Xitoy tili afsonalarida dunyo unsurlari yaratilishi tasviri Reja Kirish Asosiy qism


Download 137.8 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi137.8 Kb.
#1441145
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xitoy tili afsonalarida dunyo unsurlari yaratilishi tasviri


Xitoy tili afsonalarida dunyo unsurlari yaratilishi tasviri


Reja
Kirish
Asosiy qism:
1. Xitoy afsonalri haqida umumiy ma’lumot.
2. Pan-xu ajdaho iti haqidagi afsona.
3. Xudolar odamlarni yaratadi. Xan rasmlarida Fu-si va Nu-va.
4. Daraxt xudosi va ayni paytda hayot xudosi. Go-man. Fu-hsi ijodi va ixtirolari. Ishqalanish orqali olov yoqish haqidagi qadimgi afsona. Fu-si avlodlari.
5. Nui-va odamlarni sariq loydan yasaydi. Nui-va nikoh tizimini o'rnatadi.
6. Katta qisqichbaqa va tepalik baliqlari. Guixudagi beshta muqaddas tog'lar. Dengiz va shamol xudosi Yu-qiang. Lung-bo yurtidan devlarning kulgisi. O'lmas tog'lar afsonasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati

Kirish
Kurs ishi maqsadi: Xitoy tili afsonalarida dunyo unsurlari yaratilishi tasvirini o‘rganish va uni tahlil qilish.
Kurs ishi obyekti: Xitoydagi dunyoning yaralishi haqidagi turli qisqacha afsonalar.
Kurs ishi predmeti: Xitoy tilini o‘rganishda turli qiziqarli afsona va miflardan foydalanish.
Kurs ishi vazifasi: Xitoy tili afsonalarida dunyo unsurlari yaratilishi tasvirini o‘rganish, dunyoning yaralish haqidagi adabiyotlarni o’rganish.
Mazkur kurs ishining dolzarbligi, mamlakatimizning mustaqilikka
erishishi sharofati bilan uning xalqaro ilmiy-falsafiy va madaniy aloqalarining
jadallashuvi, xususan, xalqimiz o’zligini anglash, dunyoni tanish jarayonining
chuqurlashib borayotganligi va chet tillariga xususan xitoy tiliga bo’lgan munosabatda ob’yektivlikni saqlash respublikamizda chet el adabiyoti va xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish uchun o‘z oldiga yangi talablar va vazifalar qo’ymoqda.
Chunki biz Qadimgi Xitoy afsona va miflarini uning adabiyotini chuqur o’rganish asnosida insoniyat kelajagi va taraqqiyoti uchun qonuniy zarurat sifatida vujudga kelgan adolat, erkinlik, yaxshilik, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat kabi umuminsoniy ezgu tushuncha hamda amallarni o’zimizga singdirishimiz mumkin. Insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan sanalmish qadimgi Xitoy dastlabki falsafiy fikrlar vujudga kelgan mamlakatlardan biridir.
Ko‘hna afsonalar, ertaknamo lavhalar, timsollar, ramzlar va mifik obrazlar qadimgi Chin mamlakati tasviriy san'ati bilan bog‘lanib ketadi1. Qadimgi Xitoy asotirlari tog‘risidagi eng mukammal va yirik manbalaraan biri «Tog‘ va dengizlar kitobi» deb nomlanadi. Sakkiz yuz yil davomida xitoylik nomi noma’lum turli mualliflar tomonidan yaratilgan ushbu kitob ajoyib va g‘aroyib sirli voqealaiga nihoyatda boy. Eramizdan awalgi VIII asrdan eramiz boshlariga qadar bo‘lgan uzoq davrdagi eng qiziqarli ma'lumotlar: Xitoy tabiati bayoni, turli xudolar, ilohlar, insoniyatga yaxshilik va yovuzlikni olib keluvchi ruhlar, sirli o‘simliklar va afsonaviy hayvoniar, yaqin va uzoq hududiarda yashovcht aholining turli-tuman odatlari, yashash tarzi, marosimlari va san’ati haqida batafsil hikoya qilinadi'. Qadimgi Xitoy afsonalarida olam va odamning yaralishi haqidagi asotirlar keng tarqalgan. Dunyo va birinchi insonning yaratilishi afsonaviy Pan-gu1 2 nomi bilan bog‘lanadi.



Download 137.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling