Xrom va uning birikmalari Tabiatda uchrashi
Download 28.26 Kb.
|
xrom va uning birikmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vokelen
Aim.uz Xrom va uning birikmalari Tabiatda uchrashi. Temirli xromtosh holida uchraydi. Cr2FeO4 yoki Fe(CrO2)2 xrom miqdori foizlarda 15% dan 40 % gacha boradi..Qo’rg’oshinli qizil ruda PbCrO4(krokoit ham deyiladi). Xromli oxraCr2O3. Molibden MoS2-molibdenit tarkibida, volfram bo’lsa – sheelit(CaWO4) va volframit [(Fe,Mn) WO4] holatida uchraydi. Xrom tutgan mineral 1766 y. I.G. leman tomonidan ochilgan “Sibir qizil qo’rg’oshini” deb atalgan. Xrom dastlab 1797 yilda Vokelen tomonidan bo’yoq modda PbCrO4 tarkibidan ajratib olingan. “Xrom” so’zi “rangli” demakdir. Xossalari. Xrom – oq yaltiroq metall, qattiq, mo’rt. U qaytaruvchi, 2 tadan 6 tagacha elektron beradi. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalarda sharoitga qarab +2, +3 va +6 oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Kimyoviy jihatdan passiv element. Buning sababi uning sirti juda yupqa va ko’z ilg’amaydigan pishiq oksid pardaning borligidir. Juda qattiq metal.(=7,2 g/sm3). 1890 oS da suyuqlanadi. 2430oS da qaynaydi. Xrom metali hajmi markazlashgan kub holda kristallanadi. Kristall panjarada koordinatsion son 8 ga teng. Kons. nitrat kislota yoki zar suvi (HNO3+3HCl)xromni passivlaydi. Unga odatdagi sharoitda kislorod va nam ta’sir etmaydi. Qizdirilganda sirti oson oksidlanadi: 4Cr+O2=2Cr2O3 2Cr+3Cl2= 2CrCl3 Ftor bilan oson reaksiyaga kirishadi. Harorat ta’sirida oltingugurt, kremniy va brom bilan ta’sirlashadi. Maydalangan holda suvni parchalaydi. 2Cr + 6H2O =2Cr(OH)3 + 3H2O Suyultirilgan HCl da va H2SO4 da erib, xrom +3 tuzlariga aylanadi: 2HCl + Cr = CrCl2 + H2 4HCl + 4CrCl2 + O2 = 4CrCl3 + 2H2O HNO3 , zar suvi ( 1:3 HNO3 va HCl ) oddiy haroratda xromni passivlashtiradi. Lekin HCl da uzoq vaqt qaynatilsa vodorod ajraladi. Keyin bu reaksiya sovuqda ham davom etadi. Passivlangan xrom o’zini nodir metallga o’xshab tutadi, Download 28.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling