Urganch davlat universiteti texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi тaqdimot o’qituvchi: Axmedjanov S. Sh


Download 1.27 Mb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1362531
  1   2   3
Bog'liq
1-Maruza


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI
“Qurilish” kafedrasi
ТAQDIMOT
O’qituvchi: Axmedjanov S.SH
“Мetrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
fanidan QMBKICH yo’nalishi talabalariga
1-Mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifasi, metrologiya va o’lchashlar birligini ta’minlashning milliy tizimi. Metrologiya bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar.
Мetrologiyа, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o’rganishdan oldin metrologiya tushunchasi va ushbu fan haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lishimiz talab qilinadi. Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy qilib olinadigan bo‘linsa, metrologiya — o‘lchashlar haqidagi fan.
Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat nazorati sohasida asosiy tushuncha va qoidalarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya sohalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida talabalar va mutaxassislarni tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanini o‘rganishdan maqsad: - sifatni boshqarish vositalari va texnologiyasini qo‘llash; loyihalashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; metrologik va me’yoriy ekspertizani o‘tkazish, mahsulot va jarayonlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sinash, ekspluatatsiya qilish va utillashtirish; mahsulot sifati nazorati va o‘lchashlar birligini ta’minlash masalalarini hal etish uchun metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohalarida talabalarga asosiy ilmiy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya, sifatni baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bolishidan qat’i nazar, uning asosiy baholash mezoni (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling