Va vazifalari Oliy taʼlim


Download 33.63 Kb.
bet1/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу


2-MAVZU: OLIY TAʼLIM TOʻGʻRISIDAGI NIZOM
Reja:

  1. Oliy taʼlimning maqsadi va vazifalari

  2. Oliy taʼlim tizimi

  3. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish.

  4. Oliy taʼlim tizimini boshqarish



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA
MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI


OLIY TAʼLIM HAQIDA NIZOM


1. Umumiy qoidalar
Umumiy oʻrta (11-sinf), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizidagi oliy taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil turi boʻlib, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasasi yuridik shaxs boʻlib, Oliy taʼlim oʻquv dasturlarini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilib, oʻzining ustavi va mazkur nizom asosida faoliyat yuritadi. Oliy taʼlim muassasasi ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqilib, oliy taʼlimni boshqaruvchi vakolatli davlat tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy maʼmuriy idoralarda roʻyxatga olinadi.
Oliy taʼlim sohasidagi davlat siyosati quydagi tamoyillarga asoslanadi:

  • milliy istiqlol gʻoyalari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

  • taʼlim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik mazmunda ekanligi;

  • oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimning uzluksizligi va izchilligi;

  • taʼlim tizimining dunyoviy mazmunda ekanligi;

  • davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • taʼlim dasturlarini tanlashda umumiy va tabaqalashgan yondashuv;

  • bilimdonlik va isteʼdodni ragʻbatlantirish;

  • oliy taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygʻunlashtirish;

  • oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash.

4. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarga taʼlim olishda tilni erkin tanlash huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimning davlat tilida hamda boshqa tillarda olinishini taʼminlaydi.
5. Talabalarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kadrlarga boʻlgan ehtiyojni marketing tadqiqotlari asosida oʻrganish natijalariga koʻra davlat grantlari va toʻlov-kontrakt vositasi bilan abituriyentlarning bilim darajasini test va boshqa sinov turlariga binoan aniqlash yoʻli bilan oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qoidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
6. Davlat grantlari asosida oliy maʼlumotga ega boʻlgan kadrlardan bitiruvchilarning fuqarolik huquqlarini va davlat manfaatlarini inobatga olgan holda maqsadli foydalanish koʻzda tutiladi.
7. Fuqarolar toʻlov-kontrakt asosida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishga haqlidir.

Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling