Va vazifalari Oliy taʼlim


Download 33.63 Kb.
bet13/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу

XII. Xalqaro hamkorlik
81. Oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki yoki koʻp tomonlama shartnomalari doirasida xalqaro hamkorlikni quyidagicha amalga oshiradi:

  • ikki tomonlama va koʻp tomonlama talabalar, aspirantlar, doktorantlar, pedagogik va ilmiy xodimlar almashinuvi dasturlarida qatnashish;

  • qoʻshma fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, kongress, anjuman, simpozium va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

  • oliy taʼlimni takomillashtirish xalqaro dasturlarida qatnashish;

  • qoʻshma taʼlim muassasalarini tashkil etish.

82. Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik fuqarolarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda oʻqituvchilik va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish tartibi davlatlararo, muassasalararo, hamda oliy taʼlim muassasasining xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan bitimlariga binoan amalga oshiriladi.
XIII. Xulosalar
83. Mazkur nizom Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi diniy ishlar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” va Oʻzbekiston sanʼat akademiyasi bilan kelishilgan.
Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling