Uslubiyat va nutq uslublari tasnifi


Download 109.08 Kb.
bet1/6
Sana16.11.2023
Hajmi109.08 Kb.
#1782205
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI

Mavzu:USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI

REJA:

  • SO'ZLASHUV USLUBI
  • PUBLISISTIK USLUB
  • BADIIY USLUB
  • ILMIY USLUB
  • RASMIY USLUB

SO'ZLASHUV USLUBI
ILMIY USLUB
RASMIY USLUB
PUBLISISTIK USLUB
BADIIY USLUB

1) so'zlashuv: yeb tashlamoq,...

  • 1) so'zlashuv: yeb tashlamoq,...
  • 2) publistik: ijodkor yoshlar,...
  • 3) badiiy: yillar armoni,...
  • 4) ilmiy: tajriba asosida,...
  • 5) rasmiy: quyida imzo chekuvchilar,
  • Bulardan birinchisi og'zaki; qolganlari yozma va og'zaki nutqqa xosdir. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo'ladi. Ayniqsa, ish qog'ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo'ladi. Unutmaslik lozimki, mazkur uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsada, o'rni bilan ba'zan og'zaki shakldan ham voz kechib bo'lmaydi. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko'rinishlari boʻlgan monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratilsa-da, ilmiy ma'ruzalar og'zaki shaklda o'qiladi. Yoki badily uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og'zakilikni inkor etib bo'lmaydi.

Nazariy matn


Nutq uslublari maqsadiga ko'ra nomlangan. Bir uslub ilmiy maqsadga xizmat qilsa, boshqa biri og'zaki so'zlashuvga xos. Har bir uslubning o'z janrlari bor. Masalan, hikoya badiiy uslub janri, gurung so'zlashuv uslubiga xos. Sinonim so'zlar uslublarga xoslanadi (apteka so'zi so'zlashuv, dorixona so'zi esa ilmiy, badiiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qoʻllanadi). Shuningdek, -gay qo'shimchasi badiiy uslubga (kuygay) xos. So'zlashuv uslubida -gach qo'shimchasi qo'llanmaydi. Murakkab qo'shma gaplar ko'pincha kitobiy uslublarda qo'llanadi. Bir uslubda unga xoslanmagan so'z, qo'shimcha, gap qurilishlarini qo'llash nutqiy me'yor emas.
Nutqni to'g'ri va ta'sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to'la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo'yoq alohida o'rin tutadi. Tildagi so'zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan nutqly vaziyatlarda qo'llashga moslashgan, ya'ni muayyan uslubga xos langan, bu uslubning o'ziga xos belgisiga aylangan, bu so'zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim so'zlar qo'shimcha ravishda so'zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga bo'lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Ana shu ikki jihat, ya'ni so'zning muayyan uslubga mansubligi va unda so'zlovchi subyektiv munosabati ning ifodalanganligi «uslubiy bo'yoq» nomi bilan umumlashtiriladi.
1.Birinchisi «funksional bo'yoq» (masalan, «pul» maʼnosidagi mullajiring so'zida so'zlashuv uslubiga mansublik belgisi, «inson>> maʼnosidagi bashar so'zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud).
2.Ikkinchisi esa, «emotsional-ekspressiv bo'yoq» (masalan, jamol so'zida ijobiy munosabat, Bashara so'zida esa salbiy munosabat ham o'z ifodasini topgan) deb yuritiladi. Bunday uslubiy bo'yoqli so'zlar o'zbek tilida juda ko'p bo'lib, ular tili mizning o'ziga xos ifoda boyliklaridir.
Kundalik hayotda, oilada, ko'cha-ko'yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qoʻllanadigan nutq uslubi so'zlashuv uslubi sanaladi. So'zlashuv uslubi adabiy va oddiy so'zlashuv uslublarini o'z ichiga oladi. Ma'lum adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilingan, tartibga solingan so'zlashuv uslubi adabiy so'zlashuv uslubi, adabiy til me'yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli esa oddiy so'zlashuv uslubi hisoblanadi. Oddiy so'zlashuv uslubida so'zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib axborot uchun eng kerakli so'zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to'ldiriladi.

Download 109.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling