Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi


Download 333.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.11.2021
Hajmi333.21 Kb.
#177022
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5316699935083596002



3.1. Mavzu: О‘rta podsholik davri (mil. av. XXI-XVIII asrlar) 

 

Ma’ruza rejasi: 

      1.O’rta podsholik davri san’atida me’morchilik ,haykaltaroshlik va tasvirriy  

 

san’at 


 

 

      2.Haykaltaroshlik va tasviriy san’at rivoji 



  

    


 

 

Tayanch tushunchalar:  

 

garmoniya ,simmetriya, garmoniya, kontrast, kontur 

 

Mil.  av.  3  ming  yillikning  sо‘nggi  asrlariga  kelib  kо‘plab  urushlar  va 



mahobatli  piramidalar  qurilishi  markazlashgan  davlatni  zaiflashtirib  qо‘ydi. 

Iqtisodiy  zaiflik  firavnning  qudratiga  putur  yetkazib,  kо‘plab  nomarxlarning 

noroziliklariga  sabab  bо‘ldi  va  mil.  av.  2400  yillar  atrofida  Misr  bir  nechta 

viloyatlarga  bо‘linib ketdi. Ularning xukmdorlari  – nomarxlarning о‘rni kuchaydi 

hamda mamlakatning siyosiy markazi Fiva shahriga kо‘chirildi. Bu yerda mahalliy 

ma’bud  –  quyosh  xudosi  Amonga  e’tiqod  qilinardi,  keyinchalik  u  qadimgi  Ra 

ma’budi nomi bilan ulug‘lanadi.  

Nomarxlar  tо‘liq  xokimiyatni  egallab,  mustaqillikka  erishgach,  fir’avnga 

xos bо‘lgan ustunliklarni о‘zlashtira boshladilar. Endilikda ular о‘z maqbaralarini 

shoh ehromlari ostonasida emas, о‘z xududlarida qura boshladilar. Bu esa mahalliy 

maktablarning  rivojiga  ta’sir  kо‘rsatdi.  Ehromlar  esa  g‘ishtdan,  kichik  xajmlarda 

qurilganligi sababli, vaqt sinovlariga dosh bera olmay, tez orada vayronaga aylandi.  

Mil.  av.  XXI  asrga  kelib  mamlakatni  yagona  davlatga  birlashtirish  uchun 

kurash  boshlandi.  Bu  asosan  yirik  quldorlar  uchun  zarur  edi.  Zero,  Misrdagi 

dehqonchilik  Nilning sug‘orish tizimi yagona davlat nazorati ostidagina rivojlana 

olardi.  Bu  kurashda  Fiva  xukmdorlari  boshchiligidagi  janubiy  nomlar  g‘olib 

bо‘lishdi.  О‘rta  podsholik  davrining  XI  sulola  fir’avnlari  vakillari  ehrom  va 

nomarxlarga  xos  bо‘lgan  qoya-maqbaralarni  о‘zaro  uyg‘unlashtirish  orqali  о‘z 

maqbaralarini  yaratdilar.  Deyr  el  Baxridagi  Mentuxoteplar  maqbarasiyangicha 

qurilish shaklining noyob durdonasidir. An’anaga kо‘ra vodiydan ibodatxonaga tosh 

devorlar bilan о‘ralgan uzun yо‘l (uzunligi 1200 m.,  kengligi 33 m.) olib kelgan. 

Bu  yо‘l  qoyalar  orasidagi  ibodatxona-maqbaraning  dastlabki  terassa  va  keng 

pandusi tomon yetaklaydi. Pandus orasida ravoq bо‘lib, u ikkinchi ravoq joylashgan 

ikkinchi  terassaga  olib  chiqqadi.  Terassa  uch  tomondan  ustunli  zal  bilan  о‘ralib, 

uning  markazida  esa  yaxlit  tosh  bо‘laklaridan  piramida  qad  kо‘targan.  Boshqa 

ehromlardan  farqli ravishda  qoya  ehrom uchun tabiiy asos sifatida  xizmat qilgan. 




Yopiq  kolonnalar zali  va  muqaddasxonalarning  bir  qismi  qoyaning  о‘zidan  о‘yib 

ishlangan.  Fir’avnlarning  maqbarlari  esa  kolonnalar  zali  ostida  joylashgan. 

Bularning barchasi maqbara-ibodatxonaga piramida kabi ulug‘vorlik bag‘ishlagan. 

Ibodatxona  va  xovli  terrassasini  о‘rab  turuvchi  kollonadalar,  ibodatxona 

qorong‘uligidan  chiqqan  va  uni  qо‘riqlab  turgan  kabi  fir’avnlarning  mahobatli 

haykallari mazkur davr me’morchiligiga xos. 

Piramida  bilan  yakunlangan  ikki  qavatli  kollonalar  qatoridan  iborat 

maqbara qoyaning bо‘rtmalari fonida, yorqin quyosh nurlarida sariq, oq ranglarda 

alohida ajralib turadi. Bu ajoyib yodgorlik Misr me’morchiligida, xususan Yangi 

podsholik davri qurilishida katta ahamiyat kasb etadi.  



 


Download 333.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling