Va vazifalari Oliy taʼlim


VI. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish


Download 33.63 Kb.
bet7/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу

VI. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
34. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiyaviy jarayon davlat taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi.
35. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi turlari joriy qilingan: maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, kollokvium, mustaqil taʼlim, maslahat, mustaqil ish, malakaviy amaliyot, kurs loyihasi (ishi), bakalavrlar uchun bitiruv malakaviy ishi, magistrlar uchun dissertatsiya. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turi uchun 45 (yoki tanaffussiz juft maʼruzalar uchun 40) minutli akademik soat belgilangan.
36. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv yili, odatda, ikki semestrga boʻlinadi, ulardan har biri talabalar oʻzlashtirishi natijalarining yakunlanishi bilan tugallanadi. Samaradorlikni taʼminlash maqsadida oʻquv-tarbiyaviy jarayonning modul va boshqa shakllariga ruxsat beriladi.
Talabalarning fanlarni oʻzlashtirishi - oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi tasdiqlagan talabalar oʻzlashtirishini baholashning reyting tizimi haqidagi Nizomga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga oʻtkazish fakultet dekanining yoki magistratura boʻlimi (fakultet, markaz)ning taqdimiga binoan oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi orqali amalga oshiriladi. Shartli ravishda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oliy taʼlimning taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirish bitiruvchilarni majburiy yakuniy attestatlash bilan tugallanadi.

  1. Malakaviy amaliyotlarning barcha turlari davlat va nodavlat korxonalar va tashkilotlarda ular bilan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga binoan, oʻquv rejalari va oliy taʼlim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.

  2. Oliy taʼlimning kasbiy taʼlim dasturlari: kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy taʼlim olish shakllarida oʻzlashtirilishi mumkin.

  3. Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ruxsat etiladigan taʼlimning sirtqi shakli roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

  4. Oliy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro bogʻlanishi amaldagi qonunlarga muvofiq oʻquv-ilmiy, oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish majmualari tuzish yoʻli bilan hamda yetakchi olim va mutaxassislarni oʻquv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar va tashkilotlarda oliy taʼlim muassasasining markazlari, laboratoriyalari, kafedralari va boʻlimlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.


  1. Download 33.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling