Yangi iPhone haqida yangi ma'lumotlar oshkor etildi


Download 21.96 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1393992
  1   2   3   4
Bog'liq
Yangi iPhone haqida yangi ma


Yangi iPhone haqida yangi ma'lumotlar oshkor etildi

Apple kompaniyasi OLED-displeyli 5,8 dyuymli iPhone 8 qurilmasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Nikkei Asian Review xabar berdi. 


"Joriy yilning kuz oylarida taqdim etiladigan yangi iPhone uch konfiguratsiyada ishlab chiqariladi - LCD-displeyli ikki model va OLED-ekranli, 5.8 dyuymli bir model", - deyiladi tahlilchilarning hisobotida. Bundan avval Nikkei manbalari telefonning to‘ng‘ich modeli 5,5 dyuym ekranga ega bo‘lishi haqida ma'lumot bergandi. 
Nikkei bilan bir qatorda KGI Securities tahlilchilari ham shunday xabar bilan chiqishgan. Unga ko‘ra, Apple flagmani displeyining asosiy sohasi 5,15 dyuymdan iborat. Ekran ostidagi qolgan "maydon"ni "funksional zona" egallagan, unda virtual tugmalar va barmoq izlari skaneri joylashgan. Bu ikki ekran birgalikda 5,8 dyuym diagonalga ega.

Garajdan chiqib, dunyoni zabt etgan kompaniya. Apple 44 yoshga to‘ldi


Aprel oyi dunyoga mashhur Apple kompaniyasiga asos solingani bilan tarixga kirgan. Ushbu kompaniya tarixi “Daryo” hikoya qiladi.

Foto: Google Photos


Apple Computer Company
Inglizchadan tarjima qilganda “olma” deb tarjima qilinadigan Amerika kompaniyasi asosan elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlar orasida eng taniqlilari Macintosh kompyuterlari, iPod, iPhone, iPad, Apple Watch soatlari, iTunes multimedia o‘qish dasturi, iWork ofis paketi, iLife multimedia to‘plami, shuningdek, Final Cut Pro, Logic Pro singari dasturlari. Xo‘sh, hammasi qanday boshlangan?
1976-yil 1-aprel kuni Stiv Jobsning bolalik uyidagi garajida Stiv Jobs, Stiv Vozniak va Ronald Ueynlar tomonidan Apple’ga asos solindi. 1977-yil 3-yanvar kuni Apple Computer Company nomi ostida kompaniyaga aylantirildi. Kompaniya tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan va mahsulotlarining xilma-xilligini oshirish maqsadida firma nomidagi “Computer” so‘zi olib tashlandi.

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling