Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asosiy qismi
Download 42.43 Kb.
|
Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asos-fayllar.org-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifalari
Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asosiy qismi 2
3
Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asosiy qismi bo‗lib, u aniq izox berish ma‘nosini beradi yoki rasmiylashtirilgan tekshirish ma‘lumotlari to‗la keltirilgan xulosa (tadbir) dir. "Validatsiya" atamasi, turli xil tasdiqlovchi hujjatlar, spetsifikatsiyalar, qoidalar va boshqa me‘yorlar to‗g‗riligini tekshirish jarayonining keng ma‘noda tushuntiradi. Validatsiya bu uzluksiz tadbirdir. Korxona o‗zi o‗zining ishlab chiqarish tizimini va analitik-nazorat laboratoriyalardagi ishlarini validatsiya qilishni ma‘qul ko‗radi. Bunga sabab ko‗p xollardagi tekshiruvlar natijasida topilgan nosozliklar, noto‗g‗ri natijalar, sifatsiz mahsulotlar, ba‘zi xollarda qonun buzishlar uchun korxona tomonidan katta miqdorda jarimalarning to‗lanishi va jinoiy ishlarning ochilishidir. Validatsiya tadqiqotlari chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va uning raqobatdoshligini oshiradi. Bunday tadqiqotlar farmatsevtik kompaniyalar, farm-korxona laboratoriyalari, oziq-ovqat korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda olib boriladi. Eng muximi, ushbu fanni o‗rgatish, xozirgi zamon talablari asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarga etuk mutaxassis tayerlash imkonini beradi. Fanning maqsad va vazifalari Fanni o‗rganishdan maqsad, nazariy va amaliy jihatdan talabalarni xalqaro me‘yoriy xujjatlar talabi asosida ishlash, xona, apparat, reaktivlar validatsiyasi va kvalifikatsiyasini o‗rgatish. Undan tashqari, texnologik jarayon va analitik usullarning validatsiyasi, qadoqlash validatsiyasi, validatsion parametrlarni tanlash kabi ko‗rsatkichlarni aniqlash fanning maqsadli vazifalari qatoriga kiradi. Dasturni tayyorlashda fanni o‗rganish jarayonining talaba dunyoqarashining o‗sishga, dialektik qonuniyatlarning mujassamlanishiga, barkamol shaxs bo‗lib shakillanishiga yordam berishiga ham e‘tibor berildi. Dori vositalari sifatiga qo‗yilgan talablarning va o‗qitish jarayoniga qo‗yilgan talabalarning mukammallashuvini xisobga olgan holda mazkur dasturning nazariy qismi 15 20%, laboratoriya mashg‗ulotlari qismi esa 30 35% o‗zgartirilishi mumkin. Download 42.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling