Va vazifalari Oliy taʼlim
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
Akademiya:
bilim va taʼlimning muayyan sohalari boʻyicha va undan keyingi taʼlim turlari dasturlarini amalga oshiradi; bilimning muayyan sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; fan, madaniyat va sanʼatning aniq sohalari boʻyicha funtamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi; oʻz faoliyati doirasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz hisoblanadi. Institut: odatda bilimning bir sohasi doirasida oliy va undan keyingi taʼlimlar dasturlarini amalga oshiradi; muayyan sohalar mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; amaliy, shuningdek, fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 14. Oliy taʼlim muassasalarida yoʻnalishlar boʻyicha fakultetlar, kafedralar, oʻquv va ilmiy labaratoriyalar, turli boʻlimlar shakllanadi. 15. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan davlat taʼlim standartlarining bajarilishi, kadrlar tayyorlash sifati nazorati taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagogik kadrlar va taʼlim muassasalarini attestatlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 16. Oliy taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-mart 109 raqamli qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalarini attestatlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 17. Oliy taʼlim muassasalarini akkreditatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlatga qarashli oliy taʼlim muassasasini taʼsis etish haqidagi dalolatnoma unga taʼlim faoliyatini olib borish huquqini beradi. Davlat oliy taʼlim muassasasi birinchi bitiruvchilarni chiqargandan keyin belgilangan tartibda davlat attestatsiyasi va navbatdagi akkreditatsiyadan oʻtadi. Nodavlat oliy taʼlim muassasasi taʼlim faoliyatini olib borish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ega boʻladi. Oliy taʼlim muassasasi attestatsiya natijalari boʻyicha davlat akkreditatsiyasidan mahrum qilinishi mumkin. 18. Oliy taʼlim sohasidagi taʼlim xizmati bozori, davlat tomonidan boshqariladigan taʼlim muassasalari oʻrtasida raqobat muhitini shakllantirish, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari rivojlanishini taʼminlash, asosiy kasbiy-taʼlim dasturlarida koʻzda tutilmagan pulli maslahatlar va qoʻshimcha xizmatlarni rivojlantirishga asoslanadi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling