Yetakchi kapitalistik mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti


Download 70 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1168376
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)


Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
Mavzuning o’quv maqsadi:
AQShning iqtisodiy taraqqiyoti, Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti, Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti


Tayanch iboralar: tabiiy-geografik omil, import boji, demografik omil, monopoliya, progressizm, oilaviy monopoliya,
Asosiy savollar

  1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti

  2. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti

  3. Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti

  1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti

  • AQShda jadal iqtisodiy o'sish omillari.

  1. Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat tomonidan yerni mayda uchastkalarga bo'lib ommaviy sotib va yerga ishlov berishni xohlovchi har bir fuqaroga yer sotib olishga ruxsat berib Amerika hukumati Qo'shma Shtatlarda kapitalizm rivojlanishiga yo'l ochib berdi.

  2. Sanoat ishlab chiqarishini o'sish sur'atlarini jadallashuvida tabiiy-geografik omil katta rol o'ynaydi - katta xom ashyo ba- zasini mavjudligi, turli foydali qazilmalar.

  3. AQShning tashqi savdo siyosati - olib kirilayotgan tovarlarga katta bojlar qo'yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umu- man boj yo'q edi. Import tovarlariga 10% darajada boj qo'yilishi 1861 yildan so'ng davlat daromadlarini xarajatlarga nisbatan yili- ga 100 mln.doll.ga oshishini ta'minladi.

  4. ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng qo'llanilishi. Qo'shma Shtatlar o'z korxonalarini yangi texnika (o'sha davrga nisbatan) bilan ta'minlardilar. Ular elektroenergi- yani ishlab chiqarish va qo'llash bo'yicha jahonda birinchi o'rinda edilar - elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo'jalikda ish- latilar edi.

  5. demografik omil. AQSh hududida aholi zichligi juda past darajada ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqara- rdi, undan tashqari bu holat ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga olib kelib, Yev­ropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqozo etardi.

  6. tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi va Janubiy Amerikaga yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G'arbiy ya- rimsharda o'z holatini mustahkamlash imkonini berdi.

  1. yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll. ni tashkil etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo'l qurilishi) va 1 mlrd.doll. Meksikaga (neft qazib olish). AQSh Boliviyaning qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis sanoatini, Janubiy Amer- ikadagi muhim temir yo'llarni nazorat qilar edi. Uzoq Sharqda AQShni qiziqish obyekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz tal- abdan iborat edi.

Aholisi soni shaharnikidan ko'proq edi, va bu ko'rsatkich bo'yicha AQSh Germaniya va Angliyadan orqada edi.
Qishloq xo'jaligi. Agrar sektor infratuzilmasi intensiv rivojlandi

  • elevatorlar, muzlatkich omborlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlar- ini saqlanishini ta'minlovchi turli texnik vositalar.

1870-1900 yy.da o'zlashtirilgan yangi yerlar Germaniya, Fran­siya va Angliya maydonlarini qo'shib hisoblanganidan katta edi. Fermerlar soni 1860 yildagi 2 mln.dan 1900 yilda 5,7 mln.ga etdi.
Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti

  1. asr o'rtalarida Germaniya iqtisodiy jihatdan Angliya va Fransiyadan orqada edi. 70-yy.ga kelib keskin o'zgarishlar yuz bera boshladi - mamlakatda sanoat o'sishi yuz berdi, Germaniya texnik va energetik qayta jihozlanishni amalga oshirdi; bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi (ayniqsa, og'ir sanoatda) keskin oshdi, mehnat unumdorligi, tashqi savdo aylanmasi o'sdi.

O'sish sur'atlari, iqtisodiyot tarkibi. XIX asrning oxirgi 30 yilida Germaniya sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha jahonda 2-chi (Yev­ropada birinchi) o'ringa chiqdi. Uning jahon ishlab chiqarishidagi ulushi 13%dan 16%gacha ko'tarildi. Iqtisodiy rivojlanish sur'atlari 6 marotaba o'sdi1. Og'ir sanoat tarmoqlari, ayniqsa yangi tar- moqlar yuqori sur'atlar bilan rivojlandi. XX asrning birinchi o'n yilligida elektrstansiyalari quvvati 100 marta o'sdi. Po'lat quyish cho'yan ishlab chiqarish bilan tenglashdi. Germaniya harbiy ishlab chiqarishni keskin oshirib 1913 y.da Fransiyadan 4 marotaba o'zib ketdi.
Germaniyada sanoat o'sishi iqtisodiyot tarkibini o'zgarishini taqozo etdi - endi sanoat ulushi qishloq xo'jaligidan oshib Ger­maniya industrial mamlakatga aylandi. Og'ir sanoat rivojlanish sur'atlari bo'yicha yengil sanoatdan oshdi. Germaniyada og'ir sanoat tarmoqlarida elektroenergetika, mashinasozlik, kimyo, temiryo'l qurilishi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etardi. Ger­maniya sanoati rivojlanishida markaziy bo'g'in bo'lib metallurgiya va mashinasozlik xizmat qildi.
1893 y.dagi inqirozdan so'ng konsentratsiya va monopolizatsi­ya jarayonlari kuchaydi, ayniqsa yangi tarmoqlarda - kimyo va elektrotexnika.
Elektrotexnika tarmog'ida ta'sir doiralarini taqsimlab olgan holda "Umumiy elektr jamiyati" (AEG) va "Simens-Galske va Shuk- kert" lar hukmron edi.
Kimyo sanoati "I.G. Farbenindustri" konserni nazorati ostida edi.
Qurol ishlab chiqaruvchi Krupp po'lat quyuvchi firmasi uzoq vaqt "oilaviy monopoliya" edi, keyinchalik aksioner jamiyatga ay- lantirildi.
Dengiz savdo va passajir kema qatnovi ikki yirik jamiyatlar to­monidan nazorat qilinar edi - "Gamburg-Amerika" va "Shimoliy- german Lloyd".
Aholi. Germaniya industrial qudratini o'sishi shaharlar rivojla­nishi va shahar aholisini ko'payishi ta'minladi. 1870 y.da shahar­larda aholining 1/3 qismi yashar edi, 1910 yilda esa - 60%. Shahar aholisining asosiy qismi yollanma ishchilar edi. 1907 yilda ishchi kuchining soni 18 mln.kishiga etdi.
Tashqi savdo. Bu davrda Germaniya jahon bozorida o'z o'rniga ega bo'ldi. 1870-1913 yy.da Germaniyaning tashqi savdo hajmi Angliya va Fransiyanikiga nisbatan tezroq o'sdi. Ayniqsa elek­trotexnika, kimyo va mashinasozlik mahsulotlari eksporti oshib bordi.
Germaniya monopoliyalari xalqaro monopolistik kelishuvlarda faol ishtirok etishdi. Masalan, 1907 yilda AEG va "Djeneral elektrik" Amerika kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolandi; Morgan- ning "Dengiz savdosi xalqaro kompaniyasi" xalqaro savdo karteli tashkil etildi. Rels karteli, sink sindikati to'g'risida shartnomalar imzolandi. Birinchi jahon urushidan oldin nemis monopoliyalari 100 ta xalqaro kelishuvlarda ishtirok etishdi.
Qishloq xo'jaligini rivojlanishi. XIX asrning oxirgi 30 yilligida Germaniyada sanoat sektoridan farqli o'laroq qishloq xo'jaligining rivojlanishi Amerikanikiga nisbatan past sur'atlarda edi.

  1. y.da qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat yer egalarini huquqlarini cheklovchi qonun qabul qildi. Ushbu qonunda - maxsus agronomik jamiyatlar, tajriba stansi- yalari, qishloq xo'jalik maktablarini yaratish nazarda tutildi.

Pangerman ittifoqini yaratilishi. Agrar sektor Germaniyaning umumiy rivojlanishini sekinlashtirdi. Mamlakat bug'doy eksport- eridan uning importeriga aylandi. Germaniyaning paxta, jun, teri- ga bog'liqligi yengil sanoatni rivojlanishini sekinlashtirdi.
Germaniya Pangerman ittifoqini tashkil etib dunyoni qayta taqsimlashni boshladi.2
Shunday qilib, XIX asr oxiriga kelib Germaniya sanoati (ayniq­sa, og'ir sanoat) ichki bozor doirasidan chiqib ketdi, u yetarli xom ashyo zaxirasiga va o'z mahsulotini sotish bozoriga ega emas edi. Germaniyani arzon xom ashyo bilan ta'minlaydigan va bojxonasiz tovarlarini olib chiqadigan ko'p sonli mustamlakalari yo'q edi. Shu sababdan u qattiq raqobatga duch keldi va bu sharoitda kurash- ish uchun o'z tovarlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishi zarur edi.
Bu omillar german kapitalizmini o'ta agressivligini va tashqi ek- spansiyasini tushunish imkonini beradi. Bu Birinchi jahon urushiga olib keldi.
Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Yaponiya XIX asrning oxirida mustaqil kapitalistik rivojlanish yo'lidan borgan birinchi va yagona osiyo mamlakati edi. Bu rivojl­anish o'ziga xos xususiyatga ega edi, chunki feodalizm qoldiqlar- ini ta'siri bo'lib rivojlanishni sekinlatar edi.
Yapon kapitalizmi harbiy-feodal xarakterga ega edi, ya'ni iqti­sodiy faoliyatda pomeshchiklar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi- gan monopoliyalar hukmroligi mavjud edi.
Qarama-qarshiliklarga qaramasdan Yaponiyani markazlashgan davlatga aylanishi tez sur'atlar bilan amalga oshdi va Yaponiya qoloq feodal mamlakatdan "buyuk mamlakat"ga aylandi. Bu mustamlaka va yarimmustamlaka sharoitidagi boshqa osiyo mam- lakatlariga namuna bo'ldi.
Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Bu bosqichda ish­lab chiqarishni konsentratsiyalashuvi davom etdi, yapon eksporti tarkibi o'zgardi. Mamlakat ichida kapitalistik munosabatlarning juda past darajada rivojlanganligiga qaramasdan Yaponiya Xitoy, Koreya va Tayvanga kapital chiqarishni boshladi.
Ishchilarning mehnat faoliyati og'ir edi: o'sish davrida ish haqi bir necha bor oshgan bo'lsa ham ish vaqtining uzunligi 15-18 soatga etar edi. 1914 y.da ishchilar soni 1 mln.kishiga etdi.
1897-1898 yy.dagi moliyaviy inqiroz va 1900-1903 yy.dagi or- tiqcha ishlab chiqarish jahon inqirozi monopolizatsiyani chuqur- lashuviga turtki bo'ldi. Yaponiya monopoliyalari birdaniga moli- ya-sanoat guruhlari tarzida shakllandi. Bu yapon kapitalizmining "davlat" xarakterini aks ettirardi. Davlat-monopolistik kapitalizmi birinchi bo'lib Yaponiyada paydo bo'lgan.
Yaponiyaning moliya-bank tizimi o'ziga xosligi bilan ajral- ib turardi - unga jamoa moliya muassasalari kirar edi, masalan Omonatlar byurosi (Trast fond byurosi) va Narx jamg'arma tizimi.
Shakar, sement, ko'mir, temiryo'l uskunalari ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi kartellar va sindikatlar paydo bo'ldi.
"Mitsui" va "Mitsubisi" kabi eski monopoliyalar xolding-kom- paniyalar boshqaruvidagi rosmana konsernlarga aylandi. "Asano", "Fudzito" va "Okura" kabi kompaniyalar ham monopoliyaga ay- landi.
Ammo Yaponiya G'arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShdan orqada edi, uning milliy daromadida sanoatning ulushi 40% edi. XX asr boshida mamlakat aholisining 2/3 qismi qishloq xo'jaligida band edi.


Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling