatikasiga ko‘chirilar edi. Natijada har bir boshqa tilning o‘ziga xosligi yo‘qolar edi. Ammo bu davrda ushbu tilda gaplashilmas, nutqiy faollik yuritilmas edi. Ya’ni u o‘lik tilga aylangan edi. Shuning uchun lotin tilining talaffuzi emas, harflari, so‘zlarning yozilishi muhim edi. Lotin tili, asosan, Donata va Pristsian grammatikasi asosida o‘rganilar edi.
Yevropada o‘rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj olib ketdi. Bu munozara realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.
Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm ta’limotiga ko‘ra faqat umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz nusxasi, xolos. Yana ham anig‘i obyektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa o‘sha tushunchalarning yuzaki nusxasi (kopiyasi) dir.

  • Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta’limoti esa haqiqatga to‘la muvofiq, real tarzda faqat o‘ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo‘lgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan g‘oyani ilgari suradi.

  • Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy tushunchalar esa, deyishadi bu ta’limot vakillari, real, aniq mavjud bo‘lmaydi. Ular inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil bo‘ladi, yuzaga keladi.

  • Pyer Abelyar (1079-1142) boshchiligidagi konseptualistlar (mo‘tadil nominalistlar) ham mutlaqo to‘g‘ri holda real tarzda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi, deyishadi.

  • Konseptualistlar umumiy tushunchalar alohida mavjud bo‘lmaydi, balki real mavjud narsa-predmetlardan hosil qilinib, narsa, predmet va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradi, deydi. Ushbu fikr hozirda ham tilshunoslik fanida tan olingan. Chunki bu g‘oya obyektiv haqiqatga to‘la muvofiq keladi.





  • .2. Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari

  • Jahon madaniyati tarixida katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan Alisher Navoiy butun faoliyatini o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitish, o‘zbek tili mavqeini baland ko‘tarishga bag‘ishladi.

  • Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan turkigo‘y shoirlardan Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy va Mavlono Lutfiylarning nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Lekin forsiy shoirlar qarshisiga chiqadigan, ular bilan dadil bellasha oladigan yolg‘iz Mavlono Lutfiydan o‘zga shoir paydo bo‘lmaganidan afsuslanadi. Hamon badiiy adabiyotda fors-tojik tili yetakchilik qilmoqda, o‘zbek tilining imkoniyatlari yashirin qolmoqda edi.

  • Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu alfoz va iboratda bu navh daqoyiq ko‘pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig‘a mulohaza qilmag‘on jihatdin bu yashurun qolibdur... va filhaqiqat, agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda vushat (kenglik) va maydonida muncha fusxat (ochiqlik) topilur...»

  • Shoir turk (o‘zbek) tilini xazina, chamanzor hisoblaydi. Bu shunday xazina va chamanzorki, atrofi el oyog‘i yetishidan asralgan va qimmatbaho narsalarga boshqalarning qo‘li tegishidan saqlangan. Ammo «mahzanining yiloni xunxor (qonxo‘r) va gulshanining tikani behad va shumor (son-sanoqsiz)». Shoirlar ilonlarning nayzasidan qo‘rqib, bu xazinadan baxra ololmay o‘tganlar. Go‘yo nazm tudasining guldasta bog‘lovchilari tikanlar sanchilishi zararidan hadiksirab, bu chamanzordan gulni qo‘lga kiritolmaganlar.

  • Fors-tojik adabiyoti o‘zbek adabiyotiga nisbatan ancha qadimiy va boy tajribaga ega bo‘lganligi, bu tilda hatto qofiya-lug‘at kitoblari ham yaratilganligi tufayli fors-tojik tilida ijod qilish bir muncha osonroq edi. Shuning uchun ham ko‘pgina turk (o‘zbek) shoirlari o‘z ona tillarida emas, balki fors-tojik tilida ijod qilar edilar.

  • Natijada o‘zbeklarning ma’lum guruhi fors-tojik tilidagi adabiyotlardan bahramand bo‘lsalar ham, lekin ko‘pchiligi badiiy adabiyotdan bebahra qolayotgan edi. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida yozadi:

  • Forsi el topdi chu xursandliq

  • Turki dog‘i topsa barumandliq.

  • Alisher Navoiy o‘zbek shoirlarini o‘z ona tilida ijod qilishga, hech bo‘lmaganda har ikki tilda barobar qalam tebratishga chaqirdi. U o‘zbek adabiy tilining ravnaqi uchun kurashni davrning eng muhim ishi deb bildi:

  • Senga oncha haq lutfi voqehdurur,

  • Ki to turk alfozi shoyehdurur.

  • Bu til birla to nazm erur xalq ishi,

  • Yaqin qilmamish xalq senidek kishi.

  • (“Sadai Iskandariy”)

  • Ana shu yo‘lda hormay-tolmay kurash olib borgan buyuk shoir Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas badiiy, publitsistik va ilmiy asarlari bilan butun mamlakatni yakqalam qildi va o‘zbek adabiy tilining shuxratini olamga tanitdi:

  • Turk nazmida chu tortib men alam,

  • Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

  • Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tili ravnaqi uchun kurash olib borishini Husayn Boyqaro doimo rag‘batlantirib turdi. Husayn Boyqaroning o‘zi ham shu tilda ijod qildi. Alisher Navoiy Sulton Husayn Bahodirxon podsholik taxtiga o‘tirgach va mamlakat so‘rovchilik o‘rnida orom topgach, mamlakat ipiga tinchlik gavharlarini tizgani, jahon ekinzoriga jamiyat urug‘larini ekkani, so‘z ahlini yuqori darajaga ko‘targani, har ilmda foydali asarlar yaratilgani, qiziq kitoblar, ajoyib devon, g‘azal, qasida va masnaviy turlari yuzaga chiqib, hamma yoqqa taralgani, o‘zlari ham, garchi ham forsiy va ham turkiy she’r aytmoqqa qodir bo‘lsalar ham, turk tilining mavqeini ko‘tarish maqsadida turk tilida devon yaratishga mayl qilganini mamnuniyat bilan bayon qiladi.

  • Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Lison ut-tayr», «Majolis un-nafoyis», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi o‘lmas asarlari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Usha davrda fors-tojik tilida mavjud bo‘lgan barcha adabiy tur va janrlarda turk (o‘zbek) tilida ham ijod qilish mumkin ekanligini isbotlamoq uchun ularning hammasida asarlar yaratdi. Davlat hujjatlari va xatlarini fors-tojik tilidan qolishmaydigan darajada o‘zbek tilida yozish mumkinligini kuyidagicha bayon qildi: « ... va muqobalada forsiy alfozning dilnazir insholari mavjud va dilpisand makotib domlolari mahbud. To xayolga andoq keldikim, turk alfozining dog‘i ruqhalari hamul misol bila aytilgay va bu til nomlarini ham ushul minvol bila sabt etilgay» («Munshaot»).

  • Alisher Navoiy so‘zlarda shakl va ma’no dialektikasi haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, ma’lum ma’no turli shakllarda jilva namoyish qilishi, biri orqali o‘lik badanga tiriklik bag‘ishlash, ikkinchisi orqali esa, tirik tanga zahri halokat yetkazish mumkin.

  • Ma’lum ma’noning turli shakllarda ifodalanishi mumkinligi, shuning uchun ham nutqda bu shakllardan so‘zlovchining maqsadga muvofig‘ini qo‘llash imkoniyati borligi, uni qay darajada amalga oshirish so‘zlovchining mahoratiga bog‘liqligini ko‘rsatish orqali so‘zlovchini notiqlik san’atini egallashga da’vat etadi. Alisher Navoiyning bu fikrlari keyinchalik leksik uslubiyat (leksik stilistika) deb yuritiluvchi tilshunoslik sohasining rivojiga asos bo‘lib xizmat qildi.

  • Alisher Navoiy – chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. Alisher Navoiy o‘z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go‘zalligi, tarovatini amalda ko‘rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o‘sha davrda badiiy adabiyot uchun an’ana bo‘lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto ba’zi o‘rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasi – ikki tilning chog‘ishtirma grammatikasiga bag‘ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarini yaratdi.



  • 3.Ferdinand de Sossyurning lingvistik ta`limoti. Til va nutq dixotomiyasi.

  • Nazariyotchi olim Ferdinand de Sossyur (1857-1913) ning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan. F. de Sossyur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat bo‘lishi kerak deydi. Nima uchun tilshunoslik tilni emas nutqiy faoliyatni o‘rganishi kerak. Shu bilan birga F. de Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til va nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan demak, tilshunoslik til va nutqni o‘rganishi lozim. F. de Sossyur til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi.

  • F. de Sossyur “Til” nima degan savolga javob berar ekan, u “til” tushunchasiga “nutqiy faoliyat” tushunchasi teng kelmasligi, “til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligini, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo‘lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi [F. de.Sossyur, 1977: 47].

  • Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. de Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi.

  • Til bilan nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy ham individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F.de Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi:


Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda tilning hozirgi holati (sinxronik xolati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi.



  • Til ifoda ehtiyojlariga moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib boradi”, -deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev,1976: 30-31]. F.de Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va diaxroniya til tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi.

  • Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi [F. de.Sossyur, 1977:]

Хуллас, Ф.де Соссюр таълимотидаги асосий гоя тил ва нутк

дихотомияси булиб, бу дихотомия нафакат диахрон тилшунос­


лик, балки хозирги-синхрон тилшуносликнинг - жахон тилшу­


нослиги фанининг энг мухим, энг долзарб, энг мураккаб муам-


моларидан бири хисобланади.


Айтиш шарт, тил нихоятда мураккаб ва куп тармокли, куп


киррали ходиса булганлигига ва унинг кайси жихатлари ажра-


тилиши, ёритилиши лозимлигига кура у турли нуктаи назардан


таърифланади, тавсифланади. Бошкача айтганда:


1. Вазифа нуктаи назаридан тил кишиларнинг узаро фикр


алмашиш воситаси, шунингдек, фикрни шакллантириш, ифода-


лаш ва узгаларга етказиш куролидир.


2. Тузилиши, ташкил топиши нуктаи назаридан тил муайян


бирликларнинг жами ва улардан фойдаланиш, уларни узаро


мантикий алокага киритиш коидаларидир.


3. Мавжудлиги нуктаи назаридан тил ижтимоий ходиса,


ижтимоий махсулот сифатида кайд этилади.


4. Семиотика нуктаи назаридан тил белгилар системаси


булиб, моддий бирликлардан - фонемалардан ташкил топади.


Ушбу фонемаларнинг баркарор бирикишлари узиданташкаридаги муайян предмет-ходисани (ниманидир) англатиш,


билдириш хусусиятига эга булади.


5. Информация назариясига кура тил код булиб, унинг ёрда-


мида, у оркали семантик информация (ахборот, хабар, маълу-


мот) кодлаштирилади, муайян шартли белгилар га «жойлашти-


рилади» ва бошкалар.





  • 3.Til va nutq antinomiyasi. V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va bir-ligi) quyidagilarda namoyon bo`ladi:


  • 1. Ijtimoiylik (sociallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Ya`ni til bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir vaqtning o`zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko`p shaxsga, umumga tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs mahsuli sifatida belgilanadi.


  • Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar, xalqlar tomo-nidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi.


  • Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi.




  • 4.Tilshunoslikda psixologik yo’nalish. Geyman Shteyntal ta’limoti.


  • Falsafiy tilshunoslikning asoschisi bo‘lgan Vilgelm fon Gumboldt tomonidan tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati jihatidan o‘rganilishi Geyman Shteyntal, Aleksandr Afanasyevich Potebnya, Ivan Aleksandrovich Boduen de Kurtene kabi tilshunoslarning ta’limotlarida – umuman tilshunoslikdagi psixologik yo‘nalishda davom ettiriladi. Tilshunoslikdagi psixologik oqimning – psixologizmning eng yirik vakili, asoschisi, nemis nazariyotchi tilshunos olimi, Berlin universiteti professori Geyman Shteyntaldir (1823-1899). U umumiy tilshunoslik sohasida o‘zini Gumboldtning shogirdi, uning g‘oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa u Iogann Gerbert (1776-1841) ta’limotining – assotsiativ psixologiyaning davomchisi edi. Ayni ta’limotga ko‘ra narsa-hodisalar inson psixikasida o‘zaro bog‘liq holda bir-birlarini eslatadilar, esga tushiradilar.

Demak, tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi, ular hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ana shunday g‘oyalar, qarashlar bilan qurollangan psixologizm vakillari, jumladan, G.Shteyntal ta’limotidagi eng muhim g‘oya nutqning individual akti insonning faoliyatidan, ijtimoiy jarayondan ajralganligidir.

  • G.Shteyntalning lisoniy qarashlari, ta’limoti uning quyidagi qator ishlarida bayon qilinadi. Bular “Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida” (1850), “Tilning paydo bo‘lishi” (1851), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1855), “Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi” (1860), “Psixologiya va tilshunoslikka kirish” (1871), “Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi” (1848), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati” (1863) va boshqalar.

  • Tilshunoslikdagi psixologik oqim vakillari tilni individual psixika faoliyatining maxsus mexanizmi, alohida inson ongidagi tasavvurlarning mexanizmi sifatida yoki xalq psixologiyasining spetsifik namoyon bo‘lishi sifatida talqin qilishlarini talab qiladilar. Ushbu g‘oyaning dastlabkisi individual psixologizm bilan bog‘lanib, bunda alohida individ va uning psixikasi asos bo‘lib hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning keyingisi esa ijtimoiy psixologizm bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy psixologizmning diqqat markazida xalq, jamiyat, millat turadi.

  • Xullas, tilshunoslikdagi psixologik yo‘nalish naturalistik yo‘nalish ta’limotiga qarshilik ko‘rsatuvchi oqim sifatida, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning psixologik yo‘nalishi sifatida yuzaga keldi va tilshunoslikdagi lisoniy biologizmni chetlashtirdi.

  • G.Shteyntal individual psixologizm vakili sifatida maydonga keldi. G.Shteyntal lingvistik ta’limotining psixologik asosi bo‘lib, I.Gerbertning assotsiativ psixologiyasi hisoblanadi. Assotsiativ psixologiya inson ongining barcha faoliyatini tasavvurlar munosabatiga, psixik assotsiatsiyalar, aloqalar mexanizmiga bog‘laydi, so‘zni esa tasavvurlar kompleksi bilan, assotsiatsiyalar bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Insonning psixik faoliyati fikrlash jarayoni sifatida tasavvurlar assotsiatsiyasidir, aloqasidir, bog‘lanishidir.

  • Psixologizm tilni faqat tafakkur quroli va fikrni ifodalash vositasi sifatida belgilaydi. Til psixologik konsepsiyasining jiddiy xatosi tasavvurlar rolining oshirib yuborilishi, tushunchalar rolining esa pasaytirilishi, kamaytirilishidir. Psixologizm tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi o‘ziga xosligini inkor qiladi.


  • 5.hind tilshunosligi.panini gr.

Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan etirof etiladi. Bu – mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo‘lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug‘ullanish ilk bor Hindistonda – hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Aniqrog‘i, 15 asr ilgari qadimgi hind adabiy tili yozuvi – sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari – Vedalar tili davrlar o‘tishi bilan mamlakat aholisining so‘zlashuv tilidan (prakritlardan) farqlanib qola boshladi. Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so‘zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo‘qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o‘rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e’tiborga, hurmatga sazovor bo‘lgan Vedalardagi tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni aniqlab, ularning ma’nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug‘atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so‘z va jumlalar ma’nosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo‘lgan qat’iy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ldi.
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg‘aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya, cho‘ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma’lumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo‘lgan.
Qadimgi hindlar so‘zlarning faqat ma’no tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o‘zgarishlar bo‘lishini bilganlar. Shunga ko‘ra ular so‘zlarning tovush jihatiga alohida e’tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o‘zgarishi haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik-artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush ta’siri bilan o‘zgarishi (kombinator o‘zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e’tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta’siridan, ya’ni tegishidan undoshlar hosil bo‘lishini qayd etganlar.
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo‘lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e’tibor berganlar, ayni jarayonning o‘ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so‘zlarda, masalan, vidma so‘zi «biz bilamiz» ma’nosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so‘zi esa «olim», «ilmli» ma’nosini berishini ko‘rsatib berganlar. Qayd etilgan ma’no (tushuncha) o‘zgarishlari esa i – e – ai unli tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika – morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo‘nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o‘tib ketdilar. Aniqrog‘i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo‘limdan tashkil topishini aniq ko‘rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So‘zlar tasnifi (so‘z turkumlari). 2. So‘z yasalishi. 3. So‘z o‘zgarishi.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling