1.
|
1-guruh
|
Oilaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Har tomonlama yetuk avlodgina bugun haѐt oldimizga qo‘yaѐtgan o‘ta murakkab, og‘ir sinov va qiyinchiliklarni yengish, biz ko‘zlagan yuksak marralarni egallashning eng asosiy sharti ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz”. Ushbu talab asosida mamlakatimizda jismonan sog‘lom, bilim va tafakkuri o‘tkir, ma’naviyatli, aniq kasb va mutaxassislikka ega, g‘oyaviy sobitqadam farzandlar, ya’ni barkamol avlodni tarbiyalash modeli yaratildi va uni shakllantirish davlat siѐsati darajasiga ko‘tarildi. Endilikda ѐshlar millati, xalqi, qolaversa, o‘zi va oilasi manfaatlari uchun erkin mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday muhim ijtimoiy o‘zgarishlar mustaqil davlatimizning Asosiy qomusi - Konstitutsiyada, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi va boshqa qonunlarda umuminsoniy qadriyatlarga muvofiq ravishda mustahkamlab qo‘yilgan. Bularning barchasi ѐshlarda yangicha tafakkurni, milliy, ijtimoiy-siѐsiy ongni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 5 Bugungi kunda amalga oshirilaѐtgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siѐsiy o‘zgarishlar ѐshlar ongiga ta’sir qilmasdan qolmasligi hamda hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan ѐsh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, haѐtimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislar ekanligi ayni haqiqatdir. Shunday ekan, ѐsh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan insonlar, ya’ni oilada – ota-onalar, mahallada – qo‘ni-qo‘shni va keng jamoatchilik, ta’lim muassasasida – o‘qituvchi va murabbiylar kelgusi avlod barkamolligi yo‘lida o‘g‘il-qizlarimizning ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishlari uchun mas’uldirlar. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lib, uni amalga oshirishda jamoatchilik tashkilotlari, ta’lim muassasalari, huquqiy-targ‘ibot organlari hamda ota-onalarning vazifalari, ularning o‘zaro hamkorligi masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasida “Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari ѐki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar”, deb belgilab qo‘yilgan.
|