Biznes huquqi
Yakuniy nazorat
Kuzgi semestr 2022
TDYU
YAKUNIY NAZORATNI TOPSHIRISH BOʻYICHA KOʻRSATMALAR
Mazkur yakuniy nazorat 2 sahifadan iborat boʻlib ikki soatlik universitet imtihoni hisoblanadi. Siz imtihon jarayonida boshqa har qanday shaxs bilan muhokama qilishingiz va imtihon savollarini boshqa talabalarga oshkor qilishingiz yoki imtihon vaqti tugagunga qadar savollarni muhokama qilishingiz mumkin emas.
Ismingizni, talabalik guvohnomasi, ID raqamingizni yoki boshqa sizni shaxsingizni aniqlsh imkonini beruvchi ma’lumotlarni OSHKOR QILISH TAQIQLANADI.
Sizning javoblaringiz 14 shrift bilan yozilgan boʻlishi kerak va sizning imtihon javoblaringiz (ya‘ni, barcha savollarga javoblaringiz) 2 intervaldagi olti-sakkiz (6-8) sahifadan oshmasligi lozim. Siz yuborgan sahifalarning umumiy sonini koʻrsatgan holda har bir sahifani ketma-ket raqamlang.
Berilgan barcha savollarni diqqat bilan oʻqib chiqing va javob bering. Sizga omad tilaymiz!
BIZNES HUQUQI
YAKUNIY NAZORAT
ESSE 60 BАLL
KAZUS № 1
“Medhealth” xususiy klinikasi (Xususiy korxona) “FEP” MCHJ qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzdi. Shartnomaga koʻra, “FEP” MCHJ tuman xususiy klinikasi uchun bino qurib berishi va topshirishi lozim edi. Shartnoma shartlariga koʻra, qurilish ishlari uchun mahsulotni yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish pudratchining zimmasida qoldirildi.
Qurilish ishlari tugaganidan soʻng pudratchi ishning natijalarini qabul qilib olish toʻg‘risida buyurtmachini xabardor qildi. Biroq, buyurtmachi nomidan xususiy klinika rahbari xizmat safarida boʻlganligi sababli uni qabul qilib olish ishlari bir oyga kechikdi.
Bir oydan soʻng qurilishning holati bilan tanishgan xususiy klinika rahbari tomonidan tuzilgan ishchi guruh qurilishning ayrim joylarida kamchiliklar borligini bildirib, uni qayta tuzatib oxiriga yetkazish toʻg‘risida talab qoʻygandan. Shundan soʻng “FEP” MCHJ bu ishlar agar, oʻz vaqtida qabul qilib olinganida bunday oqibatlar kelib chiqmasligini vaj qilib qoʻshimcha ishlarni bajarishdan voz kechdi.
Shu bilan “FEP” MCHJ ushbu bir yarim oylik muddatda (ish natijalarini oʻrganishga ham 2 hafta vaqt ketgan) boshqa hududda qurilish ishlarini amalga oshira olmaganligi uchun ololmay qolgan foydani undirib berish va ishning natijalarini qabul qilish majburiyatini yuklash toʻg‘risida iqtisodiy sudga da’vo kiritdi.
Ammo xususiy klinika rahbari hali klinika tashkil etilganiga 1 yil toʻlmaganligi, qolaversa, bu vaqt davomida Ustav kapitalini toʻla shakllantira olmaganligi shu sababli xususiy klinikani MCHJ shaklida qayta tashkil etmoqchi ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari, xususiy klinika rahbari “FEP” MCHJga e`tizor bildirib, uning xizmat safarida boʻlgan vaqti shartnoma boʻyicha ishlarni elektron shaklda koʻrsatishga monelik qilmasligini ta`kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |