Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar


Download 18 Kb.
bet1/7
Sana03.12.2023
Hajmi18 Kb.
#1798080
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikrobiologiya

Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar.

84-U med

Ochildiyeva Maftuna.

Viruslarni kelib chiqish tarixi.

Virusologiya fani mikrobiologiya va immunologiya fanlari kabi juda keng o‘rganilgan tibbiy-biologik fanlardan biri xisoblanadi.Viruslar tabiatda xilma-xil bo‘lib, yuqimli kasalliklarning etiologik omillardan xisoblanadi.

Virusologiya fanini rivojlanishida birinchilardan bo‘lib 1796 yilda Angliya vrachi E.Djenner virusi infeksiya sanalgan –chechakga qarshi vaksina ishlab chiqdi.

Virusologiya faninig rivojlanish davrlari.

XX asr 30-40 yillarida viruslarni o‘stirish va aniqlash uchun laboratoriya xayvonlari ishlatilishini, bularga sichqon, kalamush, quyonlarda gripp viruslari o‘rganildi. 40chi yillarning oxirida tovuq embrionni qo‘llash yo‘lga qo‘yildi.

Sun’iy oziq muxitlarida, xujayra to‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirish mumkinligi aniqlandi. Viruslardan vaksinalar tayyorlandi.Poliomielit (shol) kasalligiga qarshi Solk-Sebin, Chumakov, Smorodinsovlar tomonidan o‘ldirilgan va tirik poliomielit vaksinasi ishlab chiqildi.

1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar tuzilishi, ularning xujayraga kirish yo‘llari, metodlari o‘rganildi.

1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar tuzilishi, ularning xujayraga kirish yo‘llari, metodlari o‘rganildi.

1970 yillarda viruslarning submolekulyar tushunchalar- yangiliklar ochildi, bunda nuklein kislotalar va oqsillar birligi strukturasi o‘rganildi.DNK va RNK tutuvchi viruslar aniqlandi.

Viruslarni kelib chiqishi to‘g‘risida xar xil taxminlar bor. Ba’zi bir avtorlarning ko‘rsatishicha bakteriyalarning yoki bir xujayrali organizmlarning eng oxirgi paydo bo‘lgan natijasidir. Bunda regressiv evolyusiya gipotezi deb yuritiladi.

2-gipoteza bo‘yicha viruslar xujayrali xayot bo‘lguncha paydo bo‘lgan qadimgi avlodlar deyiladi.

3-gipotezada viruslar xujayraning genetik elementlaridan paydo bo‘lishgan, bular avtonom xolda bo‘lgan , shuning uchun viruslarning genetik materiali (DNK, RNK) xar xil, chunki ular shu elementlarning qaysi birlaridandur paydo bulgan va shu ning uchun xar xil degan taxminlarni aytadilar.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling