Va vazifalari Oliy taʼlim


Nodavlat oliy taʼlim muassasasi prorektori va dekanlari rektor tomonidan taʼsischi bilan kelishilgan holda tayinlanadi


Download 33.63 Kb.
bet10/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу

Nodavlat oliy taʼlim muassasasi prorektori va dekanlari rektor tomonidan taʼsischi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
57. Oliy taʼlim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlari:

  • qonunda belgilangan tartibda ixtisosligiga muvofiq ish haqi olish va mukofotlanish;

  • oliy taʼlim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga saylanish va unga saylash;

  • oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;

-kutubxonalar, axborot fondlari, oʻquv va ilmiy boʻlinmalar hamda taʼlim muassasasi Nizomida koʻrsatilgan va (yoki) jamoat kelishuviga muvofiq, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa tarkibiy boʻlinmalar xizmatlaridan tekin foydalanish;

  • oʻquv kurslari mazmunini oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq aniqlashda qatnashish;

  • oʻquv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini taʼminlash maqsadida, oʻzlarining shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan taʼlim usullari va vositalarini tanlash;

  • qonunda belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati buyruqlari va farmoyishlariga norozilik bildirish;

-oʻz kasbiy faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnikaviy taʼminlanishini talab qilish huquqlariga ega.
58. Oliy taʼlim muassasalari ilmiy-pedagogik xodimlari quyidagilarni bajarishlari shart:

  • talabalarda yuqori madaniyat va maʼnaviyatni, oʻz kasbiga, Vataniga, tabiatga muhabbatni, vatanparvarlik, fuqarolik nuqtayi nazarni shakllantirish;

  • oʻquv tarbiya va ilmiy jarayonlarning yuqori samradorligini taʼminlash;

  • talabalarda tanlagan yoʻnalishi (ixtisosligi)ga monand kasbiy mahoratni, fuqarolik nuqtai nazarni shakllantirish;

  • oliy taʼlim muassasasi Nizomiga amal qilish;

  • talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.

59. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari oʻz kasbiy bilim va mahoratlarini yangilab borish maqsadida belgilangan tartibda malakalarini oshiradilar va qayta tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Malaka oshirishning tartibi, turi va shakli oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasi tasdiqlagan tegishli Nizom orqali joriy qilinadi.

  1. Oliy taʼlim muassasasi ilmiy xodimlari xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda shaxsiy qobiliyatlariga toʻliq javob beradigan va ilmiy jarayonning yuqori sifatini taʼminlaydigan ilmiy izlanish usullari va vositalarini tanlashga haqlidirlar.

  2. Ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash oliy taʼlim muassasalari aspiranturasi, doktoranturasi, ilmiy muassasalar hamda tadqiqotchilik tartibida amalga oshiriladi.

  3. Oliy taʼlim muassasasining maʼmuriy-xoʻjalik, injener-texnik, ishlab chiqarish, oʻquv-yordamchi va shu kabi xodimlarining huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan qonunlari, yuqori koʻrsatmalari, Oliy taʼlim muassasalarining ichki tartib-qoidalari va Nizomi bilan belgilanadi.

  4. Oliy taʼlim muassasasi xodimlari belgilangan qonunlarda va oliy taʼlim muassasasi Nizomida koʻzda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.


    1. Download 33.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling