Va vazifalari Oliy taʼlim
X. Oliy taʼlim muassasalari mulki
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI. Moliyaviy taʼminot, uni hisobga olish va hisobot
X. Oliy taʼlim muassasalari mulki
72. Oliy taʼlim muassasasining mulki davlat yoki taʼsischilar (nodavlat O.T.M) tasarrufida boʻladi. Oliy taʼlim muassasasiga Ustavda belgilangan ish faoliyati uchun zarur boʻlgan asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar hamda boshqa boyliklar biriktirib qoʻyiladi. Davlat oliy taʼlim muassasasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hadya, hayr-ehson, vasiyat shaklida oʻtkazilgan pul mablagʻlari va mulkni hamda ishbilarmonlik faoliyati va xoʻjalik tasarrufidagi mulkdan tushgan foydani olish va mustaqil idora qilish huquqi beriladi. Nodavlat oliy taʼlim muassasasi mulkini olish va undan foydalanish tartibi Ustavda belgilanadi. Nodavlat oliy taʼlim muassasasida mulkchilik munosabatlari hamda ular foydasini idora qilish uning Ustavi bilan belgilanadi. Oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyati natijasi boʻlmish aqliy va ijodiy mehnat mahsulotiga egalik qilish huquqiga ega. Davlatga tegishli oliy taʼlim muassasasiga amaldagi tartibda ajratilgan yer maydonlari muddatsiz tekin foydalanish huquqi bilan biriktirib qoʻyiladi. XI. Moliyaviy taʼminot, uni hisobga olish va hisobot Davlatga qarashli oliy taʼlim muassasalarini moliyaviy taʼminlash mutaxassislarni tayyorlashga ajratilgan davlat grantlariga muvofiq respublika byudjeti, hamda amaldagi qonunlar va mazkur Nizomga muvofiq jalb qilingan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidn amalga oshiriladi. Korxona, tashkilot va shartnomadagi fuqorolardan olingan mablagʻlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan erkin tarzda foydalaniladi. Nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyati taʼsischilar (mulqdorlar) mablagʻlari, olingan daromadlar hamda tanlov boʻyicha davlatdan olingan grantlar hisobidan tashkil etiladi. 79. Oliy taʼlim muassasalari olib borayotgan ilmiy tadqiqotlar respublika byudjeti mablagʻlari, buyurtmachilar va qonunda man etilmagan boshqa manbalar hisobidan moliyaviy taʼminlanadi. 80. Oliy taʼlim muassasasi rasmiy tartibda oʻz ishi natijalari boʻyicha joriy va moliyaviy-xoʻjalik buxgalterlik hisobini, statistik va buxgalter hisobotini olib boradi. Mansabdor shaxslar davlat hisoboti buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan javobgardirlar. Taʼlim muassasasida byudjet va moliya intizomiga rioya qilish nazorati belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling