Va vazifalari Oliy taʼlim
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
V. Magistratura
26. Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriatdan keyin uning negizida taʼlim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir. Magistratura taʼlimining davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olti oydan kam boʻlmagan muddatga uzaytiriladi. Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuniga koʻra taʼlim yoʻnalishining muayyan mutaxassisligi boʻyicha “magistr” darajasi beriladi va tegishli koʻkrak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Magistr tayyorgarligining zaruriy darajasi, taʼlim dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar, oʻquv yuklamasining toʻliq hajmi, amaliy mashgʻulotlar, tayyorlash sifatining nazorat mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 16-avgust 2001-yil 343-qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 2001-yil, № 15-16, st.104) bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari. Asosiy qoidalar” bilan belgilanadi. Magistrning kasbiy faoliyat turlari va sohalari tavsifi, kasbiy talablar, oʻquv fanlari boʻyicha talablar, taʼlim dasturlari mazmuni va tuzilishi, ularni amalga oshirish mexanizmi, tayyorlov sifati nazorati magistraturaning aniq mutaxassisligi boʻyicha tuzilgan davlat taʼlim standarti bilan belgilanadi. Magistratura mutaxassisliklariga tegishli davlat taʼlim standartlari asosida oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqiladi. 30 Magistrlar aniq ixtisoslik boʻyicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik, boshqaruv va kasbiy faoliyatga; magistr tayyorlashning tegishli mutaxassisligi boʻyicha oliy taʼlimning keyingi bosqichi aspiranturada taʼlim olishga; kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida qoʻshimcha kasbiy taʼlim olishga tayyorlangan. Tegishli kafedralarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydigan, oʻquv-tarbiyaviy jarayon bilan uzviy bogʻliq holda ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada tashkil qilib, uni oʻtkaza oladigan ilmiy-pedagogik salohiyatning mavjudligi oliy taʼlim muassasasida magistratura ochishning zaruriy sharti sanaladi. Oliy taʼlim muassasasi uchun yangi boʻlgan magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash huquqi oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasining murojaatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Oliy taʼlim muassasasi tuzilishida maxsus boʻlinma - magistratura boʻlimi (fakultet, markaz) tashkil qilinadi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi: talabalarning ilmiy faoliyati va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish hamda nazorat qilish, ilmiy-uslubiy taʼminlash va oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; magistrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi kafedralar faoliyatini muvofiqlashtirish; magistrlar tayyorlash jarayoni monitoringi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling