Xi bob yuzasidan test 7-sinf biologiya


Download 24.08 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi24.08 Kb.
#1183858
Bog'liq
11-BOBDAN TEST

XI bob yuzasidan test 7-sinf BIOLOGIYA


1. Tur va populatsiyalarga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) populatsiya-ma’lum bir arealda tarqlgan, bir turga kiruvchi, o’zaro erkin chatishib nasl beraoladigan organizmlar yig’indisi; 2) tur morfologik jihatdan har xil bo’lgan, erkin chatishib nasl beradigan, har xil genetic materialga ega bo’lgan organizmlar yig’indisi; 3) populatsiyalar turlar yig’indisidan tashkil topadi; 4) populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo’lib yashaydilar; 5) tur populatsiyalar yig’indisidan tashkil topadi; 6) tur populatsiyaga nisbat kichik birlik xisoblanadi. A) 1,4,5; B) 2,3,6; C) 1,3,6; D) 2,4,5;
2. Tur uchun xos bo’lgan belgi xususiyatlar yig’indisi…………deb ataladi. A) tur ta’rifi B) tur me’zonlari C) turlar dreyfi D) tur xususiyatlari
3. Quyidagilar orasidan morfologik mezon(I), fiziologik mezon(II), ekologik mezon(III)larga xos bo’lgan xususiyatlarni juftlang. 1) yorg’a tuvaloq qum rangida bo’lganidan uzoqdan ko’zga tashlanmaydi; 2) zog’ora baliq, losos balig’ining dumi ikkiga ajralgan; 3) daryo qisqichbaqasi jabra orqali nafas oladi, butli o’rgimchak esa taxeya orqali nafas oladi; 4) karam kapalagining qurti soxta oyoqlarning bo’lishi bilan bronza qo’ng’izining qurtidan farq qiladi; 5) yashil qurbaqa quruqlikda, ko’l baqasi suvda hayot kechiradi; 6) g’umbak bu lichinkaning tinim davri xisoblanadi; A) I-2,4; II-3,6; III-1,5 B) I-3,5; II-1,4; III-2,6 C) I-1,5; II-2,4; III-3,6 D) I-2,5; II-1,3; III-4,6
4. Fiziologik mezonga xos bo’lgan ta’rifni aniqlang. A) tashqi muhit sharoitlariga moslanishlar yig’indisi; B) hayotiy jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, ayirish, o’sish, ko’payish, rivojlanishdagi o’xshashliklar yig’indisi; C) bir turga kiruvchi organizmlarning tashqi va ichki tuzilishdagi belgi va xususiyatlar yig’indisi; D) bir turga kiruvchi organizmlarning xromasomalari, nuklein kislotalaridagi o’xshashliklari;
5. Muhitning abiotik(1) va biotik(2) omillarini aniqlang. a) o’simliklar; b) harorat; c) suv; d) zamburug’lar; e) havo; f) hayvonlar; g) tuproq; h) quyosh nuri; j) bakteriyalar; k) kimyoviy moddalar; A) 1-b,g,h,d,e; 2-a,c,f,j,k B) 1-a,e,f,j,k; 2-b,c,d,g,h C) 1-b,c,d,g,h; 2-a,e,f,j,k D) 1-b,c,e,g,h,k; 2-a,d,f,j
6. Neytral munosabatlar(I), simbioz munosabatlar(II), antibioz munosabatlarga(III) xos bo’lgan ta’riflarni juftlang. a) o’zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o’zgarishidan qat’iy nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa; b) populatsiyalardagi o’zaro ta’sir natijasida individlar soni o’zgarishsiz qoladigan munosabatlar; c) agar o’zaro tasir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa; A) I-b; II-c; III-a B) I-b; II-a; III-c C) I-b; II-c; III-a D) I-a; II-c; III-b
7. Quyidagilar orasidan simbioz munosabatlarni aniqlang. 1) o’simlik bilan asalari munosabati; 2) jigar qurti bilan suv shillig’ining munosabati; 3) odam bilan askarida munosabati; 4) akulalar bilan mayda baliqlarning munosabati; 5) juft tuyoqli hayvonlar oshqozonidagi infuzoriya bilan tuyoqli hayvon munosabti; 6) qarqurlarning erkaklari orasida juft uchun kurashi; 7) karam kapalagi bilan karam kapalgi qurtining munosabati; 8) bo’rtma nematoda bilan kartoshka munosabati; 9) tugunak bakteriya bilan beda o’simligi munosabati; A) 1,4,9; B) 2,5,7; C) 3,6,8; D) 1,2,3;
8. Quyidagilar orasidan neytral munosabatlarni aniqlang. 1) o’simlik bilan asalari munosabati; 2) jigar qurti bilan suv shillig’ining munosabati; 3) odam bilan askarida munosabati; 4) akulalar bilan mayda baliqlarning munosabati; 5) juft tuyoqli hayvonlar oshqozonidagi infuzoriya bilan tuyoqli hayvon munosabti; 6) qarqurlarning erkaklari orasida juft uchun kurashi; 7) karam kapalagi bilan karam kapalgi qurtining munosabati; 8) bo’rtma nematoda bilan kartoshka munosabati; 9) tugunak bakteriya bilan beda o’simligi munosabati; A) 1,4,9; B) 2,5,7; C) 3,6,8; D) 1,2,3;
9. Quyidagilar orasidan antibioz munosabatlarni aniqlang. 1) o’simlik bilan asalari munosabati; 2) jigar qurti bilan suv shillig’ining munosabati; 3) odam bilan askarida munosabati; 4) akulalar bilan mayda baliqlarning munosabati; 5) juft tuyoqli hayvonlar oshqozonidagi infuzoriya bilan tuyoqli hayvon munosabti; 6) qarqurlarning erkaklari orasida juft uchun kurashi; 7) karam kapalagi bilan karam kapalgi qurtining munosabati; 8) bo’rtma nematoda bilan kartoshka munosabati; 9) tugunak bakteriya bilan beda o’simligi munosabati; A) 1,4,9; B) 2,5,7; C) 3,6,8; D) 1,2,3;
10. Jinsiy dimorfizm deb nimaga aytiladi? A) organizmlar orasida jinslar nisbatining ko’rinishi; B) hayvonlarning erkak va urg’ochilari tashqi ko’rinishi bilan bir biridan farqlanishi; C) hayvonlarning erkak va urg’ochilari ichki tuzilishi jihatdan farq qilishi; D) ikkita jinsga ega bo’lgan organizmning uchrashi;
11. Ekosistema tushunchasiga xos bo’lgan ta’rifni aniqlang. A) o’zaro munosabatda bo’lgan, bir xil turga mansub organizmlar va ular yashaydigan muhit omillar yig’indisi; B) o’zaro munosabatda bo’lgan, har xil turga mansub organizmlar va ular yashaydigan muhit omillar yig’indisi; C) o’zaro munosabatda bo’lmagan, bir xil turga mansub organizmlar va ular yashaydigan muhit omillar yig’indisi; D) o’zaro munosabatda bo’lmagan, har xil turga mansub organizmlar va ular yashaydigan muhit omillar yig’indisi;
12. Juftlang!

1

edafotop

A

Ekosistemaning notirik tarkibiy qismi

2

klimatop

B

Yorug’lik, harorat

3

ekatop

C

Tirik organizmlar faolyati natijasida xosil bo’lgan mahsulotlar.

A) 1-c; 2-b; 3-a; B) 1-a; 2-c; 3-b; C) 1-c; 2-a; 3-b; D) 1-a; 2-b; 3-c;
13. Biotsenozning qo’ziqorin va qizil muxomor tarqalgan qismi nima deb ataladi. A) fitotsenoz B) zootsenoz C) mikotsenoz D) mikrobiotsenoz
14. Quyidagi jumlalarning ta’rifini mos ravishda juftlang. 1) produsentlar; 2) konsumentlar; 3) redustentlar; a) tayyor organik modda bilan oziqlanadigan getrotrof organizmlar; b) anorganik moddalardan, organik moddalarni xosil qiluvchilar; c) organik birikmalarni anorganik moddalargacha parchalaydigan organizmlar; A) 1-b; 2-c; 3-a; B) 1-c; 2-b; 3-a; C) 1-c; 2-a; 3-b; D) 1-b; 2-a; 3-c;
15. Moddalarning davriy aylanishi qaysi sistemada sodir bo’ladi. A) populatsiyada B) ekosistemada C) tur D) biosferada
16. Quyidagi oziq zanjiridagi ikkinchi darajali konsumentni aniqlang. o’simlik→sichqon→ilon→tipratikan→tulki A) sichqon B) ilon C) tipratikan D) tulki
17. Quyidagi oziq zanjirning uchinchi darajasida turadigan organizmni aniqlang. o’simlik→sichqon→ilon→tipratikan→tulki A) sichqon B) ilon C) tipratikan D) tulki
18. Atmosferaning hayot tarqalgan qismi nima deb ataladi. A) stratosfera B) mezosfera C) troposfera D) ekzosfera
19. Quyidagi jumlalar orasidan to’g’risini aniqlang. 1) troposferada havo harorati balandlikka ko’tarilgan sari pasayib boradi; 2) stratosferada ozon qatlami joylashgan bo’lib, havoning bosimi va zichligi juda yuqori bo’ladi; 3) stratosfera yerni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi; 4) stratosferadan so’ng termosfera, mezosfera, ekzosfera joylashgan; 5) termosferada gazlar konsentratsiyasi past va harorat beqaror bo’ladi; 6) gidrosfera biosferada iqlim sharoitining mo’tadilligini va suvning davriy aylanishini ta’minlaydi; 7) tirik organizmlarning ko’pchiligi litosferaning quyi qatlamida yashaydi; 8) litosferda zichlikning kattaligi cheklovchi omil sanaladi; 9) litosferadagi tirik organizmlarning ko’pchiligi suvda yashaydi; A) 1,3,5,6,8 B) 2,4,5,7,9 C) 1,3,6,7,9 D) 2,4,6,8,9
20. Ekosistemaning funksional guruhlar soni nechta? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

Hayotingizning eng yaxshi kunlarini qo’lga kiritish uchun yomon kunlar bilan kurashishingiz kerak!

BOBURJON ALIJONOV


Download 24.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling