Xalq pedagogikasi oila tarbiyasining xalq pedagogikasi manbalarida aks etishi


Download 0.51 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1081173
Bog'liq
Xalq og\'zaki ijodi Xalq pedagogikasini muhim manbayi sifatida


Mavzu : OILA TARBIYASINING XALQ PEDAGOGIKASI MANBALARIDA AKS ETISHI
Bajardi: Feruza Umaraliyeva
Tekshirdi: Kamolova Nafisa
XALQ PEDAGOGIKASI
OILA TARBIYASINING XALQ PEDAGOGIKASI MANBALARIDA AKS ETISHI
Xalq pedagogikasi fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari
Xalq pedagogikasi fani xalq og’zaki ijodi namunalarida olg’a surilgan pedagogik g’oyalar vositasida komil insonni tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish muammolari xususida bahs yurituvchi fandir. “Xalq pedagogikasi” va “etnopedagogika” atamalari bir xil ma‘nodagi sinonim so’zlardir. Shuning uchun “Etnopedagogika” atamasi o’rnida ba‘zan “Xalq pedagogikasi” ifodasi ham ishlatiladi.
Xalq pedagogikasi ilmi har bir xalqning hayotiy faoliyati, ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida asrlar osha to’planib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda o’tib kelgan. U xalq ommasining tarixiy va ijtimoiy tajribalari maxsuli bo’lib, hayot sinovlarida o’zini oqlagan empirik bilimlar majmuidir.
Prezident I.A. Karimov: “Ma‘rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir”,-degan edi/Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchi - Sh. Qurbonov va b.. Toshkent, “SHarq”, 1999. 86-b./. ana shu fazilatning erkin ifodasini etnopedagogika manbalarida ko’rishimiz mumkin.
Chunonchi, etnopedagogikaga doir biror-bir manba yo’qki, unda ilm, ma‘rifat, ezgulik, aqliy va jismoniy komillik, ma‘naviy-ahloqiy go’zallik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik va boshqa sifatlar targ’ib etilmagan bo’lsa. Afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar singari manbalarda yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy sifatlar xalqning o’zi yaratgan qahramonlar timsolida targ’ib etiladi
Xalq pedagogikasi fanining maqsadi-bulajak komil shaxs ongida milliy va xalqchil tushunchalarni shakllantirish, baynalmilallik tuyg’ularini tarbiyalash, xalq orzusidagi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Fanning vazifasi esa-mazkur tarbiyaviy sifatlarni shkllantiruvchi pedagogik jarayonga ijobiy ta‘sir etish, uning samaradorligini oshirishdan iborat.
Markaziy Osiyoda antik davrdayoq badiiy-pedagogik ijod namunalari vujudga kelgan. Farg’onaning Saymalitosh, Samarqandning Afrosiyob, Surxondaryoning Zarautsoy, Qoraqalpog’istonning Qo’yqirilganqal‘asida topilgan yodgorliklar va yozuvlarda xalqning ilk pedagogik fikrlari aks ettirilgan. Ularda hozirgi zamon pedagogikasi ilmining shakllanishiga zamin yaratilgan.
Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi va xilma-xilligi
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil bo‘lgan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to‘plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan.
Demak, bo‘lg‘usi pedagog kadrlami tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali ; foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniyma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g'oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‘zida mujassamlashtirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g‘oyalar, ta’limtarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi.
Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi. Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviyma’rifiy meros va pedagogik g‘oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling