Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 442.58 Kb.
|
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- _____________________________ “ FANIDAN KURS ISHI Mavzu:Ravishning umumiy va xususiy belgilari ________________ fakulteti, __________________guruh talabasi
- KIRISH……………………………………………………………………..….1-5 I BOB. MORFOLOGIYA………………………………………….….…..6-20
- II BOB. RAVISHNING UMUMIY VA XUSUSIY BELGILARI……….21-36
- XULOSA…………………………………………………………………….….37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...38 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATISIYALAR VAZIRLIGI ______________________________________ UNIVERSITETI ____________________________________________ Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________ “_____” ____________23 y. “_____” ____________23 y. “_____________________________“ KAFEDRASI “_____________________________ “ FANIDAN KURS ISHI Mavzu:Ravishning umumiy va xususiy belgilari ________________ fakulteti, __________________guruh talabasi Bajardi: Jo‘raqulova Bibisora Tekshirdi:_________________________ Toshkent-202 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………..….1-5 I BOB. MORFOLOGIYA………………………………………….….…..6-20 1.1 So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi………………..…...6-11 1.2 Ravish so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot ……………………...…12-15 1.3 Ravishning morfologik va sintaktik belgisi……….……………….……16-20 II BOB. RAVISHNING UMUMIY VA XUSUSIY BELGILARI……….21-36 2.1 Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari va ravishlarning ma’no turlari………………………………………………………………….21-26 2.2 Ravishlarda daraja va ravishlarning yasalishi..…………………….…..27-32 2.3 Ravishlarning tuzilishiga koʻra turlari va ravishdosh.………..…...…...33-36 XULOSA…………………………………………………………………….….37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...38 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: So’z turkumlarining o’rganish tarixi antik davrlarga borib taqaladi. O’sha davr faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Masalan, Arastu so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan va unga ot, fe’l, va bog’lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qarib XII– XIII asr o’tgandan keyin, ulug’ bobokalonimiz Mahmud Koshg’ariy ham so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan. So’z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug’illana boshlashishi barobarida so’z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, XIX–XX-asrlarda keng taraqqiy etdi. Turli davrlarda so’z turkumlari turli songa bo’lganligini e’tirof etish bilan, ushbu maqolada matn bilan ishlashning ahamiyati va yangi uslub bilan ish tutish haqida o’z fikrlarimizni bayon qilamiz. So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’nolari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisoblanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi. Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); daraja miqdor ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad ravishlaridan boshqa barcha ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) ravishlari deb atash mumkin. Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas buli, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno). So‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, bu hodisa ot, sifat, fe’l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so‘zlardan son va olmoshlar so‘z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so‘z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so‘zlar fe’l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi. Download 442.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling