O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEYDRASI KURS ISHI
|
|
|
|
| BAJARDI: XOLIYOROV O'TKIR. ILMIY RAXBAR: ____________________________ | ________________
TERMIZ – 2023 MUNDARIJA
MAVZU: OILAVIY MOJAROLAR VA ULARNING SABABLARI.
Reja:
Kirish…………………………………………………………………………………………….2
Asosiy qism:
I.BOB.Oilaviy nizolar yuzaga kelishi va turlari……………………3
1.1. Er xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi
1.2.Oilaviy nizolar turlari
II.BOB. Oilani buzuchi nizolar
2.1.Oilani mustahkamlovchi (Konstruktiv), oilani buzuvchi (destruktiv) nizolar
2.2. Ajratuvchi nizolarda
Xulosa………………………………………………………………25
Foydalanilgan……………………………………………………………
Adabiyotlar………………………….26
KIRISH
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning
ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi
yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq
amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz
yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.
Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun
zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz deb ta’kidlagan edi.Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston
Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning
Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni
tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik
diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z
iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial
munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy
qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa,
inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom
insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |