Va vazifalari Oliy taʼlim


Oliy taʼlim muassasasi xodimlari


Download 33.63 Kb.
bet9/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу

Oliy taʼlim muassasasi xodimlari

53. Oliy taʼlim muassasaslarida ilmiy-pedagogik (professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar), injener-texnik, maʼmuriy-xoʻjalik, ishlab chiqarish, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlarning lavozimlari koʻzda tutiladi.
Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi, assistent lavozimlari kiradi.
Pedagogik faoliyat yuritish huquqiga tegishli oliy taʼlimga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori maʼnaviy-axloqiy sifatlari bor boʻlgan kishilar egadir. Sud hukmiga asosan bunday huquqdan mahrum boʻlgan shaxslarning taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oliy taʼlim muassasasi pedagogik faoliyat olib borish uchun tegishli fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat sohalarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.

  1. Davlat oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibi soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan bakalavriat va magistraturada har bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soniga qarab hisoblab chiqiladi.

  2. Professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy yuklamasi ular ishining asosiy turlari (oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy) boʻyicha pedagogik yuklama hajmini hisoblash uchun oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi tasdiqlagan Vaqt meʼyoriga mos ravishda oʻrnatiladi.

  3. Oliy taʼlim muassasalaridagi barcha ilmiy-pedagogik xodimlar lavozimlarini egallash mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilishidan oldin konkurs oʻtkaziladi.

Fakultet dekanlarini davlat oliy taʼlim muassasasi rektori shu taʼlim muassasasi qarashli boʻlgan tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Davlat oliy taʼlim muassasasi prorektorlari shu taʼlim muassasasi qarashli boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan rektor koʻrsatmasiga binoan tayinlanadi.

Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling