Va vazifalari Oliy taʼlim
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitet
III. Oliy taʼlim tizimi
10. Oliy taʼlim tizimi quyidagilardan iborat: Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlariga muvofiq ravishda amalga oshiruvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari, oliy taʼlim rivojlanishi uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; Taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idoralari hamda ular tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. 11. Oliy taʼlim ikki bosqichga —bakalavriat va magistraturaga ega. 12. Oliy taʼlim muassasalarida bakalavr va magistrlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgust №343 (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami. 2001-yil, №15-16, 104-bet) qaroriga binoan tasdiqlangan «Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori»ga muvofiq amalga oshiriladi. (Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori matnida). Oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxati kadrlarga boʻlgan ehtiyojni marketing tadqiqotlari asosida aniqlash natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oliy taʼlim muassasalari Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining 4-bandiga muvofiq ravishda mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, yangi magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yoʻnalishlarini ochish boʻyicha murojaat qilish huquqiga ega. 13. Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi turlari belgilangan: universitet, akademiya, institut. Universitet: taʼlim va bilimning bir qancha sohalari boʻyicha oliy va undan keyingi taʼlim turlari dasturlarini amalga oshiradi; turli soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; fanlarning keng qamrovi boʻyicha funtamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi; bilimlarning tegishli sohalari boʻyicha ilmiy va uslubiy markaz hisoblanadi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling