Va vazifalari Oliy taʼlim
Oliy taʼlim muassasalari talabalari
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50. Kunduzi oʻqiydigan talabalarga oʻqishdan boʻsh vaqtlarida-kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi asosida taʼlim muassasasining oʻzida yoki undan tashqari joylarda ishlashga ruxsat beriladi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari
Oliy taʼlim muassasasi talabasi oʻqish uchun bakalavriat yoki magistraturaga belgilangan tartibda roʻyxatga olingan shaxsdir. Talabaga rasmiy nusxadagi talaba guvohnomasi va reyting daftarchasi topshiriladi. Oliy taʼlim muassasasi talabalari quyidagi huquqlarga ega: yoʻnalishlar va mutaxassisliklar taʼlim dasturlarida koʻzda tutilgan, fan, texnika va texnologiyalar, iqtisodiyot va madaniyat rivojining zamonaviy darajasiga munosib bilimlarni egallash; oʻquv dasturiga muvofiq koʻzda tutilgan qoʻshimcha kurslar va oʻqish turini tanlash; taʼlim muassasasi faoliyatining muhim masalalarini muhokama va hal qilishda qatnashish, shu jumladan jamoat tashkilotlari orqali ham; taʼlim muassasasi Nizomida joriy qilingan tartibda kutubxona, axborot fondi, oʻquv, ilmiy, tibbiy va boshqa boʻlinmalar xizmatlaridan tekin foydalanish; ilmiy-tadqiqot ishlari, anjumanlar, simpoziumlarda ishtirok etish; oʻz ilmiy ishlarini chop etdirish; oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati qarorlari ustidan shikoyat qilish; belgilangan tartibda harbiy mutaxassislik boʻyicha taʼlim olish. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq taʼlimning kunduzgi shaklida oʻqiydigan talabalarga harbiy xizmatga chaqirilish kechiktiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida koʻzda tutilgan vaziyatlardan boshqa hollarda talabalarni oʻquv vaqti hisobiga oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga jalb etish man etiladi. Talabalar bilim egallashi, koʻrsatilgan muddatlarda oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha topshiriqlarni bajarishi, Nizomga, taʼlim muassasasi ichki tartibi va talabalar turar joyi qoidalariga amal qilishlari shart. Davlat grantlari, hamda toʻlov-shartnoma asosida kunduzgi shaklda oʻqiydigan talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartib va miqdorda stipendiyalar bilan taʼminlanadi. Talabalar tegishli nizom asosida nomdor stipendiyalar olish huquqiga ega. Talabalarga tibbiy koʻrsatmaga binoan belgilangan tartibda akademik taʼtil beriladi. 46. Uzrli sabablarga koʻra oʻquv rejasi talablarini bajara olmagan talabalarga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar akademik qarzlarni shaxsiy reja asosida topshirish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatlarda oʻquv rejasi talablarini bajarmagan talabalar taʼlim muassasasi talabalari safidan chiqariladi. Talabalarni oʻqishga qaytadan tiklash va talabalar safidan chiqarish oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi joriy qilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartibda boshqa taʼlim muassasasiga oʻtish huquqiga ega. Bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtishda oliy taʼlimning shu pogʻonasida birinchi marta oʻqiyotgani kabi barcha huquqlari saqlanib qoladi. Talabalarni akkreditatlanmagan taʼlim muassasasidan akkreditatlanganiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshqa yerlik turar joyga muhtoj talabalar turar joy bilan taʼminlanadilar. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud boʻlgani holda talabalar turar joyining xonalaridan boshqa maqsadlarda (ijaraga berish va boshqa bitimlar) foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 50. Kunduzi oʻqiydigan talabalarga oʻqishdan boʻsh vaqtlarida-kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi asosida taʼlim muassasasining oʻzida yoki undan tashqari joylarda ishlashga ruxsat beriladi. Talabalarning boshqa huquqlari qonunlar va (yoki) oliy taʼlim muassasasi Nizomi tomonidan joriy qilinishi mumkin. 51. Talaba oliy taʼlim muassasasi Nizomida koʻzda tutilgan ichki tartib-qoidalarni buzganda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: ogohlantirish, hayfsan, oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chiqarish. Intizomiy jazo choralari nojoʻya ish qilingani aniqlangach, bir oydan kechikmasdan va u qilinganiga olti oy oʻtmasdan qoʻllaniladi. Bunda talaba kasal va taʼtilda boʻlgan vaqt hisobga olinmaydi. Talabani kasal, joriy taʼtil, akademik taʼtil, homiladorlik, bola tugʻilishi taʼtillarida talabalar safidan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda - sirtdan oʻqiyotgan talabalarga ularning ish joylarida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 248-250; 254-257 boblarida koʻrsatilgan imtiyozlar beriladi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling