Yillarda fransiya


Download 0.51 Mb.
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1140522
  1   2   3
Bog'liq
Lotin amerikasi1918-1939-yilla




R eja:

  1. Birinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlariga ta’siri.




  1. Iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy ahvoli.




  1. 1918 – 1939 – yillarda Braziliya.




  1. 1918 – 1939 – yillarda Argentina.




  1. 1918 – 1939 – yillarda Meksika.




  1. 1918 – 1939 – yillarda Kuba.

Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, bu mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o’sa boshladi. Bunga Birinchi jahon urushida qatnashyotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo’jalik mahsulotlariga nisbatan talabning ortib ketganligi sabab bo’ldi. Ikkinchidan, urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamaygan. Bu hol Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatini kuchaytirdi.


U chinchidan, jahon bozorida xomashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi ham ko’tarilgan edi. Masalan, Kuba eksport qiladigan qandning narxi 11 baravar ko’tarildi. Bu omillar o’z navbatida, kapital jamg’arilishiga va milliy ishlab chiqarishning o’sishiga olib keldi. Xususan, Braziliyada 6 mingga yaqin yangi sanoat korxonasi qurildi.Bu Braziliya tarixida undan avvalgi 25 yil ichida qurilgan sanoat korxonalari sonidan ko’p edi.


Ayni paytda buyuk davlatlar Lotin Amerikasida o’zlarining iqtisodiy – moliyaviy ta’sirlarini saqlab qolishga urindilar. Bu AQSH – Buyuk Britaniya munosabatlarini keskinlashtirdi.
Birinchi jahon urushigacha yer yuzining bu nuqtasida Buyuk Britaniya kapitali yetakchi mavqega ega bo’lgan bo’lsa, AQSH uni endi tobora iskanjaga oldi va AQSH kapitali yildan – yilga o’z mavqeini mustahkamlay bordi.
20 – yillarda jahon bozorida Lotin Amerikasi tovarlariga qulay narx – navo saqlanib turdi. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotning taraqqiyotiga xizmat qildi. Biroq bu iqtisodiy taraqqiyot asosan ekstensiv omillar hisobiga ta’minlana bordi.
Shuningdek, bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga qishloqda latifundiyachilar zo’ravonligi, ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi hamda chet el kapitaliga qaramlik xususyatlari ham xos edi.Bular iqtisodiyotni tobora qiyin ahvolga tushirib qo’ymoqda edi. Bundan foydalangan buyuk davlatlar bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga o’z ekspansiyalarini yanada kuchaytirdilar.
Agar 20 – yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk Britaniya birinchi o’rinda turgan bo’lsada, 20 – yillarning oxiriga kelib vaziyat tubdan o’zgardi. Endi AQSH bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi.
30 – yillarning oxiriga kelib esa AQSH ning yirik kompaniyalari bu yerda o’z hukmronlik mavqeini o’rnatdilar. Xususan, elektr stavsiyalar, temir yo’llar, pochta – telegraf, port va tog’ sanoati AQSH sarmoyasiga qaram bo’lib qoldi.

Xorijiy sarmoyaning bunday tazyiqi Lotin Amerikasining jahon ijtimoiy taraqqiyotidan orqada qolishiga olib keldi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi davlatlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e’lon qilingan bo’lsa – da, amalda ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o’rnatilgan


edi. Ayrim davlatlar konstitutsiyasida hokimyatning oliy vakillik organi
huquqlari kafolatanishi qayd etilgan bo’lsa – da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo’lida to’plangan edi. Masalan, Braziliyada butun hokimiyatni amalda qahva oligarxiyasi qo’lga olgan edi. Iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy etgan davlatlarda ( Argentina, Chili va Urugvay ) urushdan keyin konservativ – oligarxiya tartibi o’z o’rnini liberal – demokratik kuchlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi.
Ular mamlakatda liberal islohotlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar Lotin Amerikasi tarixida yangi hodisa edi. O’z mazmuniga ko’ra Yevropa islohotiga yaqin bo’lgan bu islohotlar natijasida qator ijtimoiy muammolar bartaraf etildi.
Bu o’rinda Argentinada prezident I.Irigoyen davrida 1928 – 1930 – yillarda amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat vositachiligi yo’li bilan sarmoya va mehnat o’rtasida hamkorlikni ta’minlay oldi.Bu mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada dam olish,
ijtimoiy sug’urta kabi ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildi.
Jahon iqtisodiy inqirozi ( 1929 – 1933 ) Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bunga bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet el bozoriga bog’liq bo’lib qolganligi, shuningdek xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo’ldi.
Inqiroz tufayli Lotin Amerikasi davlatlari eksporti keskin darajada pasaydi. Natijada minglab zavod va fabrikalar, plantatsiyalar
to’la ishlamay qo’ydi. O’z xaridorini topa olmagan millionlab tonna kofe, don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yo’q qilindi. Ishsizlar soni ko’paydi.
Bular, o’z navbatida, davlatlarning ichki siyosiy barqarorligini
izdan chiqardi va keskin siyosiy o’zgarishlar yuz berishga olib keldi. Bu o’zgarishlar, bir tomondan, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan liberal islohotchilarni, ikkinchi tomondan esa, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan avtoritar va diktatorlik tartiblarini qulatganligi bilan ajralib turadi.
Masalan,1930 – yilda Argentinada harbiy to’ntarish o’tkazilib, islohatchi
prezident I.Irigoyen hukumati ag’darilgan bo’lsa, Braziliyada qahva oligarxiyasi tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik

boshqaruvi barham topdi. Kolumbiyada 1930 – yilda konservator oligarxiya tartibi o’rniga hokimiyatga liberal islohotchilar keldi.


Bu faktlar iqtisodiy inqirozning ham konservator, ham diktator, ham liberal islohatchilar obro’sining xalq ommasi ko’z o’ngida birday to’kilishiga sabab bo’lganligining isbotidir.
Iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuviga sabab bo’ldi.
Davlat inqirozdan chiqish uchun iqtisodiyotni tartibga sola boshladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi, birinchi navbatda, import mahsulotlarga yuqori boj to’lovlarini joriy etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Ikkinchidan, davlat milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mahalliy tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish va imtiyozli soliq tartibini qo’llashni joriy etdi.Uchinchidan, iqtisodiyotda
davlat sektorini rivojlantirish va mustahkamlash yo’lini tutdi.
Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida qator ijtimoiy islohotlar ham o’tkazildi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi milliy ishlab chiqarishning o’sishiga va milliy sarmoyaning mustahkamlanishiga xizmat qildi.
Yuqorida ta’kidlagandek, urushgacha Buyuk Britaniya Lotin Amerikasida
yetakchi mavqeni egallar edi. Birinchi jahon urushi vaziyatni tubdan o’zgartirib, Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi faolligini pasaytirib yubordi. Bundan foydalangan AQSH bu mintaqada o’z ekspansiyasini kuchaytirdi. Natijada AQSH ning Lotin Amerikasi davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi 1929 – yilga kelib 1913 – yildagi ko’rsatgichga nisbatan 4,5 baravar ortdi. Lotin Amerikasi xalqlari orasida Amerikaga qarshi kayfiyat kuchayishining oldini olish hamda AQSH ning bu mintaqadagi mavqeini mustahkamlash maqsadida prezident F.Ruzvelt 1933 – yilda AQSH intervensiyadan voz kechkanligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida bayonat berdi. Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlari bilan «yaxshi qo’shnichilik» siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat AQSH ekspansiyachilik siyosatining yangi davrdagi o’ziga xos shakldagi davomi edi.30 – yillardan boshlab Lotin Amerikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar – Germaniya, Italiya va Yaponiya ham o’z ta’sirini qaror toptirishga urindilar. Ular strategik xomashyoga muhtoj bo’lganliklari tufayli bu qit’a davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirdilar va o’z sarmoyalarini joylashtirishga urindilar.
Xususan, Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili va Paragvay iqtisodiyotiga joylashtirildi.Biroq Germaniya fashistlari savdo – iqtisodiy aloqalar bilan cheklanib qolmadilar. Ular bu mintaqada ham fashistik tashkilotlar tizishga urindilar. Bu niyatni amalga oshirishda Lotin Amerikasida yashayotgan nemis muhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlari – Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi tayanchlari
bo’lishi kerak edi. Tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyatni egallash uchun ham harakat qildilar.
Bundan tashqari, Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida fashistlarning hokimiyatni Ispaniya usulida egallashlariga umid bog’ladilar va ularni qo’llab – quvvatladilar. Biroq fashistlar o’z maqsadlariga erisha olmadilar. Buning sababi Germaniya va uning ittifoqchilarining bu minaqada AQSH va G’arbiy Yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy qudratlari yetmaganligida edi.
Ikkinchidan, Lotin Amerikasining u yoki bu davlatida ichkifashistik kuchlarning hokimiyatni egallash yo’lidagi urinishlari liberal –demokratik
kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli qarshiligiga uchragan edi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi xalqlari qit’ada fashizm qaror topishiga yo’l qo’ymadilar.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling