Yurak Aritmiyalari
Aritmiya ta’rifi: Aritmiyani
grekchadan tarjima qilinganda, ritm yo’qligi, ritmni
buzilishi, degan ma’noni anglatadi.
Yurak ritmini buzilishi, yurakning avtomatizmi,
qo’zg’aluvchanlik,
qisqaruvchanlik, o’tkazuvchanlik xossalarini buzilishi natijasida kelib
chiqadi.
Klassifikatsiyasi:
I. Avtomatizm buzilishidan kelib chiqqan aritmiyalar.
II. Qo'zg'aluvchanlikning buzilishi bilan bog'liq aritmiyalar.
III. O'tkazuvchanlik buzilishi tufayli aritmiyalar.
IV. Qo'zg'aluvchanlik va o'tkazuvchanlikning kombinatsiyalangan buzilishlari bilan bog'liq
aritmiyalar.
Avtomatizm buzilishidan kelib chiqqan aritmiyalar
Avtomatizm
- hujayralarning tashqi stimulyatsiyasiz impulslar hosil qilish
qobiliyati.
Yurakning avtomatizmining buzilishi bilan bog'liq ikki guruh aritmiya mavjud.
I. Nomotopik aritmiyalar - ushbu aritmiyalarda qo’zg’alishlar sinus tugunida hosil bo’ladi
Bu guruhga quyidagilar kiradi:
a) sinus taxikardiyasi - yurak
urish tezligining oshishi;
b) sinus bradikardiyasi - yurak qisqarishi chastotasining pasayishi;
v) sinus (nafas olish) aritmiyasi - nafas olish siklining turli
fazalarida yurak qisqarishi
chastotasining o'zgarishi (nafas olishda ortishi va nafas chiqarishda kamayishi).
II. Geterotropik aritmiyalar – bunda impulg’slar
sinus tugunda emas, balki o’tkazuvchi
tizimning u yoki bu qismida yuzaga keladi.
Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- atrio-ventrikulyar ritm
- yurak ritmini tahminlovchi
qisqarishlar migratsiyasi
- bo’lmacha qisqarishlarining to’xtashi
- idioventrikulyar ritm
- interferlovchi dissotsiatsiyalar
Sinusli Taxikardiya
Ushbu aritmiyada yurak qisqarishlari minutiga 100 tadan ortiq bo’ladi.