II. Oliy taʼlimning maqsadi va vazifalari
8. Oliy taʼlimning maqsadi mamlakatning istiqboldagi taraqqiyotini hisobga olib, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarga, mustaqil fikrlash qobiliyatiga hamda jamiyatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini taʼminlashga qodir yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir.
-
Oliy taʼlimning asosiy vazifalari quyidagilardir:
-
davlat taʼlim standartlariga muvofiq ilgʻor, zamonaviy taʼlim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali oʻqitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni taʼminlash;
-
oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
-
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish istiqbollari hamda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, fan, texnika, ilgʻor texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashni tashkiliy va uslubiy jihatdan muntazam takomillashtirish;
-
oliy taʼlimning insonparvarlik yoʻnalishida boʻlishini taʼminlash hamda yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, Vatanga, jamiyatga, oilaga va tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash;
-oʻquv amaliyotiga interfaol usullarni, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻqitishning mustaqil taʼlim va individual yondashuv metodikasi hamda vositalarini, masofaviy oʻqitish tizimini tatbiq etish;
-
oliy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlovchi tizimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilish;
-
ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, olingan natijalardan taʼlim jarayonida va mamlakat iqtisodiyotida foydalanish;
-
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish asosida taʼlim xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
-
oliy taʼlim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va ular mustaqilligini kengaytirish; vasiylar va nazorat kengashlari shaklida yangi jamoatchilik boshqaruvini kiritish;
-kasbiy tayyorgarlik boʻyicha ish bilan taʼminlashning monitoringi va marketing tadqiqotlari, taʼlim sifatiga kadrlar tayyorlash va monitoring nazoratini qoʻllash;
-oliy taʼlim sohasida taraqqiy etgan mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |